Termez davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruv


Download 112.13 Kb.
bet6/16
Sana03.02.2023
Hajmi112.13 Kb.
#1152185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Jismoniy tarbiya bo`yicha sport ishlarini tashkil etish uslubiyatlari

Harakat koordinatlari – to‘g‘ri chiziq va burchak o‘lchovlarida aniqlanadigan, tananing boshqa qismiga nisbatan fazoviy chegarasi, hisoblash boshlangungacha gavda ning bo‘laklarini nisbatan turishi holati, shakli (start chizig‘i, gimnastika jihozi, uni o‘qi va boshqalar)ga nisbat berib baholanadi yoki aniqlanadi.
Tananing holatlari ichida mashq bajarishni boshlashdan oldingi holat - «dastlabki holati» deb atala digan qismi, mashq texnikasini o‘zlashtirish yoki bajarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Oldiniga u anatomo-fiziologik vazifani hal etishi e’tiborga olinsa, boshqa tomondan, shu harakatning bajarilishiga ijobiy yordam beradi. Dastlabki holat harakatni bajarishni boshlash uchun eng optimal holat bo‘lib, harakat boshlangandan keyin bajariladigan harakat larning ketma-ketliligiga qulaylik yaratadi. Sprinter uchun «past start», darvozabon uchun «to‘pni kutish holati» va h.k.lar.
Bu holatlarni akademik Uxtomskiy optimal holat deb atadi. Ko‘rinishidan dastlabki holat osoyishta turgandek ko‘rinsa ham, aslida, organizm bo‘lajak harakatga energiya sarflayotgan, qator muskullar guruhi esa muskul ishi uchun puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan, nafas olish, nerv, yurak-tomir tizimi, modda almashinuvidek keng fiziologik jarayon avjida bo‘ladi.
Dastlabki holatni jismoniy mashq bajarishdagina ahamiyati katta bo‘lmay, mashq davomida tanani qanday holda (holatda-pozada) turishi ham muhim ahamiyatga egadir. Sprinter, stayer, marafonchi, chang‘ida, konkida yuguruv chilarning gavdalarining vertikalligini ma’lum gradusga pasaytirilgan yoki ko‘tarilgan holda ushlashi mashqni samaradorligiga ma’lum darajada (uzunlikka, balandlikka, sakrovchining depsinishdan keyingi holati) ijobiy yoki salbiy ta’sir etadi.
Ayrim sport turlari yoki jismoniy mashqlarni bajarishda tananing umumiy holati bilan uning ayrim qismlari (bo‘lak lari)ning holati biomexanik maqsadga yo‘naltirilgan bo‘libgina qolmay (konkida figura yasab uchuvchilar, gimnastlar, akrobatlar, suvga sakrovchilar va badiiy gimnastlarning) harakatlarni kuzatayotganlarda yoki bu mashqlarning bajaruvchilarida estetik his tuyg‘uni shakllantiradi va ularga zavq beradi.
Harakatlarning ravonligi, ketma-ketligi, erkinligi, qiyinchiliksiz bajarilishi inson jismining qanday holatdaligiga bog‘liq va u jismoniy mashqlar texnikasini egallashda, harakatni o‘zlashtirish jarayonida, xatolarni aniqlash va ularni tuzatishda muhim rol o‘ynaydi.

Download 112.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling