Ekin maydoni va hosildorligi. Mamlakatimizda zig‘ir 19-22 ming gektar maydonga, asosan Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ekiladi. Ekin maydoni va hosildorligi. Mamlakatimizda zig‘ir 19-22 ming gektar maydonga, asosan Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ekiladi. O’zbekistonning lalmikor maydonlarida urug’ hosili 4-5 s/ga, shartli sug’oriladigan yerlarda 16-20 s/ga. Botanik ta’rifi. Zig’irdoshlar (Linaceae L.) oilasiga mansub bir yillik o’tsimon o’simlik. Uchta kenja turning (Ye.V. Volf klassifikasiyasi bo‘yicha) qisqacha ta‘rifi quyidagicha: 1. Yevroosiyo kenja turi-subsp. eurasiaticum Vav.et Ell. mayda urug‘li zig‘irlar jumlasiga kiradi, uning shakllari MDX davlatlarida eng ko‘p tarkalgan. U tola hamda urug‘ olish uchun ekiladi. 2. O‘rta dengiz kenja turisubsp. mediterranium Vav. et Ell. yirik urug‘li zig‘ir shakllaridan bo‘lib, O‘rta dengiz atrofidagi mamlakatlarida tarqalgan. 3. Oraliq kenja tur-subsp. Transitorium Ell. Bu zig‘irning shakllari urug‘ining yirik-maydaligiga ko‘ra Yevroosiyo va O‘rta dengiz kenja turlari o‘rtasida oraliq o‘rinni egallaydi. Bu kenja tur Ukrainaning janubida, Qrim, Zakavkazyeda, Rostov oblastida va Qozog‘istonda birmuncha ko‘p ekiladi. Ildizi o‘q ildiz, 1,0-1,5 m chuqurlikka kirib boradi. Zig’ir ildizlari tuproqdan Ildizi o‘q ildiz, 1,0-1,5 m chuqurlikka kirib boradi. Zig’ir ildizlari tuproqdan oziqa moddalarni sekin o’zlashtiradi. Poyasining uzunligi lalmida 20-60 sm, shartli sug’oriladigan yerlarda 60-70 sm. Poyalari ingichka, shoxlanishi nav xususiyatlariga bog’liq. Yon shoxlari ko’pincha 4-8 ta bo’ladi. Sifatli tola baland bo’yli tolali zig’irdan olinadi. Barglari mayda, bandi yo’q, ingichka, lansetsimon shaklda. Gullari ko’k, havorang, binafsha rangda, beshta tojbarglari bor. Chiroyli, to’pguli shingil, mevasi besh uyali, dumalok, ko’sakcha. Bir tupida 40-60 ko’sakcha bo’ladi. Ko’sakchalar pishganda to’kilib ketmaydi. Pishgandan keyin uzoq vaqt davomida yig’ishtirilmasa shoxlari sinadi. Urug‘lari mayda tuxumsimon, yassi, uchi biroz bukilgan, yaltiroq, jigarrang, ba‘zan och qo’ng’ir tusda. 1000 dona urug’ vazni 3-8 g, tarkibida moy miqdori 32- 47%, yaxshilangan navlarda 47-50%. Zig’ir gullari o’zidan va chetdan changlanadi. Havo quruq bo’lsa chetdan, nam yetarli bo’lsa o’zidan changlanadi. Zig’ir o’zidan ham, chetdan ham changlanadi. Yetishtiriladigan joy quruq bo’lsa ko’proq chetdan, nam yetarli bo’lsa asosan o’zidan changlanadigan o’simlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |