Termiz davlat universiteti fakulteti
Download 1.63 Mb.
|
JAHON SAVDOSIDA RAQOBATNING KUCHAYISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy bitimlar
- Kredit
- 5. JAXON BOZORI VA XALQARO SAVDODA RAQOBAT
Importni tartibga solish asosan uni tarifli va tarifsiz vositalar orqali cheklashdan iborat. Asosiy tarifli to’siq sifatida bojxona bojlarini keltirish mumkin.
To’lov balansi – mamlakat rezidentlari (uy xo’jaliklari, korxonalar va davlat) va chet elliklar o’rtasida ma‘lum vaqt (odatda bir yil) oralig’ida amalga oshirilgan barcha iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtirilgan yozuvi. Iqtisodiy bitimlar – qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya‘ni tovarlar, ko’rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o’tishi bo’yicha kelishuvlardan iborat. Har bir bitim to’lov balansining debet va kredit qismlarida o’z ifodasini topadi. Kredit – qiymatning mamlakatdan chiqib ketishi bo’lib, uning hisobiga mazkur mamlakat rezidentlari chet el valyutalarida qonlovchi to’lovlar ekvivaletini oladi. Debet – qiymatning mazkur mamlakatga kirib kelishi bo’lib, uning hisobiga rezidentlar chet el valyutalarining sarflaydi. 5. JAXON BOZORI VA XALQARO SAVDODA RAQOBAT Jahon bozori — xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish bilan o’zaro bog’langan mamlakatlar o’rtasidagi barqaror tovar-pul munosabatlari tizimi. Xalqaro savdo munosabatlari qadimda ham mavjud bo’lgan, mamlakatlar o’rtasida iqtisodiy va siyosiy aloqalar milliy davlatlarning paydo bo’lishi bilan yuzaga kelgan, ammo ko’pgina mamlakatlar, so’ngra jaxondagi barcha mamlakatlar savdosini qamraydigan jahon bozori (uning negizida jahon xo’jaligi) faqat yirik mashinalashgan industriyaga o’tish bilan shakllana boshladi va XX-asr boshiga kelib qaror topdi. Yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga o’tish milliy bozor chegaralarini kengaytirdi, tashqi savdo u yoki bu mamlakatning ichki taraqqiyotini to’ldiradigan omildan mamlakat xo’jaligi taraqqiyotining zaruriy shartiga aylandi. Ixtisoslashuv bir mamlakatda muayyan tovarni arzon va sifatli i. ch. imkonini bersa, tovarlarni ishlab chiqarishda resurslardan samarali foydalanishni ta’minlasa, shu tovarlar ko’plab yaratiladi va jahon bozoriga yetkazib beriladi. Biror mamlakatda resurelarni sarflash qulay bo’lmagan yoki ishlab chiqarish imkoni bulmagan tovarlar jahon bozoridan sotib olinadi. Jahon bozorida alohida narxlar — jahon narxlari amal qiladi; ayirboshlash ulgurji shaklda va xalqaro birjalar vositasida olib boriladi. Jahon bozori tovar, mehnat, kapital va valyuta bozorlari majmuidan tashkil topadi (q. Mehnat bozori, Ishchi kuchi bozori). Jahon bozorida barcha mamlakatlar tashqi savdosining majmuini ifoda etadigan xalqaro savdo amalga oshiriladi. Bu tarkiban jahon miqyosidagi eksport va importdan iborat, ularning qiymat bo’yicha nisbati savdo balansi deb yuritiladi. Jahon bozori xalqaro birjalar, savdo uylari, banklar, sug’urta kompaniyalaridan iborat bulgan o’z infratuzilmasiga ega. Jahon bozori to’lovlar va hisob-kitoblar xalqaro pul vazifasini o’tovchi barqaror, erkin almashtiriladigan valyutalar, maye, AQSH dollari, Yaponiya iyenasi va yevroda olib boriladi. Jahon bozori ixtisoslashgan xalqaro birjalardan iborat yirik segmentlariga ega. Maye, Chikago don birjasi, Liverpul paxta birjasi va London rangli metallar birjasi va jahon bozorida savdo-sotiq xalqaro birja bitimlari, ikki tomonlama yoki ko’p tomonlama birjadan tashqari bitimlar yo’nalishlarida boradi. Jahon bozoridagi savdo-sotiqni maxsus tashkilot — Jahon savdo tashqishyuti boshqarib boradi, davlatlararo savdo tartibi va qoidalarini belgilab beradi, unga a’zo bo’lganlar o’zlari uchun qulay savdo qilish huquqini oladilar. Jahon bozorida investitsiya harakati ham yuz beradi, bu chet elda yangi korxonalarni qurish, eski korxonalarni sotib olish yoki o’ziga birlashtirish shakllariga ega. Bu ishni asosan transmilliy xalqaro korporatsiyalar olib boradi. 2000 y. jahondagi bevosita xorij investitsiyalari 865 mlrd. AQSH dollariga teng bo’ldi. Ular amalga oshirgan oldi-sotdi operatsiyalari 1999 y.da 14 trln. dollarni tashkil etdi. Jahon bozorining ulkan salohiyati milliy bozorlarga juda katta ta’sir o’tkazadi, bu ta’sir mamlakatlarning manfaatlari nuqtai nazaridan ijobiy yoki salbiy bo’lishi mumkin. Jahon bozorisig’imi jami mamlakatlar bozor talabining import hisobiga qondiriladigan qismlari yig’indisiga teng . Jahon bozorida sanoati rivojlangan mamlakatlar ishtiroki ustunlik qiladi va ular tayyor mahsulot bilan (jahon tovar eksportining 70% dan ko’prog’i) qatnashadilar, rivojlanayotgan mamlakatlar asosan xom ashyo va ishchi kuchi eksporti bilan ishtirok etadilar. Jahon bozorida ishtirok etadigan jami mamlakatlarning eksporti 6,48 trln. dollarni, importi 6,41 trln. dollarni tashkil qildi (1996; 1980 y.da tegishlicha 2,44 va 2,42 trln. dollar). O’zbekiston jahon bozorida xom ashyo, energiya, rangli metall va boshqa eksporti bilan qatnashadi, aksariyat texnologiya, kimyo mahsulotlari, oziq-ovqat tovarlarini import qiladi.6 Xulosa Kurs ishidan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, globallashuv jarayoni – to’xtatib bo’lmaydigan kuch. Uning qamrovi juda keng, hususan globallashuv nima u qachon boshlangan, uning jamiyatdagi boshqa jarayonga munosabati shuningdek yaqin va uzoq kelajakdagi asoratlari kabi savollarni o’z ichiga oladi. U jahon xo’jaliklari internastionallashuvining eng yuqori bosqichi. Umuman olganda jahon iqtisodiyotining globallashuvi deganda, jahon iqtisodiyotining o’zaro bog’liq turli soha va jarayonlarning kuchayib borishi, jahon xo’jaligida tovarlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchi va bilimlar bozorini asta-sekinlik bilan yagona bozorga aylanishini bildiradi. Yuqorida aytganimizdek, iqtisodchilar globallashuvning asosiy tomonlariga o’z e’tiborlarini qaratadilar va qo’yidagi jarayonlarini ajratadilar: moliyaviy markazlashuvning kuchayishi. Uning yordamida kredit mablag’lari shakllantiriladi, kredit beriladi va foydalaniladi, shuningdek kapitalning ishlab chiqarish ustidan hukmronligi o’rnatiladi; axborotlar ahamiyatining oshishi; global oligopoliyaning to’xtovsiz kengayishi; TMKlar sonining ortishi; transmilliy iqtisodiy diplomatiyaning shakllanishi va milliy davlat hokimiyatining globallashuvi. Yuqorida aytganimizdek globallashuv jarayoni o’zining ijobiy va salbiy ta’sirga ega. Ammo hozirgi eng muhim muammo – globallashuv hamma xalqlar uchun ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi kuchga aylanishiga erishishdir. Zamonaviy globallashuv jarayonlari eng avvalo sanoati rivojlangan mamlakatlar mavqeini mustahkamlab, ularga qo’shimcha afzalliklar beradi. Globallashuv jarayonlarining alohida mamlakatlar iqtisodyotiga ijobiy ta’sirining darajasi ushbu mamlakatlarning jahon iqtisodiyotida tutgan o’rniga bog’liq. Amalda afzalliklarning asosiy qismi boy davlatga yoki individlarga tegadi. Globallashuvning salbiy oqibatlari past rivojlangan mamlakatlarga ko’proq ta’sir qilishi mumkin. Bu mamlakatlarning ko’pchiligi baynalminnallashuv jarayonida xomashyo va mehnat sig’imi mahsulotlari (ularning ba’zilari zamonaviy murakkab texnika uchun ehtiyot qisim va butlovchi bug’imlar) etkazib beruvchi sifatida ishtirok etgan hamda ilg’or mamlakatlarga har tomonlama bog’lanib qolishadi va ularga nisbatan kam foyda ko’rishadi hamda bu foyda jahon bozorlari konyukturasiga bog’liq holda barqaror bo’lmaydi. Yuqorida qayd etib o’tganimizdek, globallashuv jarayonida eshtirok etishdan sanoati rivojlangan mamlakatlar ko’proq foyda oladi, zero ular ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va barcha diqqat-e’tiborni ko’p daromadli bo’lgan ilm talab mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratadilar. Ayni paytda sanoati rivojlangan mamlakatlarda ham globallashuv jarayonlari salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin: ishsizlik, moliya bozorlarida nobarqarorlik kuchayadi va boshqalar. Ayniqsa jahon moliyaviy inqirozi davrida ularning salbiy oqibatlari sezilarli darajadan ancha yuqori bo’ladi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling