Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi
Download 213.43 Kb.
|
1 курс 2 лекция
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi bosqich
- Uchinchi bosqich
Birinchi bosqich – gipertoniya kasalligining boshlang‘ich davri bo‘lib, bunda arterial bosim vaqti-vaqti bilan ko‘tarilib turadi, arterial bosim raqamlari esa normal raqamlardan uncha yuqori bo‘lmaydi. (160–180/95–105 mm sim.ust.) Bemorlar bosh og‘riq, bosh aylanishi, uyqu buzilishiga noliydi. Arterial bosimning ko‘tarilishi charchash yoki hayajonlanish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Ikkinchi bosqich – arterial bosimning turg‘un ko‘tarilishi bilan xarakterlanadi (190–200/105–110 mm sim.ust.), dori vositalarisiz arterial bosim kamaymaydi. Gipertonik kriz holatlari kuzatiladi. Bemorlar doimiy bosh og‘rig‘iga, ayniqsa ensa sohasida, bosh ayla nishiga, tajanglik, salga charchab qolishga, yurak sohasida og‘riqqa, ko‘z oldida jimillashlarga shikoyat qiladi. Yurak chegaralarining chapga kengayishi, yurak uchi zarbining kuchayishi, auskultatsiyada aortada II ton aksenti aniqlanadi. Puls zo‘riqqan. EKG da yurak chap qorinchasi gipertrofiyasi va miokard oziqlanishining yetishmasligi. Uchinchi bosqich – sklerotik bosqich. Bu davrda buyrak va boshqa organlar qon tomirlarida, aorta, toj va miya arteriyalarida tiklan maydigan o‘zgarishlar yuzaga keladi. Arterial bosim turg‘un ko‘tarilgan (200/110mm sim.ust.dan yuqori). Ko‘pincha asoratlari yuzaga keladi. Bosh miya tomirlarining zararlanishi miyada qon aylanishining yetishmovchiligiga olib keladi (hushdan ketish, nafas olish, gapirish, yutinishning buzilishi, tromboishemik insult ). Buyrakda nefroskleroz va buyrak yetishmovchiligi yuzaga keladi. Yurakda toj tomirlarda ateros kleroz rivojlana borib, miokard infarktiga olib keladi. Gipertoniya kasalligi bor bemorlarda gipertoniya krizlari bo‘lib turadi, ya’ni kasallik juda shiddat bilan birdan qo‘zib, og‘ir o‘tadigan davrlari bo‘lib turadi. Bunday paytda qattiq bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi paydo bo‘ladi, quloqlar shang‘illab turadi, ko‘ngil aynishi va qayt qilish kuzatiladi. Ko‘z xira tortib qoladi, ko‘z oldida to‘r yoki tuman paydo bo‘ladi, og‘ir hollarda esa ko‘z mutlaqo ko‘rmay qoladi. Arterial bosim dastlabkisiga qaraganda 60–80 ga ko‘tariladi. Gipertoniya krizli insult, miokard infarkti bilan tugashi mumkin. Gipertoniya kasalligining o‘tishi asta-sekin zo‘rayib borishi bilan xarakterlanadi. Gipertoniya kasalligi qanday o‘tishiga qarab ikki formaga bo‘linadi: Asta-sekin zo‘rayib boradigan. Tez zo‘rayib boradigan (xavfli). Simptomatika to‘g‘risida yuqoridagi bemor shikoyatlari xavfsiz formaga taalluqlidir. Xavfli formasi tez va og‘ir o‘tishi bilan ajralib turadi. Bu formasida kasallik muddati 2–3 yil, ba’zan bir necha oy bilan o‘lchanadi, holbuki, gipertoniya kasalligining xavfsiz formasi necha o‘n yillar davom etadi. Download 213.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling