Termiz davlat pedagogika instituti raxmatova salima togaymurodovna


-rasm. Malaka oshirish kurslarida o‘qitish jarayonini samarali tashkil etish tamoyillari


Download 0.91 Mb.
bet10/31
Sana14.03.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1266684
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
Bog'liq
Avtorereferat RAXMATOVA SALIMA иккинчи 2023

3-rasm. Malaka oshirish kurslarida o‘qitish jarayonini samarali tashkil etish tamoyillari.
Xulosa qilib, raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchisi kasbiy-metodik tayyorgarligining tashkiliy-pedagogik sharoitlarini zamonaviy yondashuvlar va talablarga muvofiq, nazariy-metodologik asoslash pedagogik faoliyatni tashkil etishning zamonaviy metodikalari bilan tanishish imkoniyatini yaratishdan iborat.
Dissertatsiya ishining ikkinchi bobi “Raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchisining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi”ga bag‘ishlangan bo‘lib, unda raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchisining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirishning tarkibiy tuzilishi, didaktik modeli, shakl, usul va vositalari hamda texnologiyalari yoritilgan.
Raqamli ta’lim muhitida uzluksiz kasbiy rivojlantirishning tashkiliy-didaktik modeli bevosita biologiya o‘qituvchisining kasbiy-metodik tayyorgarligi mazmuniga muvofiq interaktiv axborot ta’lim resurslaridan foydalanish, mustaqil ta’lim sharoitlarida shaxsiy-kasbiy rivojlanishni ta’minlashga asos bo‘ladi. Va u biologiya o‘qituvchisini uzluksiz kasbiy tayyorlash tizimining maqsad va vazifalari, tarkibi, tuzilishi va jarayoni, optimal mazmun va shakli, sifat va holatini nazarda tutadi. Biologiya o‘qituvchisining kasbiy-metodik tayyorgarligi pedagogik faoliyatning yangi turi sifatida ta’lim jarayonini boshqaruvchi maxsus raqamli vositalari asosida onlayn va oflayn rejimli tezkor diagnostikasi adaptiv yo‘naltirish raqamli ta’lim muhitida takomillashtirilgan.
Zamonaviy ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchisi innovatsion faoliyat sub’ekti sifatida faoliyat ko‘rsatadi, o‘ziga xos ijtimoiy makon yaratuvchisi va yakunda innovatsion rivojlanish, uning asosiy vektori va natijasi sifatiga erishish yo‘llarini aniqlaydi. Biologiya o‘qituvchisining kasbiy-metodik tayyorgarligining tarkibiy komponentlarini (diagnostik-tahlil, qadriyatlar, tashkiliy, bashoratlash, natija) o‘zida mujassamlashtirgan tashkiliy-didaktik modeli kasbiy yaratuvchanlik parametrlariga ustuvorlik berish asosida rivojlantirilgan.
Tadqiqotimiz natijasida raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishning quyidagi tashkiliy-didaktik modeli shakllantirildi (4-rasmga qarang).
Maktab ta’limining yangilangan tabiiy fanlar, biologiya darsliklarida infografikalar, kompetentli yo’naltirilgan topshiriqlar va masalalar yechishga keng o’rin berilgan. Offlayn malaka oshtish tizimidagi biologiya o’qituvchilari bilan bo’lgan suhbat jarayonida xalqaro standartlar asosida yaratilgan darsliklar o’qituvchilarning kasbiy faoliyatida qiyinchilaklarni yuzaga keltirayotganligi ma’lum bo’ldi. Mazkur muammolarni raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchisining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirishni maqsadli yo‘naltirish va samarali amalga oshirishda “Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb muammolari” moduli bo‘yicha o’qitishning yangi metodikalari mazmunida turli interaktiv texnologiyalar (veb-kvest, intellektual o‘yin, loyiha, keys, infografikalar), topshiriqlar tizimi (muammoli-vaziyatli, kompetentli-yo‘naltirilgan topshiriqlar, masala echish) va ish shakllaridan: munozara, trening shaklidagi ma’ruza, loyihalash keng foydalanildi. Natijada, biologiya o’qituvchilarining offlayn malaka oshirish tizimida biologiya darslarini raqamli ta’lim muhitida samarali tashkil etish va loyihalash imkoniyatlari orttirildi. Masalan, infografikalardan biologiya darslaida foydalanishga oid nazariy materiallar va metodik ko’rsatmalar biologiya o’qituvchilarining amaliy faoliyatlarida infografikalardan foydalanish orqali o’quv materiallarini o’zlashtirish samaradorligini ta’minlahga yordam berdi.

Raqamli ta’lim muhitida biologiya o’qituvchilarining uzluksiz kasbiy rivojlantirishga xizmat qiladigan zamonaviy metodikalarni aniqlashtirish

Raqamli ta’lim muhiti

Мaktab

PYAMO’MM –pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi

Raqamli ta’lim muhitida biologiya o’qituvchisining kasbiy rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarini aniqlash


  1. Download 0.91 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling