Termiz davlat pedagogika instituti raxmatova salima togaymurodovna


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi


Download 0.91 Mb.
bet4/31
Sana14.03.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1266684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Avtorereferat RAXMATOVA SALIMA иккинчи 2023

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Dissertatsiya tadqiqoti respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda, innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari” ustuvor yo‘nalishiga muvofiq bajarilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Respublikamizda ta’limni axborotlashtirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish, pedagoglarni qayta tayyorlash, kasbiy rivojlantirish sohasida keng qamrovli tadqiqotlar amalga oshirilgan. Jumladan, axborot–kommunikatsiya muhitida o‘qitishni tashkil etishning didaktik imkoniyatlari A.Abduqodirov, N.I.Taylaqov, U.Begimkulov, R.Djuraev, U.Inoyatov, N.Muslimov, Sh.Sharipov, biologiya o‘qitish metodikasini rivojlantirish bo‘yicha J.Tolipova, S.X.Sulliyeva, Q.G’.Zokirov, Sh.Hasanova, L.Qaraxonova, oʻqituvchilarning kasbiy hamda metodik tayyorgarligini takomillashtirish masalalari N.S.Saydahmedov, N.Muslimov, L.V.Golish, mustaqil ta’limini tashkil etish masalalari G.Ergasheva, S. To'ychiyev va N.Toshmanovlar tomonidan tadqiq etilgan.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari olimlaridan V.P. Bespalko, S.I.Zmeyev, Ye.D.Beznisko, I.O.Gаnchenko, G.M.Kodjаspаrovа, T.N.Truntsevа, I.G. Zaxarova, V.I.Soldаtkinа kabilar tomonidan oʻqituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash, elektron ta’lim muhitida ta’limini tashkil etish va boshqarish muammosining nazariy, amaliy va metodik jihatlari o‘rganilgan.
Xorijlik olimlardan J.S.Daniel, C.S.De Souza, J.Preece, P.Jarvis, M.Knowles, M.Wit, H.Dompseler kabilar o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlantirish tamoyillari, omillar, raqamli ta’lim muhitida takomillashtirish texnologiyalari, samarali metodikalarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, kasbiy tayyorgarlikni jadallashtirishning yangi usullarini ishlab chiqish bo‘yicha qator ilmiy izlanishlar olib borgan. Pedagog kadrlarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish sohasida qator tadqiqotlar olib borilgan bo‘lsada, raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchilarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish metodikasini takomillashtirish borasida alohida tadqiq etish muammosi mavjud.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling