Termiz davlat pedagogika instituti raxmatova salima togaymurodovna


Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan ta’lim muassasasi ilmiy tadqiqot ishlari bilan bog‘liqligi


Download 0.91 Mb.
bet5/31
Sana14.03.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1266684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Avtorereferat RAXMATOVA SALIMA иккинчи 2023

Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan ta’lim muassasasi ilmiy tadqiqot ishlari bilan bog‘liqligi. Dissertatsiya tadqiqoti O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining P3-2014-0910185149 “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” (2015-2017 yy.) mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchisining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchisi kasbiy-metodik tayyorgarligining tashkiliy-pedagogik sharoitlarini zamonaviy yondashuvlar va talablarga muvofiq nazariy-metodologik asoslash;
raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchisining kasbiy-metodik tayyorgarligini elektron axborot ta’lim resurslaridan foydalanib, ta’lim jarayonini boshqaruvchi maxsus raqamli vositalar asosida takomillashtirish;
raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchisi kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish modelini ishlab chiqish va ta’lim amaliyotiga joriy etish;
ta’lim tizimini raqamlashtirish sharoitida biologiya o‘qituvchilarining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirishga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqotning obyekti raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchisining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish jarayoni belgilanib, tajriba-sinov ishlarida Surxondaryo, Jizzax, Xorazm viloyati pedagoglarini yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlarining 2109 nafar tinglovchilari ishtirok etdi.
Tadqiqotning predmeti: raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchilarining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirishning mazmuni, shakl, metod va vositalari tashkil qiladi.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqotda psixologik, pedagogik va metodik adabiyotlarni o‘rganish hamda tahlil qilish, anketa, suhbat, kuzatish, test, loyihalash, ekspert baholash, pedagogik eksperiment, matematik-statistik tahlil usullaridan foydalanildi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling