Termiz davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari ta’lim yo’nalishi 1-bosqich 101-guruh talabasi hamrayeva dilbarning o’zbekistonning eng yangi tarixi fani mustaqil ta’limdan tayyorlagan


Download 81.52 Kb.
bet3/4
Sana11.01.2023
Hajmi81.52 Kb.
#1088068
1   2   3   4
Bog'liq
Sovet ittifoqi

1951 yilda Maqsud Shayxzoda. Shukrullo Yusupov, G’ulom Alimov va boshqa bir qator ijodkorlar antisovet millatchilik faoliyatida ayblanib qamoqqa olindilar va 25 yillik qamoq jazosiga hukum qilindilar. Shu yillari jamiyatshunos olimlardan bir guruhi, chunonchi, faylasuf V.Zohidov, iqtisodchi A.Aminovlar panturkizini tashviqot qilishda va burjua millatchilikda ayblanib taqib qilindi.Qatagon qilingan sanat, fan va madaniyat arboblari mustabid tuzum davrida haq-huquqsizlik qurboni bo’ldilar.80 yillarning o’rtalariga kelib qatagonlik to’lkiniga nafaqat ijod ahli, balki xojalik hodimlari va davlat arboblari ham tortildi.Ozbekistonda qonunchilik va huquqiy tartiblarni tiklash, partiya davlat organlarini kadrlar bilan mustaxkamlash degan niqoblar bilan markazdan katta vakolatga ega bo’lgan masul hodimlarning desant guruhlari kela boshladi.


9

Uydurma, to’qib chiqarilgan paxta ishi va ozbeklar ishi deb ishlarga siyosiy tus berildi. Oqibatda go’yoki butun Ozbekiston jinoyatchilar makoniga aylanib qolgandek tasavvur uygotishga harakat qilindi.Ozbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng paxta ishi qayta ko’rib chiqildi va minglab begunoh kishilar oqlandilar. Oz navbatida Ozbekistonning mohir, Sh.R.Rashidovning pok nomi tiklandi. Shuningdek, mehnatkash ozbek xalqining yuzi yorug ekanligi asoslandi.Sobiq SSSR ga kiruvchi respublikalar rasman teng va suveren deb yuritilsada, amalda qaram edi. Ular o’z erlari, suvlari, o’rmonlari va er osti boyliklariga, ko’pdan-ko’p korxonalariga o’zlari egalik qilolmas edilar. 80-yillarning oxirlari 90-yillarning boshlarida ko’pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o’zgartirish talablarini ilgari sura boshladilar.O’zbekiston Respublikasining rahbari I.A.Karimov 1989 yil 20 sentyabrda Maskvada bo’lib o’tgan KPSS MQ ning Plenumida so’zlagan nutqida respublikalar bilan SSSR o’rtasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo’yishni ko’zda tutadigan yangi federativ shartnoma ishlab chiqish zarurligi to’g’risida o’z fikrini bildirib: «Biz Ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o’zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab qo’yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustahkamlash tarafdorimiz»,- degan edi.Biroq Markaziy hokimiyat respublikalarga erkinlik berish haqidagi talabtakliflarnie’tiborga olmadi, to’g’rirog’i ularga erkinlik berishni xohlamas edi.


10

Download 81.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling