Termiz Davlat Pedagogika Instituti Matematika va Informatika fakulteti Matematika va Informatika yo’nalishi 1-kurs 101-guruh talabasi Fayzullayev Dilshodbekning Psixologiyasi fanidan tayyorlagan taqdimoti
Download 70.94 Kb.
|
1 2
Bog'liqxolbotirov psixoloyiya taqdimot
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’qituvchining eng muhim xislatlari quyidagilardan iborat
Termiz Davlat Pedagogika Instituti Matematika va Informatika fakulteti Matematika va Informatika yo’nalishi 1-kurs 101-guruh talabasi Xolbotirov Sherzodning Psixologiyasi fanidan tayyorlagan TAQDIMOTIMavzu: O’qituvchining kasbiga xos sifatlari va xislatlari. Reja: 1. Jamiyatda o’qituvchining tutgan o’rni va vazifalari 2.O`qituvchining kasbi haqida allomalarimiz fikrlari. 2. O’qituvchining kasbiga xos xislatlari 3. Pedagogik qobiliyatHozirgi sharoitda jamiyatning maktab oldiga qo’yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarni amalda to’g’ri hal qilish vazifasi o’qituvchiga bog’liqdir. Zamonaviy maktab o’qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O’qituvchi – sinfdagi o’quv jarayoni tashkilotchisidir. O’qituvchi o’quvchilar uchun dars paytida, qo’shimcha darsalarda va shu bilan birga darsdan tashqari hollarda ham kerakli maslahatlar berishda bilmlar manbaidan biridir. Ko’pchilik o’qituvchilar sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayonini tashkilotchilari bo’lib hisoblanadilar.Zamonaviy o’qituvchi ijtimoiy psixolog bo’lmasligi mumkin emas. Shuning uchun ham o’quvchilar to’g’risidagi o’zaro munosabatlarni yo’lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy – psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir. Ma’lumki, pedagogik faoliyat - kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir. Jamiyat tomonidan qo’yiladigan talablardan eng muhimi o’qituvchining shaxsi va uning kasbi bilan bog’liq xislatlariga qaratilgan. O’qituvchining eng muhim xislatlari quyidagilardan iborat: O’qituvchining o’z Vataniga sodiqligi, bolalarni sevish, ularni nsonparvarlik ruhida tarbiyalash, , o’z xalqining tarixi va madaniyatini biishishi; Olijanobligi, aqli, farosati, ma’naviy pokligi, ma’naviyat va ma’rifat bo’yicha yuksak maqsadlarni bolalarga singdirib borishi O’qituvchining o’z ishidan nimanidir kutayotganligining o’ziyoq muhim ahamiyatga egadir, mana shu tariqa kutishlar, garchand jamiyat tomonidan o’qituvchiga qo’yiladigan talablarga kelsada, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Lekin bu talablar hamma vaqt tarbiya ham bir – biriga mos kelmasligi mumkin. Psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko’rsatishicha xalq ta’limi bo’limlari va maktab derktorlari o’qituvchining ayrim xislatlari naqadar muhimligini har xil baholaydilar. Jumladan, xalq ta’limi bo’limlarining mudirlari o’qituvchidan birinchi navbatda o’z fanini yaxshi bilishini va dars berish metodikasini mukammal o’zlashtirishini talab qilsalar, maktab direktorlari o’qituvchiga qo’yiladigan bunday talablarni uchinchi o’ringa qo’yadilar. Shu bilan birga xalq ta’limi bo’limlarining mudirlari o’qituvchilarning o’quvchilar va ota – onalar, maktab jamoasi bilan qanday muloqotda bo’lishini bilishini naqadar ahamiyatga ega bunday xislatlarni o’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan talablar ichida birinchi o’ringa qo’yadilar. «O'qituvchi-deydi Al Forobiy – aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi va o'quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarini to'la va aniq ifodalay olishni bilmog'i zarur». U o'z fikrini davom ettirib, «O'qituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o'xshaydi, shu sababli o'qituvchi eshitgan va ko'rganlarining barchasini eslab qolishi, aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi o'quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarini to'la va aniq, ifodalab berishni bilmog'i lozim. Shu bilan birga o'z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo'lishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo'ladi va baxt cho'qqisiga erishadi» deb ta'kidlaydi. Qomusiy olim Abu Ali ibn Sino flkricha, «O'qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo'y va bolani tarbiyalash metodlarini, axloq-qoidalarini yaxshi biladigan odam bo'lmog'i lozim. O'qituvchi o'quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o'rganib uning aql qatlamlariga kira olmog'i lozim». Nosiriddin Tusiy o'zining «O'qituvchilarni tarbiyalash to'g'risida» asarida shunday deydi: «O'qituvchi munozaralarini olib borishda isbot qilishni bilishi, o'z fikrlarining to'g'riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo'lishi lozim. O'qituvchi nutqi hech qachon va hech qaerda zaharxandalik, qo'pol yoki qattiq bo'lishi mumkin emas. Dars paytida o'qituvchining o'zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin». Yusuf Xos Hojib Qoshg'ariy «Men a'zolar kasalligini davolashdan oldin odamlarning ruhiyatini davolashni zarur deb topdim. Bunga men o'qituvchilik yo'li bilan erishaman, bunga mening ishonchim komil. Chunki a'zolar kasalligi bilan yuzlarcha, minglarcha odamlar halok boisalar, nodonlik bilimsizlik tufayli o'n ming va yuz minglarcha odamlar halok boiadilar….» O’qituvchining eng muhim shaxsiy xislatlari quyidagilardir: - ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada his etish; - oliyjanobligi, aql-farosati, ma’naviy rok va ma’rifat bo’yicha yuksak maqsadlarga mos kelishi, bunday xislatlarni jamiyat xohishi bo’yicha bolalarga singdirib berishi; - o’zini qoiga ola bilishi, sabr-toqatli, matonatligidir. Jamiyatning o’qituvchilik kasbiga qo’yidigan asosiy talablari quyidagichadir: - shaxsni ma’naviy-ma’rifiy tomondan tarbiyalashning milliy uyg’onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarining mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g’oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashni bilishi, o’z vatani, tabiatiga va oilasiga bo’lgan muhabbati; - keng bilim saviyasiga ega bo’lish, barcha sohalarga doir bilimlar bilan qurollanishi; - yosh edagogic psixologik, ijtimoiy psixologiya va pedagogika yosh fiziologiyasi hamda maktab gigienasidan chuqur bilimlarga ega bo’lishi; - o’zi dars beradigan fan bo’yicha mustahkam bilimga ega bo’lib, o’z kasbi sohasida jahon fanida erishilgan yutuq va kamchiliklardan xabardor bo’lishi; - ta’lim va tarbiya metodikasini egallashi; - o’z ishiga iqtisodiy yondashishi; - bolalarni bilishi, uning ichki dunyosini tushuna olishi; Ko’pchilik psixologlar shu bilan birga o’zbekistonlik psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda zamonaviy o’qituvchilar uchun zarur xislatlarni aniqlab olish imkoniyatini beradi. Rus psixologlaridan N.V. Kuzmina, V.Slastenin, F.N.Gonobolin o'zbek psixologlaridan R.Z.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, S.Jalilova, Ajabborov, M.Qoplanova va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar o'qituvchilik kasbining turli jihatlarini atroflicha keng batafsil ko'rsatib berish imkoniyatini yaratadi. Bevosita o'qituvchi shaxsiga taalluqli bo'lgan professiogrammaga asosiy e'tibor qaratilgan. Professiogramma — ma'lum tizimga keltirilgan, mehnatni psixologik tomondan o'rganishga va undan kelgusi amaliy faoliyatda foydalanishga qaratilgan qisqa va har tomonlama batafsil ko'rsatib berilgan hujjat. Professiogramma psixologik jihatidan ishlab chiqarilgan faoliyatni tavsifnomasining kelgusi amaliy ishlar uchun zarur bo'lgan barcha tomonlarini o'z ichiga olishi kerak. M.G.Davletshin rahbarligida psixologik tadqiqot ishlarini olib edago M.Abdullajonova, E.Gladkova, A.Mashkurov, T.Hamroqulov, E.Xidirov va boshqalarning ilmiy izlanishlari o’zbek tili va adabiyoti, o’zbek maktablarida rus tili va adabiyoti, matematika, jismoniy tarbiya o’qituvchilari va maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilari kabi qator mutaxassisliklar bo’yicha o’qituvchi professiogrammasining taxminiy modelini (namunasini) aniqlab olish imkoniyatini berdi. 1. O'qituvchining shaxsiy xislatlari: - bolalarni yaxshi ko’rish, ularni sevish; - amaliy psixologik aql-farosatlilik; - mehnatsevarlik; - jamoat ishlarida faollik; - mehribonlik; - kamtarinlik; - odamiylik, dilkashlik; - uddaburonlik: mustahkam xarakterga ega bo’lish; - o’z bilimini oshirishga intilish. 2. Kasbga xos bilimi: - ta’lim va tarbiya jarayoni mohiyati bilan uning maqsad va vazifalarini tushunishi; - etnopsixologik bilimlarni egallash; - hozirgi zamon pedagogikasi asoslarini bilish; - hozirgi zamon pedagogikasining metodologik asoslarini egallaganligi; - maktab yoshidagi bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlarini tushunishi; - o’z fanini o’qitish metodikasini bilishi; - ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning mazmunini bilishi. 3. O’z kasbiga xos xisiatlari: - milliy qayta qurish mafkurasi bilan mustaqil davlat mafkurasini tushunishi; - zamonaviy maktabda olib borilauigan o’quv tarbiya jarayonida umuminsoniy boyliklar, milliy an’analar va urf-odatlarning ahamiyatini tushunishi; - o’qituvchining kuzatuvchanligi; - o’z diqqat e’tiborini taqsimlay olishi; - edagogic fantaziyalar (xayol)ning rivojlanishi; - o’ziga tanqidiy munosabatda bo’lishi; - o’zini qo’lga ola bilishi, o’zini tuta olishi; - edagogic takt; - nutqning emotsional ifodalanishi. 6. Kommunikativ malakalari: - bolalarni o’ziga jalb etishni bilishi; - bolalar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq edagogic munosabatlarni tiklashni bilishi; - bolalarni jamoalararo va jamoa ichidagi o’zaro munosabatlarini tartibga solishni bilishi; - bolalar va ota-onalar bilan tashqaridan aloqa bog’lashni bilishi. Akademik qobiliyatlar — matematika, fizika, biologiya, ona tili, adabiyot, tarix va boshqa shu kabi fanlar sohasiga xos qobiliyatlardir. Qobiliyatli o'qituvchi o'z fanini faqat kurs hajmidagina emas, balki atroflicha keng, chuqur bilib bu sohada erishilgan yutuqlar va kashfiyotlarni doimiy ravishda kuzatib borib, o'quv materialini mutlaqo erkin egallab unga katta qiziqish bilan qaraydi hamda ozgina bo'lsada tadqiqot ishlarini olib boradi. Ko'pchilik tajribali pedagoglarning aytishlaricha, o'qituvchi o'z fani bo'yicha bunday yuksak bilim saviyasiga erishishi boshqalarni qoyil qilib hayratda qoldirishi, o'quvchilarda katta qiziqish uyg'ota olishi uchun yuksak madaniyatli har tomonlama keng bilimdon bo'lishi lozim. Perseptiv qobiliyatlar — bu o'quvchining tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira bilish, psixologik kuzatuvchanlik, o'quvchi shaxsini vaqtinchalik, psixik holatlari bilan bog'liq nozik tomonlarini tushuna bilishdan iborat qobiliyatlardir. Nutq qobiliyati – kishining o'z tuyg'u hislarini nutq yordamida shu bilan birga mimika va pantomimika yordamida aniq va ravshan qilib ifodalab berish qobiliyatidir. Tashkilotchilik qobiliyati — bu birinchidan, o'quvchilar jamoasini uyushtira bilish, unda jamoani jipslashtira olish va ikkinchidan, o'zining shaxsiy ishini to'g'ri tashkil qila olish qobiliyatidir. Qobiliyat — bu kishining biror faoliyatga yaroqliligi va shu faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishdir. Pedagogik qobiliyat — bu qobiliyat turlaridan biri boiib, kishining pedagogik faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug'ullana olishini aniqlab beradi. Uzoq yillar olib borilgan tadqiqotlar, pedagogik qobiliyatlar murakkab va ko'p qirrali psixologik bilimlardan iboratliligini ko'rsatib beradi. Ana shu tadqiqot ma'lumotlaridan foydalanib, pedagogik qobiliyat tuzilishida muhim o'rin egallaydigan qator komponentlarni ajratib ko'rsatish mumkin. Didaktik qobiliyatlar – bu bolalarga o'quv materialini aniq va ravshan tushuntirib, oson qilib yetkazib berish, bolalarda fanga qiziqish uyg'otib, ularda mustaqil faol fikrlashni uyg'ota oladigan qobiliyatdir. Didaktik qobiliyatga ega bo'lgan o'qituvchi zarurat tug'ilganda qiyin o'quv materialini osonroq, murakkabrog'ini soddaroq tushunishi qiyin bo'lganini tushunarliroq qilib o'quvchilarga moslashtirib bera oladi. Avtoritar qobiliyat — o’qituvchining rostgo’ylik, irodaviy uddaburonligi, o’zini tuta bilishi, farosatliligi, talabchanligi kabi irodaviy xislatlari hamda qator shaxsiy xislatlarga shu bilan birga o’quvchilarning tarbiyasida javobgarlikni his etish uning e’tiqodi, o’quvchilarga ma’naviy va ma’rifiy e’tiqodni singdira olishga ishonch kabi xislatlarga ham bog’liqdir. Kommunikativlik qobiliyati – bu bolalar bilan muloqotda bo'lishga o'quvchilarga yondashish uchun to'g'ri yo'l topa bilishga ular bilan pedagogik nuqtayi nazardan maqsadga muvofiq o'zaro aloqa bog'lashga pedagogik taktning mavjudligiga qaratilgan qobiliyatdir. Pedagogik xayol — bu kishining o'quvchilar shaxsini tarbiyaviy tomondan loyhalashtirganda o'z ish harakatlarining natijasini oldindan ko'ra bilishda namoyon boiadigan maxsus qobiliyatdir. Pedagogik takt psixologiyasini o'rganishida psixolog I.V.Straxov benihoya katta hissa qo'shgan. Uning fikricha, bunda muhimi — o'quvchilarga ta'sir etishning eng qulay usullarini topa bilish tarbiyaviy ta'sirni qo'llashda maqsadga muvofiq pedagogik choralarga e'tibor berish, aniq pedagogik vazifalarni hisobga olgan holda, o'quvchi shaxsining psixologik xususiyatlari va imkoniyatlari hamda mazkur pedagogik holatlarini hisobga olish zarurdir. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati — bu qobiliyat bir vaqtning o'zida diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olishda namoyon boiib, o'qituvchi ishida g'oyat muhim ahamiyatga egadir. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan qobiliyatlardan tashqari o'qituvchi inson shaxsining maqsad sari intilishi uddaburonlik, mehnatsevarlik, kamtarlik kabi qator insoniy xislatlarga ega bo'lishi lozimdir. Download 70.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling