Terminolgik lug`atlar

Download 74.53 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi74.53 Kb.
#239088
Bog'liq
Terminologik lug'atlar

MAVZU: Terminologik lug`atlar

Har bir sohaga oid terminlarni imkoni boricha qamrab oladigan hodisaning mohiyatini to'la va aniq aks ettiradigan terminlarni belgilaydigan izohli terminologik lug'atlarni yaratish shu soha mutaxasislarining eng birinchi galdagi vazifasidir

  • Har bir sohaga oid terminlarni imkoni boricha qamrab oladigan hodisaning mohiyatini to'la va aniq aks ettiradigan terminlarni belgilaydigan izohli terminologik lug'atlarni yaratish shu soha mutaxasislarining eng birinchi galdagi vazifasidir

Terminologiyaga oid barcha ishlarning muvaffaqiyatli hal etilishida har bir sohaga oid terminlarni to'la qamrab olgan terminologik lug'atlarni ,ayniqsa, izohli terminologik tuzish va nashr ettirish kata ahamiyat kasb etadi.

Tarixda qo`llangan terminlar izohiga bag`ishlab yurtimizda ko`plab kitoblar yaratilgan.Masalan, Z.Choriyevning “Tarix atamalarining qisqacha izohli lug`ati”, X.Y.Bekmuhamedovning “Tarix terminlari izohli lug‘ati”, A.Sharopovlarnig “Tarix atamalari lug‘ati”.-Toshkent: Akademnashr, 2013, H.Dadaboyevning “Tarixiy harbiy terminlar lug‘ati” (Toshkent, 2007) singari asarlari.

Tilshunoslik terminlarining izohli lug'ati

Lingvistik terminlarning izohli lug'ati

Terminologiyadan mavzularni o'zlashtirishda turli lug'atlardan foydalanishimiz mumkin. Masalan:
  • Tilshunislik terminlarining izohli lugati oldingi lug'atlardan farqi birinchidan, umumta'lim maktablar , akademik litsey, hamda kasb hunar kollejlarining o'quvchilari uchun yaratilgan ona tili darsliklari asosidabelgilanganligidadir.Izohli lug'atga XX asr boshlarida ilk yaratilgan ona tili darsliklarigacha bo'lgan davrdagi qo'llanilgan va qo'llanilayitgan asosiy terminlar kiradi.

Huquqshunoslik doirasida ham lug‘atlar tuzish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilganini ta’kidlash lozim. Shu o‘rinda G‘.Ahmedov va H.Bektemirov tomonidan tuzilgan “Ruscha –o‘zbekcha yuridik atamalar lug‘ati”ning “Adolat” nashriyotida A.Saidov ma’sul muharrirligi ostida 2002 yili e’lon qilinganini e’tirof etish maqsadga molik. Binobarin, bu lug‘at tuzilishi va unda materiallarning berilishi jihatidan avvalgi lug‘atlardan farq qiladi. Lug‘atga qonunlar, huquqshunoslik, xalqaro huquq sohasi, huquqqa oid darsliklar hamda ish yuritishda ishlatiladigan terminlar kiritilgan. Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishda ham iqtisodiy, ham huquqiy terminlar bir-biri bilan bog‘lanib ketganligi bois iqtisod va huquqqa oid chegaradosh terminlar ham lug‘atdan o‘rin olgan. Lug‘atning afzalliklaridan biri – unda terminlarning kirill yozuvidan tashqari lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ham berilishidir.

O‘zbek lug‘atshunosligida tilshunoslikka oid terminologik lug‘atlar yaratish borasida ayrim ishlar qilindi. Chunonchi, A.Hojiyevning “Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati” hamda N.Mahkamov va I.Ermatovlar hammuallifligidagi “Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati”(Toshkent: Fan, 2013)da bugungi kunda til sohasida faol qo‘llanayotgan terminlarning izohi berilgan. D.Xudayberganovaning “Lingvokulturologiya terminlarining qisqacha izohli lug‘ati” (Toshkent, Turon zamin ziyo, 2015)da tilshunoslikning yangi sohalaridan hisoblanmish lingvokulturologiyaga oid 100 ga yaqin terminlar izohini topgan va h.k.

E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

Download 74.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling