Termiz davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari ta’lim yo’nalishi 1-bosqich 101-guruh talabasi hamrayeva dilbarning o’zbekistonning eng yangi tarixi fani mustaqil ta’limdan tayyorlagan


Download 81.52 Kb.
bet4/4
Sana11.01.2023
Hajmi81.52 Kb.
#1088068
1   2   3   4
Bog'liq
Sovet ittifoqi

Markazning qaysarligi hamda respublikalar jamoatchiligining ta’siri ostida markazdan ajralish harakati kuchayib bordi. 1990 yil bahorida Boltiqbo’yidagiLatviya, Litva, Estoniya respublikalari, keyinroq Gruziya va Ozarbayjon SSSRtarkibidan chiqqanligini e’lon qildilar.Markazda va joylarda SSSR konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi yoki respublikaKonstitutsiyasi va qonunlari ustunmi, degan masalada bahs, munozaralar kuchaydi.Markazdagilar «Kuchli markaz-kuchli respublikalar» desa, joylardagilar «Kuchlirespublikalar-kuchli markaz» der edilar.Markaziy hokimiyat jamoatchilikning talabi ostida Ittifoq shartnomasini yangilash zarurligini e’tirof etishga majbur bo’ldi. SSSR Oliy Soveti mazkur masala bilan shug’ullanuvchi maxsus delegatsiya tuzdi va uning tarkibini tasdiqladi. 1990 yil iyulda Moskvada Markaz vakillari bilan respublikalar delegatsiyalari yangi shartnoma matnini tayyorlashga kirishdi. 1990 yil avgust oyida Ittifoqni yangilash dasturi ishlab chiqildi.Dasturda respublikalar o’z hududlaridagi butun milliy boyliklarga egalik qilish,foydalanish huquqiga ega ekanligi ta’kidlangan edi. Ammo shartnomaga bundayyondashuv Markazdagilarga yoqmadi. SSSR Oliy Soveti mazkur dasturni qabul qilmadi.


11

SSSR Oliy Soveti respublikalarning istak va manfaatlarini batamom inkor etgan yangicha shartnoma loyihasini tuzib respublikalarga tarqatdi. Respublikalar, shu jumladan, O’zbekiston Markaz loyihasini qabul qilmadi. 1991 yil fevral-mart oylarida Ittifoq shartnomasi loyihasi ustida qayta ish olib borildi. Unda Boltiq bo’yi respublikalari, Gruziya, Armaniston, Moldova vakillari qatnashmadi, Ozarbayjon kuzatuvchi bo’lib qatnashdi. Ittifoq bilan respublikalar vakolatlarini farqlab qo’yishga harakat qilindi. Nihoyat, Ittifoq va respublikalar vakolatlari belgilab berilgan shartnoma loyihasi matbuotda e’lon qilindi. Respublikalarda mazkur loyiha muhokama qilindi. O’zbekiston rahbariyati respublikalarga to’la mustaqillik berishni ko’zlamaydigan shartnoma loyihasini rad etdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo’mitasining 1991 yil 12 martda bo’lgan IV plenumida so’zlagan nutqida: «Ittifoq shartnomasini imzolash uchun eng qulay payt qo’ldan boy berib qo’yildi. Ikki yil muqaddam bu masalani ko’targan kishilarning ovoziga hech kim quloq solmadi. Markaz 1922 yildagi shartnomaga mahkam yopishib olib, oqilona takliflarni qabul etmadi, ishni paysalga soldi»,-degan edi. Bu fikrning to’g’riligini hayot to’la isbotladi.


12

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 81.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling