Termez davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruv
Download 112.13 Kb.
|
Jismoniy tarbiya bo`yicha sport ishlarini tashkil etish uslubiyatlari
1.3. Harakatlarning tavsifi
Jismoniy madaniyat nazariyasi, jismoniy tarbiya fani ning o‘qituvchilari, mutaxassis trenerlar, jismoniy madani yat mashg‘ulotlarining faollarigina emas, balki jamiyat a’zolarining barchasi o‘zining harakat akti yoki harakat faoliyatlarini tahlil qilibgina qolmay, kasbdoshi, tengdo shi, farzandi va boshqalarning harakatlarini ham tahlil eta olish malakasiga ega bo‘lishi davrimizning talabidir. P.F. Lesgaftning qayd qilingan fikri o‘zining mohiyatini hozirgacha ham yo‘qotgani yo‘q. Harakatlar tananing fazodagi (bo‘shliqdagi) holatiga qarab; uni bajarishdagi traektoriyasiga (yo‘li); harakatning yo‘nalishiga; harakat amplitudasi (og‘ishi)ga qarab; bajarish uchun sarflangan vaqti; harakatning tezligi; harakatning davomiyligi (uzunliligi); tempi, ritmi, kuchiga qarab tavsiflanadi. Yuqorida qayd qilingan harakat holatlarini tahlil qilish malakasiga ega bo‘lsak, harakatlarni tavsiflay olishi miz mumkin. Tananing holati (pozasi) – bo‘g‘inlar, tananing qismlari (bo‘lak-lari) ning harakati uni fazoda harakatlanishning ma’lum elementlarini yuzaga keltiradi. Gavda qismlarini fazoda bir tomonga og‘gan, enkaygan, bukraygan, ayrim a’zola rimizni esa yig‘ishtirilganligi yoki cho‘zilganligi va boshqalar holatida kuzatamiz. Har qanday harakatlar davo mida bu pozalar, turish holatlari uzluksiz o‘zgarib turishi va o‘z navbatida bu organizmga yoki ayrim a’zolarimizga jismoniy yuklamalar tushishishi bilan kuzatiladi. Bu holatlar organizmga o‘z navbatida jismoniy yukning hajmini ortishi yoki pasayishi bilan kechadi. Tananing vertikal holati – osilish va tayanishlar, gori zontal holatlar, gorizontal muvozanat saqlashlar, aralash osi lishlar, tayanishlar va h.k.lar. Tanani engashtirilgan, buklangan holatlari: tayanib yetishlar, enkaygan holda oyoqlar bilan oldinga, orqaga, yon tomonlarga «katta qadamlar». Tananing ayrim bo‘g‘inlari harakatlari – inson jismining ajratib olingan qismidagi ikki biologik zvenoni fazoda turish joyining o‘zgarishi bo‘lib, bukish va to‘g‘rilashdek sodda harakat vazifalarini hal qilishga yo‘nalish berishi mumkin. Individning harakat faoliyati, uning jismi bo‘g‘inlaridagi harkatlar, bir vaqtning o‘zida bajariladigan, ketma-ket, qatorasiga, ohista navbatma-navbat, yoki davomiyligi qisqa, uzun bo‘lgan harakatlarga birlashishi mumkin. Shuni hisobigagina harakatlarning eng soddasidan o‘ta qiyin bo‘lgan harakat vazifalarini hal qilish imkoni yaratiladi. Download 112.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling