Termiz – 2023 yil Kirish I bob
II bob. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida
Download 231.97 Kb.
|
BAHOR
II bob. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida ,, O’lkamizda bahor manzara ‘’ mavzusida
Tasviriy san’atda kompozitsiiyaning dolzarb muammolaridan biri rangtasvirda manzara janri hisoblanadi. Aslida, biror bir musavvir topilmasa kerak, o’z ona yerini tabiatining go’zalligiga befarq qoladigan. Shu bois rassomlar o’zi yashayotgan tabiatini go’zal bir bo’lagini tasvirlashda bor e’tiroslarini yetkazishga va tasviriy vositalar yordamida o’z munosabatlarini bildiradilar. Manzara mavzusida ijod qilgan ko’plab klassik rassomlar: I.Levitan, S.Shedrin, I.Shishkin va boshqa rus manzarasini beqiyos go’zalligini o’z polotnolari uchun mavzu qilib tanlagan edilar. Ular yozgan kartinalar sirasiga kiruvchi I.Levitanning "Oltin kuz", I.Shishkin "Quyosh yoritilgan qarag’aylar", "Uzoq o’rmonlar", F.Vasilev "Qarg’alar uchib keldi", V.Polenov "Moskva hovlisi " asarlari tahsinga loyiq. Chunki ular asarlari orqali tabiatning turli xildagi kayfiyatini ochib berishda ustalarcha mahorat ko’rsatishgan. XX asrga kelib O’zbekistonda rangtasvir kompozitsiyalari shakllandi. Natijada ona yurtimizda manzara janrining shakllanishi va shu sohada ulkan o’zgarishlar yuzaga keldi. Ular orasida "Sharq Levitani" nomi bilan mashhur bo’lgan O’rol Tansiqboyev yurtimiz tabiatining beqiyos go’zalligini birinchi bor tasvirlay oldi. "O’zbekistonda mart", "Qayroqum GES tongi", "Issiq ko’l oqshomi" asarlarida O’zbekistonning takrorlanmas tabiati go’zalligini ko’rsata oldi. N.Karahan "Oltin kuz", R.Timirov "Samarqand", P.Benkov "Karvon saroy", "Ho’ja Zayniddin masjidi", "Labi hovuz", A.Mirzayev "Bahmal", Z.Inogomovning "Choyga" kabi asarlari O’zbekiston rangtasvir sahnasidan yuqori pog’onalarini egalladi. Ular yaratgan kartinalarda O’zbekiston tabiatining rang- barangligi o’zgacha chiroy, shuningdek takrorlanmasligi har qanday kishini befarq qoldirmaydi. Ayniqsa tog’li vohalar o’z aksini topishi, bahorda o’ta nozik chiroy bilan to’shalgan qir-adirlar, bog’lar, insonga faqat go’zallikni ko’rib, kuzatib qolmay, balki qaysi yurtda yashayotganligini eslatib qo’yadi va estetik zavq bag’ishlaydi. San’at asosida badiiy timsollar orqali tevarak atrofdagi hayotda yuz berayotgan narsalarni haqqoniy tasvirlash kabilar yotadi. San’at o’z vositalari yordamida dunyoni tan olish, insonda ma’naviy sifatlarni shakllantirish ongini, sezgilarni dunyoqarashi kabilarni kengaytirish bilan chegaralanmay shuningdek qobiliyat, iqtidor kabi sifatlarni uyg’otadi. San’at mehnat faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatib kelgusi ish faoliyatiga yangi estetik xususiyatlarni targ’ib topishga xizmat kiladi. Aslida tasviriy san’atning rangtasvir yo’nalishi bilan shug’ullanadiganlar tez orada fanga yaqinlashadi va bog’lanib qoladi. Rassom ham olimlar kabi hayotda yuz berayotgan hodisalarga befarq bo’lmay, uning asl mag’zini chaqishga har qanday tasodifiy voqealarni to’liq anglashga ular bilan o’ta qiziqqon holda, hodisaning o’tkinchi yoki o’zgacha xususiyatlari bilan tanishadilar, rangtasvir boshqa fanlardan o’z xususiyatlari bilan farq qiladi. Fan ma’lum bir sohaning muammolarini ilmiy asoslab bersa, san’at tevarak atrofdagi voqealarni badiiy timsollar yordamida tushuntirishga ko’maklashadi. Hayotda yuz berayotgan o’zgarishlar shahsiy xususiyatlarni shakl va ranglar orqali anglashga undaydi. Bu borada rangtasvir hayotning salbiy va ijobiy ko’rinishlarini muhokama qilib ular ustidan "yaxshi yoki yomon" degan xulosa bilan hukm chiqaradi, shuningdek ularga qarshi kurashadi. Ilgari surilgan maqsadli g’oya esa, go’zallikga intilish eng yuqori va aniq haqiqatga erishish bilan bir qatorda insonning orzu istaklari mujassamlashgan ezgu niyatlarini yuzaga chiqarib kabi mardlik jasorat sifatlarini shakllantirishda poydevor sifatida zamin yaratadi. Hozirgi paytda mamlakatimizda san’atga nisbatan insoniy munosabatlarga qarashlar shakllanib borayapti, ayniqsa yosh avlodga tarbiya berish jarayoni estetik tarbiya hususiyalarini qamrab olganligi bilan muhim ahamiyat kasb etayapti. Download 231.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling