Teri gigiyenasi
Download 69.91 Kb.
|
TERI GIGIENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Koz shilliq qavati mikroflorasi.
- Quloq mikroflorasi.
Teri mikroflorasi. Teri doimo tashqi muhit ta'sirida bo'lishiga qaramay, undagi mikroorganizmlar turi va miqdori organizmdagi boshqa bioptatlarga nisbatan ko'p emas. Odatda 1 sm2 terida 102—103 miqdorida mikroorganizmlar aniqlanadi. Bularga asosan Starhibcoccus epidermidis S.saprophiticus, sarsinalar, mikrokokklar, difteroidlar, zamburug'lar, streptokokklar, batsilla va korinebak-teriyalar kiradi. Ular terining epidermis va shox qavati, ter bezla-rining yo'Ilari hamda soch xaltalarida uchraydi. Terida mikroblarning ko'p bo'lmasligiga sabab, uning nordon muhiti hisoblanadi (pH — 5,5), bunday muhit ko'pgina mikroblar uchun bakteriotsid ta'sir ko'rsatadi.
Terida vaqtinchalik uchraydigan alloxton mikroblariga quyida-gilar kiradi: S.aureus, a — gemolitik va nogemolitik streptokokklar, E.coli. Mikroorganizmlar bilan asosan odam tanasining qo'l kafti, oyoq, yuz, ko'p ifloslanadigan quloq, anus va siydik-tanosil a'zolari atrofi terisi zararlanadi. Shu sababli bu joylarni tez-tez yuvib turish kerak. Mikroorganizmlar kichik bo'lishiga qaramay, ular teri ichiga kira olmaydi, chunki teridagi mavjud to'siqlar bunga yo'l qo'ymay-di. Agar teri shikastlansa to'siqlar buziladi, natijada mikroorganizmlar teri ichiga kiradi. Bunda patogen va shartli patogen mikroorganizmlar tezda ko'payib, mahalliy himoya omillarini yengsagina u yerda yiringli, zamburug'li va virusli yallig'lanish jarayonlarini yuzaga keltirib, infeksiya o'chog'iga aylanadi. Ko'z shilliq qavati mikroflorasi. Ko'zning shilliq qavati steril bo'ladi. Bu tozalik a'zoning anatomik-fiziologik xossalari bilan bog'liq. Konyunktiv mikroflorasiga asosan, stafilokokklar, Corinebac-terium xerosis, mikoplazma, adeno- va gerpesviruslar kiradi. Bu mikroorganizmlar miqdori kam, ammo himoya omillarining susayishi, ko'zning shikastlanishi hisobiga yallig'lanish jarayon-lari yuzaga kelishi mtimkin. Quloq mikroflorasi. Normada ichki va o'rta quloqda mikroblar bo'lmaydi. Tashqi quloq yo'lida yog' bezlari yaxshi rivojlangan, ularning sekreti hisobiga quloqda kir yig'iladi. Sog'lom odamlar qulog'ida ichak tayoqchasi, Proteus, patogen stafilokokk va kori-nebakteriyalar, achitqi zamburug'lari uchraydi. Alloxton mikrofloraga St.aureus, St.piogenes, Ps.aeruginosa, Aspergillus, A.niger, A.terreus kabi mikroorganizmlar kirishi mumkin. Download 69.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling