Termiz-2023 Korxonalarda qilinadigan xarajatlarning mohiyati, ahamiyati va turkumlanishi. Korxonalarda mahsulot tannarxi va uni pasaytirish yo‘llari Reja


Korxonalarda xarajatlarni tejash va mahsulotlar tannarxini pasaytirish yo‘llari


Download 0.74 Mb.
bet4/5
Sana09.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1470193
1   2   3   4   5
Bog'liq
Korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot t

4. Korxonalarda xarajatlarni tejash va mahsulotlar tannarxini pasaytirish yo‘llari.

Keyingi yillarda korxonalar mahsulotlarining tannarxi tarkibida moddiy xarajatlar salmog‘i ortib bormoqda. Shu sababli mamlakatimizda qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturida korxonalarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash orqali mahsulot tannarxini pasaytirishga alohida e’tibor qaratilgan. Bundan tashqari, mahsulot ishlab chiqarish jarayonida qo‘llanilayotgan me’yorlarning ko‘pchiligi sobiq ittifoq davrida ishlab chiqilgan bo‘lib, tejamkorlik talablariga to‘liq javob bermaydi. Shu sababli mazkur dasturda ushbu me’yorlarni qayta ko‘rib chiqish ham nazarda tutilgan.


Buning uchun har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha tannarxni pasaytirish omillari to‘g‘risida keng va chuqur tasavvurga ega bo‘lishi lozim. Umumiy holda, mamlakatimiz korxonalarida tannarxni pasaytirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilarga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir (18.2-chizma).


Tannarxni pasaytirishning asosiy yo‘nalishlari


18.2-chizma.

Korxonalarda har bir so‘mni oqilona, maqsadga muvofiq sarflashga harakat qilish, ya’ni moddiy, pul va mehnat xarajatlarini tejash, shu orqali yetishtiriladigan mahsulotlarning, bajariladigan ish va xizmatlarning tannarxlarini pasaytirishga erishish lozim. Buning uchun:



  • korxonada mavjud bo‘lgan barcha ishlab chiqarish vositalaridan yil davomida tadbirkorlik bilan oqilona, samarali foydalanib, barcha ishlarning vaqtida, sifatli bajarilishini ta’minlash;

  • xarajatlarni tejaydigan yangi texnika, samarali texnologiyalarni joriy etish natijasida ishlab chiqarish jarayonlarining yuqori darajada mexanizatsiyalashganlik, avtomatlashganlik darajasini oshirib, mehnat unumdorligini oshirish;

  • korxonalarning texnik va texnologik jihatdan ta’minlanganlik darajasini oshirish;

  • mehnatni tashkil etishning samarali shakllarini joriy etish va rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish.

Qisqacha xulosalar

Korxonalar faoliyatiga baho berishda mahsulot tannarxi ham muhim ahamiyatga ega. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyati samaradorligini oshirish uchun mahsulot tannarxini arzonlashtirish muhim ahamiyatga ega.




Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling