Termez davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruv
Download 112.13 Kb.
|
Jismoniy tarbiya bo`yicha sport ishlarini tashkil etish uslubiyatlari
1.2. Jismoniy mashq texnikasi
Akademik darslarda, sport trenirovkasi, sog‘lomlash tirish va boshqa mashg‘ulotlarda har bir mashq yoki ixtiyoriy harakat ijro texnikasiga ko‘ra turli uslubda bajariladi. Masalan, balandlikka sakrashda plankadan sakrab o‘tish uchun plankaning to‘g‘risidan, unga nisbatan chap yoki o‘ng tomon lardan yugurib kelib, plankaga yaqin yoki undan uzoqroqdan depsinish bilan sakrash mumkin. Aslida shu mashqni yuqorida qayd qilinganidan boshqacharoq - oson, oz energiya sarflab, belgilangan harakatni (vazifani) samarali ijro etish uslubi mavjud. Bunday uslub o‘z nomiga va “texnika” atamasi orqali o‘zining mazmunining tavsifiga ega bo‘ladi. Texnika – grekcha so‘z bo‘lib, «bajarish san’ati» degan ma’noni bildiradi. Harakat vazifasini oson, samarali hal qilish uchun tanlangan harakat akti (faoliyat)ni – Jismoniy mashq texnikasi deb atash qabul qilingan.3 Jismoniy mashq texnikasi har qanday harakat akti, harakat faoliyati tarkibidan ikki narsani: a) bajarilayotgan harakat, uni bajarishdan kelib chiqadigan maqsad; b) harakat vazifasini hal qilishning usulini farqlash, ajrata bilishni taqazo etadi. Harakat texnikasi doimiy ravishda takomillashib boradi, oxir oqibat yuqori natijalarga olib kelishi mumkin. Lekin bunga sportchilarning tinimsiz mehnati, ter to‘kishi orqali erishiladi. Sportchining jismoniy tayyorgarlik darajasining yaxshilanishi yoki uning tana tuzilishi (anatomiyasi)dagi, boshqacha aytganda, jismoniy rivojlanganlik ko‘rsat-kichlarining turlicha o‘zgarishlarga (son suyagini kaltaligi yoki uzunligi, yelka suyagi o‘lchamining turli xilligi va h.k.) yuz tutishi sport turi – jismoniy mashqlarni bajarish texnikasining asosini, uning zvenolari yoki detallarining o‘zgarishiga, almashishiga sabab bo‘lishi mumkinligi jismoniy tarbiya, sport amaliyotida isbotlangan holatligini bilishi miz lozim bo‘ladi. Harakat yoki jismoniy mashq texnikasi o‘zining asosi, zvenolari va detallaridan iborat tarkibga ega bo‘ladi va bu uning mazmuni deb qismlarga ajratiladi. Download 112.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling