Termiz davlat pedagogika instituti raxmatova salima togaymurodovna
-rasm. Raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchisini uzluksiz kasbiy rivojlantirish va ta’lim faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari
Download 0.91 Mb.
|
Avtorereferat RAXMATOVA SALIMA иккинчи 2023
1-rasm. Raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchisini uzluksiz kasbiy rivojlantirish va ta’lim faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari.
Global texnologik inqilob, tezkor ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish biologiya o‘qituvchilaridan innovatsion texnologik taraqqiyotga moslashish, raqamli ta’lim makonida o‘z pedagogik faoliyatini tashkillashtirish va ta’lim sifatini ko‘tarishni taqozo qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi oldiga “pedagog kadrlarni kompetensiyalarga asoslangan va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan metodikalar (keyingi o‘rinlarda – zamonaviy metodikalar) bo‘yicha o‘qitish amaliyotini joriy qilish” kabi nafaqat yangi vazifalarni qo‘ymoqda, balki ularning yechimini topish uchun ko‘maklashadigan raqamli ta’lim xizmatini ham taqdim etmoqda. Raqamli infrastruktura bilogiya o‘qituvchisining kasbiy ishlab chiqarishini takomillashtirish, biologik “ta’lim jarayonida raqamli ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish”ni taqozo qiladi. Ta’limni raqamlashtirish – bu o‘qitishning elektron tizimiga o‘tish hisoblanib, tinglovchilar uchun barcha o‘quv materiallari – qo‘llanmalar, topshiriqlar onlayn tizimda mavjud bo‘ladi- bu o‘qitishning interfaol modellarini maqsadli optimallashtirishga xizmat qiladi. Raqamli ta’lim muhitining tarkibiy tuzilishini quyidagicha ifodalash mumkin (2-rasm): 2-rasm. Zamonaviy raqamli ta’lim muhiti tarkibiy qismlari. Texnik resurslarga: kompyuterlar, planshetlar, mobil qurilmalar, tarmoqlar, videotizimlar, interaktiv ekranlar; ta’lim resurslariga: dasturiy ta’minot, elektron ta’lim resurslari, axborot-ta’lim portallari, masofaviy ta’lim tizimi, elektron kutubxonalar, bulutli resurslar, vebinarlar, telekonferensiyalar; jarayonlarni boshqarishga: masofaviy ta’lim, elektron pochta, ijtimoiy tarmoqlar, bulutli shaxsiy kabinet, o‘qitish shakllari kiradi. Zamonaviy raqamli ta’lim muhiti orqali o‘qitishning mobilligini, individual ta’lim muhitini loyihalashga ko‘mak beruvchi raqamli ta’lim resurlarini ishlab chiqish va qo‘llash imkoniyati yuzaga keladi Biologiya o‘qituvchilari malakasini oshirish kurslarida o‘qitishning interfaol modellari yangi metodikalarni egallash jarayonida tinglovchilar oldiga qo‘yiladigan maqsad va vazifalar bilan bog‘liq. Ta’kidlash joizki, malaka oshirish markazlarida fan modullari asosida kurslar faoliyati jarayonini tashkil etishning maqsad va vazifalari hamda mazmuni mashg‘ulot shakli turlariga bog‘liq bo‘ladi. O‘qitish tarkibi mazkur shakl turlarini belgilab beradi. Dasturni amalga oshirishning samaradorligi maqsad va vazifalarning qay darajada to‘g‘ri qo‘yilganligiga bog‘liq. Biologiya kurslari malaka oshirish tizimining to‘liq funksional jarayonini yaratish uchun ilmiy-metodik va tashkiliy-texnologik tamoyillarni ishlab chiqish hamda ular o‘rtasidagi o‘zaro mutanosiblikni ta’minlash lozim (3-rasm). Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling