Termiz davlat universiteti fizika matematika fakulteti


Matritsalar ustida amallar


Download 0.57 Mb.
bet7/14
Sana02.01.2022
Hajmi0.57 Mb.
#199473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Kurs ishi. Oqboyev Ramazon.

Matritsalar ustida amallar.

O’lchamlari aynan teng A va B matritsalarni qo’shganda ularning mos elementlari qo’shiladi: A+B= (aik) + (bik)=(aik+bik). Haqiqy son matritsaga ko’paytirlganda matritsaning har bir elementi shu songa ko’paytiriladi: k(aik)=(k aik).



Misol. Amallarni bajaring.

Matritsalarni qo’shish va songa ko’paytirish amallari quyidagi xossalarga bo’ysunadi:



  1. A+B=B+A;

  2. A+(B+C)=(A+B)+C;

  3. k(A+B)=kA+kB;

  4. (kn)A=k(nA);

  5. (k+n)A=kA+nA;

Agar A matritsaning ustunlari soni B matritsaning satrlari soniga teng bo’lsa, A va B matritsalar o’zaro zanjirlangan matritsalar deyiladi. O’zaro zanjirlangan matritsalarni ko’paytirish mumkin.

n x m o’lchamli A=(aik) matritsani m x p o’lchamli b=(bik) matritsaga ko’paytmasi n x p o’lchamli C=(cik) matritsaga teng bo’lib, uning cik elementlari quyidagicha aniqlanadi.

Cik= bik

ya’ni cik element A matritsa i – satr elementlarining B matritsa k – ustuni mos elementlariga ko’paytmalarining yig’indisiga teng.



Masalan:

Matritsalar quyidagi xossalarga bo’ysunadi:



  1. (kA)B=k(AB);

  2. (A+B)C=AC+BC;

  3. A(B+C)=AB+AC;

  4. A(BC)=(AB)C.

Matritsaning ko’paytmasi ko’paytuvchi matritsalar nolmas bo’lishiga qaramasdan, nol matritsani berishi ham mumkin.

A va B matritsalarning ko’paytmasi har doim o’rin almshtirish qonuniga bo’ysinavermaydi, ya’ni umuman olganda AB≠BA. AB=BA tenglikni qanoatlantiruvchi matritsalarga o’rin almashinuvchi matritsalar deyiladi.

Berilgan n x m o’lchamli A matritsaning har bir satri mos ustunlari bilan almashtirilsa hosil bo’lgan m x n o’lchamli matirtsaga A matritsaning transponirlangan matritsasi deyiladi va AT ko’rinishida belgilanadi.

Matritsalar ko’paytmasi transponirlangani uchun quyidagi formula o’rinli: (AB)T=BTAT.



Satrlari soni n ustunlari soni m ga teng bo’lgan matritsaga n-tartibli kvadratik matritsa deyiladi. Kvadratik matritsaning quyidagi xususiy ko’rinishlari bir-biridan farqlanadi:










Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling