Termez davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruv


 Sportchining texnik tayyorgarligi


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana24.12.2022
Hajmi0.68 Mb.
#1057709
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Turayeva Malika 309-guruh kurs ishi

1.2. Sportchining texnik tayyorgarligi 
Sportchining taktik tayyorgarligi texnik tayyorgarlik bilan chambarchas birgalikda 
olib boriladi. Agar texnik tayyorgarlik sportda bahs yuritish vositalari bilan 
qurollantirsa, taktik tayyorgarlik ularni qoʻllash san'atiga oʻrgatadi. Sport taktikasini 
qisqa qilib sportda bahslashish san'ati deb ta'riflash ham mumkin. Kengaytiribroq 
aytganda, sport taktikasi, birinchidan, sportchining imkoniyatlarini, raqibining 
xususiyatlarini hamda musobaqaning aniq shart- sharoitlarini hisobga olgan holda 
musobaqalarda qatnashishning maqsadga muvofiq keladigan planini ishlab chiqishdan; 
ikkinchidan, sportning imkoniyatlari mumkin qadar toʻlaroq namoyon etadigan bahs 
yuritish vosita va usullaridan foydalanish yo'li bilan rejani amalga oshirishdan 
iborat.Sportning har xil turlarida taktikaning formasi va uning ahamiyati xilma- xildir. 
Sportchining taktik tayyorgarligi jarayonida quyidagilarni nazarda tutmoq kerak. Ilmiy 
tadqiqotlar va kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, agar jismoniy mashqlar sportning alohida 
turiga taalluqli bo'lsa va bu mashqlar ketma-ket takrorlanib turilsa, bu holat bolalarning 
bir tomonlama o'sishi, rivojlanishiga olib keladi. Masalan, muntazam tosh ko'tarish yoki 
shtanga bilan shug`ullanish bola gavdasi va bo'yini o'stirmay qo'yishi mumkin.
Sport turlarining murakkab texnik bazasi mavjud bo'lganda ham, xususan, sport 
o'yinlari, gamnastika, yakka kurashlar- bular bola organizmiga, ularning garmonik o'sib 
ulg`ayishiga ijobiy ta'sir ko'rsatmaydi. Bola organizmi jismoniy mashqlarning bir necha 
turlar yoki majmua (turkum) mashqlar yordamidagina har tomonlama rivojlanishi 
mumkin. Sportchi texnik tayyorgarligining mazmuni va shakllariga uning dastlabki 
tayyorgarligi darajasi, tanlangan sport turining xususiyatlari, yillik siklning tuzulishi va 
boshqa omillar ta'sir ko‟rsatadi. Shuning uchun sport amaliyotida uni turli variantlarda 
qurish mumkin.Zamonaviy sport sportchilarning jismoniy tayyorgarligiga yuksak 
talablar qo‟yadi. Bu quyidagi omillar bilan izohlanadi: 1. Sportdagi yutuqlarning 
o‟sishi har doim sportchining jismoniy qobiliyatlari rivoji yangi darajalarga 
ko‟tarilishini talab etadi. Masalan, yadroni 20 m dan uzoqroqqa itqitish uchun faqatgina 
mukammal texnika emas, yuqori darajada rivojlangan kuch va tezkorlik zarur. Hisob-
kitoblarning ko‟rsatishicha, yadroning parvozini 1 m ga uzaytirish uchun itarish . 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling