Termin tushunchasi reja


Mustaqillik davri leksikografiyasi taraqqiyoti haqida


Download 61.76 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi61.76 Kb.
#1489485
1   2   3   4
Bog'liq
Termin tushunchasi

Mustaqillik davri leksikografiyasi taraqqiyoti haqida
Lug’at” arabcha so’z bo’lib, til, sheva, lahja, so’z, ibora kabi ma’nolarni bildiradi. Hozirgi kunda ushbu so’z ikki ma’noda:

  1. Muayyan tilda, uning hududiy yoki ijtimoiy lahjasida mavjud bo’lgan, shuningdek, u yoki bu yozuvchi asarlarida uchraydigan so’zlar yig’indisi, ya’ni leksika;

  2. So’zlar (yoki morfemalar, so’z birikmalari, iboralar va shu kabilar) muayyan tartibda (alifboli, uyali, mavzuli) joylashtirilgan, tavsiflanuvchi birliklar, ularning kelib chiqishi, ma’nolari, yozilishi (imlosi), talaffuzi, uslubiy mansubligi, boshqa tillarga tarjimasi haqida ma’lumotlar jamlangan kitob ma’nolarida qo’llanadi

  3. “Leksikografiya” yunoncha lexikos (so’zga oid, aloqador) va grapho (yozaman) so’zlarining qo’shilmasi bo’lib, “so’zlarni yozib chiqish, ta’riflash, tasvirlash” ma’nosidagi termindir.

  4. So’zlarni to’plash va tavsiflash faqatgina amaliy jarayon bo’lmay, bunda bir qancha ilmiy izlanishlar, tahlillar ham taqozo etilishi sababli, leksikografiya, o’z navbatida, amaliy leksikografiya (lug’atchilik) hamda nazariy leksikografiya (lug’atshunoslik) ga bo’linadi.

Agar mustaqillik davrigacha O‘zbekistonda ikki tilli tarjima lug‘atlarining asosan ruscha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-ruscha turiga katta e’tibor berilgan bo‘lsa, mustaqillik davrida kichik hajmli ruscha-o‘zbekcha va o‘zbekcha-ruscha, turli hajmdagi arabcha-o‘zbekcha, forscha-o‘zbekcha, turkcha-o‘zbekcha, koreyscha-o‘zbekcha, yaponcha-o‘zbekcha, xitoycha-o‘zbekcha, urducha-o‘zbekcha, inglizcha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-inglizcha va boshqa ikki tilli lug‘atlar tuzilib, ularning soni tobora ortib bordi. Xususan, A. Irisqulov va Sh. Bo‘taevlar hamkorligida 10 dan ortiq turli hajmdagi inglizcha-o‘zbekcha va o‘zbekcha-inglizcha lug‘atlar tuzilib chop etildi hamda keng kitobxonlar ommasiga xizmat qilmoqda. Fan, texnika, ishlab chiqarish, ijtimoiy hayotdagi jiddiy o‘zgarishlar va bu o‘zgarishlarni tilda ifoda etish zarurati tufayli yangidan-yangi terminlar vujudga kelmoqda. Har bir sohada uchraydigan bunday terminlarni ilmiy tahlil qilib borish, ularni tartibga solish terminologiyaning asosiy vazifasidir. Bu vazifani amalga oshirishning asosiy yo`llaridan biri mukammal terminologik lug‘atlar tuzishdir.
Terminologik tizimlarning, terminologik lug‘atlarning mukammal bo‘lishi esa ko‘p jihatdan turli soha mutaxassislarining tilshunoslar bilan ilmiy hamkorligiga bog‘liqdir. Birmuncha muddat faoliyat ko‘rsatgan O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika Atamashunoslik qo‘rnitasining (1989-2004) sa’y-harakatlari bilan respublikada terminologik tadqiqotlar olib borish va terminologik lug‘atlar tuzish ishi bir qadar jonlanib, bevosita mazkur Atamashunoslik qo‘mitasi tomonidan nashr etilgan 30 dan ortiq yoki Atamashunoslik qo‘mitasining turli bo‘limlarida muhokama qilinib tasdiqlangan va nashr etilgan har xil hajmli terminologik lug‘atlarning yaratilishida ba’zan yuqoridagidek ilmiy hamkorlikka to‘liq rioya qilinmaganligi bois ularda ozmi-ko‘pmi nomuvofiq (dublet, polisemantik, noaniq) terminlar uchraydi. Bunday holatni falsafa, huquqshunoslik, pedagogika, biologiya va boshqa bir qancha fan sohalari buyicha tuzilgan terminologik lug‘atlarda kuzatish mumkin. Birinchi Prezidentimiz I. Karimovning quyidagi so‘zlarini ayni mazkur holatni bartaraf etishga qaratilgan fikr deb qabul qilish mumkin: «... Ayniqsa fundamental fanlar, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari, bank-moliya tizimi kabi o‘ta muhim sohalarda ona tilimizning qo‘llanish doirasini kengaytirish, etimologik va qiyosiy lug‘atlar nashr etish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish, bir so‘z bilan aytganda, o‘zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish milliy o‘zlikni, Vatan tuyg‘usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz».
O‘zbek tilshunosligidagi o‘quv lug‘atchiligi borasida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari haqida f.f.doktori Bashorat Bahriddinova o‘zining doktorlik dissertatsiyasi avtoreferatida qo‘yidagilarni qayd etadi.
O‘zbek tilshunosligida o‘quv lug‘atchiligining nazariy va amaliy masalalari monografik ko‘lamda o‘rganilmagan bo‘lsa-da, sobiq Sho‘ro davrida milliy maktablarda rus tilini samarali o‘qitish maqsadida yaratilgan ikki tilli ruscha-o‘zbekcha o‘quv lug‘atlari M.X.To‘xtaxo‘jayeva, L.M.Odinayeva, K.A.Sharofiddinova, S.F.Akobirov kabilarning ishlari uchun tadqiq manbai bo‘lib xizmat qiladi. Istiqlol yillarida A.Nurmonov, H.Ne’matov, A.Madvaliyev, M.Mirtojiyev, R.Sayfullayeva, Z.Hamidov, E.Qilichev kabi tilshunoslarning ishlarida o‘zbek tilshunosligida leksikografiyaning o‘quv lug‘atchiligi tarmog‘i paydo bo‘lgani ta’kidlanadi. B.Mengliyev, S.Karimov, B.Yo‘ldoshev, N.Ulug`ov kabi tilshunoslarning maqolalarida ona tili – o‘zbek tilini o‘qitish vositalariga yordamchi axborot manbai bo‘lgan zamonaviy lingvodidaktik lug‘atlarni yaratishning nazariy va amaliy masalalari kun tartibiga olib chiqiladi. S.Normamatov, S.G‘ofurovaning milliy leksikografiya sohasida olib borgan tadqiqotlarida yo‘l-yo‘lakay lug‘atlarning o‘quv maqsadida yaratilgan turlariga ham murojaat qilinadi. (B.Bahriddinova, 2020)


  1. Download 61.76 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling