Termiz davlat universiteti algebra va geometriya kafedrasi 70540101 – Algebra va funksional analiz mutaxassisligi magistrantlarining dars tahlili


Download 28.03 Kb.
bet4/6
Sana04.02.2023
Hajmi28.03 Kb.
#1161260
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dars tahlili Aziza

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
ALGEBRA VA GEOMETRIYA KAFEDRASI
70540101 – Algebra va funksional analiz mutaxassisligi magistrantlarining


DARS TAHLILI

  1. Darsni kim o'tdi: Mamatmo'minov Dilshod

  2. Кurs va guruh: I kurs 106-guruh.

  3. Sana: 20.09. 2022.

  4. Fan: Matematik analiz.

  5. Мavzu: Xaqiqiy sonlar. Ratsional va irratsional sonlar.

  6. Dars turi: Amaliy mashg'ulot.

  7. Dars jihozlari: kampyuter, monitor, doska, bo'r, tarqatma materiallar.

  8. Darsni tahlil qiluvchi: Qudratova Shahnoza

  9. Darsning borishi: Dars boshlandi. Darsni matematik analiz kafedrasi o'qituvchisi Mamatmo'minov Dilshod ustoz olib bordilar. Dars matematika yo'nalishi talabalariga amaliy mashg'uloti bo'lib ularga matematik analiz fani yangi o'tila boshlangan. O'qituvchi darsga kirdi, salomlashdi, o'quvchilarni va xonani darsga tayyorgarligini tekshirdi. Talabalarni o'tgan mavzu bo'yicha qisqa savol javob qildilar va yangi mavzu bilan tanishtirdilar. Mavzu Xaqiqiy sonlar, ratsional va irratsional sonlar . Amaliy mashg'ulot boshlandi. Mavzu tushuntirildi misollar ishlandi. Darsda mavzuga oid ko'plab misol va masalalar ishlandi.Dars yakunida bir qancha topshiriqlar berildi. O'quvchilar tushunmagan savollariga javob oldilar. Dars tugadi.

10. O'qitilgan darsning tavsifi: Darsda yangi pedagogik tehnologiyalardan foydalanildi. Misollar ishlashda hayotiy misollar asos qilib olindi.


(Ma'naviy -ma'rifiy ilmiy -nazariy, metodik va yangi pedagogik tehnologiya nuqtai nazaridan)
Ijobiy: Salbiy:
Dars ijobiy va ko'tarinki ruhda o'tdi.
Darsda qiziqarli hayotiy jarayonlar
misollar orqali tushuntirildi. Darsda
talabalar faol. Fan qiziqarli o'tildi.


11. Таkliflar: Darsda ohirgi qatorda o'tirgan talabalarni diqqatini tortishga harakat qilish kerak. Darsga bazi kechikib kelish holatlarini bartaraf erish choralarini korish kerak.


12. Xulosа: Dars juda yaxshi o'tdi. Darsda yangi pedagogik tehnologiylardan foydalanildi. Axborot tehnologiyalari orqali dars yanada qiziqarli o'tdi. O'quvchilar bu fanga kuchli qiziqayotganlari ko'rinib turibdi. Dars hayotiy voqealar va misollar yordamida o'tilgani uchun o'quvchilarning qiziqishi yuqori boldi. Mavzu bir para davomida to'liq o'tib berildi. Uyga vazifalar berildi. Dars ijobiy deb topildi.
Qudratova Shahnoza. _____________________
F.I.Sh imzo
Mamatmo'minov Dilshod. _____________________
F.I.Sh imzo


Download 28.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling