Termiz davlat pedagogika instituti raxmatova salima togaymurodovna


-rasm. Suv- hayot asosi mavzusidagi infografika


Download 0.91 Mb.
bet12/31
Sana14.03.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1266684
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Bog'liq
Avtorereferat RAXMATOVA SALIMA иккинчи 2023

5-rasm. Suv- hayot asosi mavzusidagi infografika.

Xulosa o‘rnida, raqamli ta’lim muhitida biologiya o’qtuvchilarining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomlllashtirish modeli offlayn va onlayn ta’lim tizimida elektron axborot ta’lim resurslaridan foydalanib, ta’lim jarayonini boshqaruvchi maxsus raqamli vositalar, raqamli ta’lim texnologiyalari asosida takomillshtirildi va biologiya o’qituvchilarining kasbiy faoliyatida amaliy qo’llanma sifatida xizmat qildi.


Dissertatsiyaning “Raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchisining uzluksiz kasbiy rivojlantirish metodikasi samaradorligi” deb nomlangan uchinchi bobida pedagogik tajriba-sinovni tayyorlash va o‘tkazishning asosiy shart-sharoitlari, tajriba-sinov natijalarining statistik tahlili va samaradorlik darajasi haqida fikr yuritilgan. Tajriba-sinov ishlarining maqsadi biologiya o‘qituvchilarining raqamli ta’lim muhitida kasbiy-metodik tayyorgarligini uzluksiz rivojlantirish tizimini takomillashtirishning mazmuni, yo‘llari, pedagogik shart-sharoitlarning samaradorligini aniqlash ekanligi belgilandi.
Raqamli ta’lim muhitidan foydalanib biologiya o‘qituvchisining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha pedagogik tajriba-sinov ishlari Surxondaryo, Jizzax va Xorazm viloyatlarining pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari tinglovchilari ishtirokida amalga oshirildi. Tajriba-sinov tinglovchilarning darajasini aniqlash uchun tajriba va nazorat guruhlarida hamda izlanuvchan-nazariy, shakllantiruvchi va yakunlovchi (statistik tahlil) bosqichlarida tajriba–sinov maydoni etib belgilangan pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari fan o‘qituvchilari bilan hamkorlikda biz tomonimizdan 2019-2022-yillarda amalga oshirildi. Olib borilgan tajriba-sinov ishlarida jami 2109 nafar tinglovchilar ishtirok etdi. Shundan, 1055 nafari tajriba guruhida, 1054 nafari esa nazorat guruhida qatnashdi.
Biologiya o‘qituvchisining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish natijalarini baholash uchun testlar, amaliy topshiriqlar, laboratoriya ishlari ishlab chiqildi va tajriba-sinov ishlarida qo‘llanildi.
Tajriba va nazorat guruhlari tinglovchilarning tajriba guruhi hamda nazorat guruhining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 1-jadvalda keltirilgan.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling