Termiz davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Download 7.21 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi7.21 Kb.
#1829466
Bog'liq
Davlat tushunchasi belgilari va mohiyati


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
TARIX FAKULTETI
MILLIY G’OYA MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMI YO’NALISHI
1-BOSQICH 102-GURUH TALABASI
QURBONNAZAROVA HAMIDANING
DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI VA TARIXI FANIDAN
TAYYORLAGAN
TAQDIMOTI
Mavzu:Davlat tushunchasi belgilari va mohiyati
Reja:
 
1. Davlat tushunchasi va uning asosiy belgilari.
2. Davlatning mohiyati
3. Davlat tipologiyasi
Davlat tushunchasi va uning asosiy belgilari
 
«Davlat nima?» degan savol davlat va huquq nazariyasining eng asosiy masalalaridan biridir. Huquqiy adabiyotlarda bu savolga javob berishda yagona nuqtai nazar yо`q. Chunonchi, sovet huquqshunosligida davlatning mohiyati sinfiy nuqtai-nazardan cheklanmagan hokimiyat, hukmron sinf diktaturasi ma`nosida talqin qilinar edi.
G`arbiy huquqiy nazariyalarda esa, davlat butun jamiyat manfaatlarini ifoda etadigan sinfiy, ijtimoiy ziddiyatlarni murosaga keltiradigan sinflar ustidagi tuzilma, qurol deb ta`riflanadi.
Albatta, davlat tushunchasiga u yoki bu yondashuvni dabdurustdan inkor etish tо`g`ri emas. Davlatga berilgan har qanday ta`rifni diqqat bilan о`rganish kerak. Bunda asosiy e`tiborni davlatning mohiyati nimadan iboratligiga qaratish lozim. Shu bois, mohiyat mazkur hodisadagi bosh, belgilovchi, asosiy jihatdir, ya`ni bu hodisani tashkil etadigan ichki о`ziga xos xususiyatlari yig`indisi bо`lib, ularsiz har qanday hodisa о`ziga xoslikdan mahrum bо`ladi. Davlat mohiyatining asosiy jihati hokimiyat va uning kimga tegishliligi masalasidir.
Davlat kishilik jamiyati taraqqiyotining muayyan bosqichida paydo bо`ladi. Ushbu bosqichda ilgari mavjud bо`lgan ijtimoiy maxsulotni teng taqsimlash tizimi natija bermay qо`yadi, jamiyatning yanada rivojlanishi uchun boshqarish bilan shug`ullanadigan Sharq jamiyatlaridagidek siyosiy yoki Yevropa mamlakatlaridagidek siyosiy va iqtisodiy sohalardagi nufuzli (elita) qatlamining ajralib chiqishi zarurati tug`iladi. Bu esa, о`z navbatida, jamiyatning tabaqalarga bо`linishiga olib keladi.
Ibtidoiy jamoa tuzumida hokimiyat jamiyatning barcha a`zolariga taalluqli edi. Keyingi bosqichda esa hokimiyat siyosiy ma`no kasb eta boshlaydi, ya`ni u, eng avvatto, imtiyezli ijtimoiy guruhlar, sinflar manfaatlari uchun xizmat qila boshlaydi. Binobarin, davlatning kelib chiqishi hamisha ijtimoiy hokimiyatning ommaviy siyosiy hokimiyatga aylanishi bilan bog`liq. Bu, hokimiyatning ijtimoiy jamoa tuzumidan farqli о`laroq, eng avvalo, jamiyatning imtiyozli qismi va sinfiy manfaatlarga xizmat qilishini bildiradi. Bunday holatda sinfiy yondashuv mazkur hokimiyatni tavsiflash, bunday Davlatning mohiyatini ta`riflashga imkon yaratadi.
Davlat hokimiyatining tabiati har doim bir xil bо`lmaydi. Chunonchi, k.adimgi Afina va Rimdagi sinfiy lik hech qanday shubha tug`dirmaydi. Mazkur davlatlarda hokimiyat quldorlar sinfiga xizmat qilgan, quldorlar esa asosiy ishlab chiqarish vositalari (yer)ning, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (qullar)ning ham egalari bо`lganlar. Qullar davlat hokimiyatini amalga oshirishda k.atnashish u yokda tursin barcha huquqlardan ham mahrum edil ar.
О`rta asr jamiyatida ham hokimiyat feodallar — katta yer egalari qо`lida bо`lgan. Dehqonlar hokimiyatni boshqarishda qatnashishdan va qariyb barcha yuridik huquqdardan mahrum edilar. Ular tuda yoki qisman feodallar mulki maqomida bо`lgan. Demak, quldorlik va feodal jamiyatlarida oshkora ijtimoiy tengsizlik va davlat hokimiyatining sinfiylik mohiyati yaqqol namoyon bо`ladi.
Burjua jamiyatida qonun oldida barcha rasman teng bо`lib, tenglik prinsipi davlatlar konstitusiyalarida mustahkamlab qо`yilgan. Ammo ilk burjua jamiyatida qonunlar mulkiy, ma`lumotga oid va shu kabi senzlarni ham belgilagan va ushbu qonunlar mulki oz bо`lgan fuqarolarning saylov huquqlarini cheklab qо`ygan. Shu bilan hokimiyat iqtisodiy jihatdan boy guruhlarga xizmat qilgan.
Huquqshunoslik fanida davlatga turli ta`riflar beriladi. Davlat —muayyan hududni ishg`ol etgan va yagona hokimiyatga uyushgan xalqdir; davlat — insonlarning yashash qoidasi shakli, kishilar о`rtasidagi psixologik aloqa (psixologiya maktabi); davlat — absolyut ruhning mujassami (Gegel); davlat — organiq hodisa, voqelik, jonli organizm (G. Spenser va boshqalar).
Davlat jamiyatga, mamlakatga va xalqka aloqador. U jamiyatdan, mamlakatdan, xalqdan tashqari yashamaydi. Davlatga ta`rif berishda uning turlari va shaklini e`tiborga olish zarur. Davlat bir necha ming yillardan beri rivojlanib, о`zgarib kelgan. Shunga qaramay, turli turdagi va shakldagi davlatlar qandaydir umumiy belgilarini saqlab qolgan. Bu hol hamma davlatlarga xos bо`lgan eng asosiy belgilarni aks ettiruvchi umumiy ta`rifga imkon beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar 1. Gulnora Inomjonova. “Nikoh shartnomasi-oila mustahkamligining huquqiy kafolati “ ilmiy-amaliy qo`llanma, -T.: Intellekt Ekspert, 2015, 10-b 2. Huquqiy yetuklik - barkamollikka eltadi.“ O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.-T.: Adolat 2011, 7-b 3. Islomov.Z.M.Davlat va huquq nazariyasi.-T.: Adolat, 2007.-537-b "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020 ISSN 2181-063X
Download 7.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling