Termiz davlat pedagogika instituti raxmatova salima togaymurodovna


J.E.Usarov ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash raisi, p.f.d., professor. D.M.Maxmudova


Download 0.91 Mb.
bet3/31
Sana14.03.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1266684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Avtorereferat RAXMATOVA SALIMA иккинчи 2023

J.E.Usarov
ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy
kengash raisi, p.f.d., professor.


D.M.Maxmudova
ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy
kengash kotibi, pedagogika fanlari
doktori, dotsent


R.A.Eshchanov
ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash
qoshidagi ilmiy seminar raisi, b.f.d., prof.
KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)


Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Bugungi kunda jahonda ta’limning raqamli transformatsiyasi sharoitida raqamli infratuzilmani, raqamli texnologiyalar parkini (EduTech) rivojlantirish, raqamli ta’lim platformalarini maktab amaliyotiga joriy etish, biologiya o‘qituvchisining “XXI asr kompetensiyalari”ni mukammal egallash, YUNESKOning uzluksiz kasbiy rivojlanish (Continuous professional development – CPD)1 strategiyalari asosida kasbiy raqobatbardoshligini orttirishning innovatsion modellarini ishlab chiqishga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu jihatdan xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini raqamlashtirish, pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari faoliyatini onlayn va oflayn tashkil etishning samarali raqamli texnologiyalarini joriy etish, o‘qituvchilarning kasbiy-metodik tayyorgarligi, kompetentlik sifatlari va kreativlik qobiliyatlarini izchil rivojlantirib borish dolzarb ahamiyatga ega.
Dunyoda raqamli ta’lim muhitida pedagoglarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish, o‘qituvchilarning biologiyani o‘qitishda axborot-kommunikatsion texnologiyalar, intellektual tizimlardan, virtual ta’lim texnologiyalari, interaktiv panellar va zamonaviy dasturiy ta’minot, raqamli laboratoriyalardan foydalanishga kasbiy tayyorlash sohasida keng ko‘lamli tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, biologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimida raqamli texnologiyalar muhitida kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Respublikamizda so‘nggi yillarda pedagog kadrlarning kasbiy tayyorgarligini zamonaviy talablarga, jahon standartlariga moslashtirish, sifatini yangi bosqichga ko‘tarish, raqamli ta’lim muhitida faoliyat ko‘rsatishga kasbiy-metodik tayyorlashga katta ahamiyat qaratilmoqda. Shu jihatdan “taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi”2. Ayniqsa, “xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish, ulardagi kasb mahorati va malaka saviyasining doimiy o‘sishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy talablarga muvofiq qayta tayyorlash va muntazam ravishda malaka oshirib borishning samarali mexanizmlarini joriy etish”3, o‘z-o‘zini rivojlantirish orqali biologiya o‘qituvchilarining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish zaruratini keltirib chiqardi.
O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni, 2020-yil 21-avgustdagi PQ-4805-son “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-son “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 17-yanvardagi 2022-yildagi 25-son “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling