Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi


Vahhobiylikning Respublikamizdagi faoliyatining asl maqsadi va vazifalari


Download 1.7 Mb.
bet17/77
Sana18.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1211500
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   77
Bog'liq
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ

3. Vahhobiylikning Respublikamizdagi faoliyatining asl maqsadi va vazifalari.
1991 yil Respublikamiz birinchi Prezidenti Namangan viloyatiga tashrif buyurdi. О‘zlarining noqonuniy harakatlarini avj oldirgan “Islom lashkarlari” va “Adolat” uyushmasi qanday yо‘l bilan bо‘lsa-da, davlat rо‘yxatidan о‘tib olishni о‘ylardi. Bu yо‘lda hech narsadan toymasdilar, baqirib-chaqirib, ayyuhannos solardilar. О‘zining hurmatini bilmagan Tohir Yо‘ldoshev, Hakimjon Satimov, Alisher Nishonov va boshqalar jamoat tartibini qо‘pol ravishda buzib, ongsizlarcha ish tutdilar. О‘sha yillari viloyat Adliya boshqarmasining boshlig‘i bо‘lgan Nuriddinjon Ismoilovga ham oson bо‘lmadi. U qat’iyat bilan ish tutib, “Adolat” va “Islom markazi” ni davlat rо‘yhatidan о‘tkazmadi. Biroq 1992 yil 15 fevralda sobiq Adliya vaziri B.Malikov esa “Islom markazi” ning Namanganda ochilishiga ruhsat berdi. О‘zbekiston Respublikasining о‘sha vaqtda Jinoyat Kodeksining 54, 60, 62, 63, 64-moddalaridagi davlatga qarshi jinoyatlarni sodir etgan T.Yо‘ldoshevning “Islom markazi” ga rahbar bо‘lishi davlatimizga juda qimmatga tushishini nahotki sezmagan bо‘lsa?!
Eng ajablanarlisi, bunday harakatlarni yо‘q qilishi shart bо‘lgan sobiq viloyat prokurori CH.Jо‘rayev “Men sizlarni qо‘llab-quvvatlayman, harakatlaringizni ma’qullayman” deb aytgach, baqiriq-chaqiriqlar, taqbir aytib kо‘cha va maydonlarni tо‘ldirib yurishlari kuchaydi. Bu yurishlar adolatni tiklashga emas, balki oxir-oqibat insonni xо‘rlash, iymonsizlarni kо‘paytirish, dinimizga hurmatsizlik, uni obrо‘sizlantirish, poraxо‘rlik va boshqa xildagi jinoyatlarning, kо‘zbо‘yamachiliklarning uchishiga sabab bо‘ldi.
Nihoyat, 1992 yil bahor oylarida mansab, hokimiyat uchun 1990 yillardan boshlab faoliyat olib borgan “Amirlar” - vahhobiylar harakatlariga nuqta qо‘yildi. “Adolat” uyushmasining rahbari X.Satimov qamoqqa olindi. Din va millatni, ota-onani tan olmaydigan shaxsiyatparastlarga zarba berildi.
“Islom lashkarlari”, “Adolat” 1990-1992 yillarda Namangan viloyatida “Otavalixon” jome masjidida Abdulla О‘tayev, Tohir Yо‘ldoshev boshchiligida 100-200 kishidan iborat 60 dan ziyod guruhlar tashkil etilgan edi. О‘sha payt “Adolat” harakati faollari drujinalar tuzib, kechki payt о‘z mahallasidan tashqariga yurgan erkak-ayollarni tо‘xtatdi. Ichkilikka qarshi kurash uchun aybdorlarni masjid oldida ustunlarga bog‘lab qо‘yishdi. 1992 yil 17 martdan boshlab, aprel oyi oxirlarida ularning faoliyati tugatildi. Qochib ketgan “Adolat”ning ba’zi faollari tojik muxolifatiga qо‘shilgan.
Demak, vahhobiylikning Respublikamizdagi asl maqsadi, mavjud demokratik davlatni, dunyoviy fuqarolik jamiyatini о‘zgartirishdan iborat bо‘lgan ekan.
Avvalo, shuni ta’kidlash lozimki, aslida arablarning turk istilyosiga qarshi kurashi ifodasi sifatida yuzaga kelgan bu oqim tarafdorlari dunyoviy ilm-fandan yuz о‘girib, umuminsoniy ma’naviy – madaniy taraqqiyotga qarshi chiqadilar. Masalan, vahhobiylar, musiqa, qо‘shiq, teatr, kino, tasviriy san’at va madaniyatning boshqa muhim sohalarini butunlay rad etadilar.
Hozirgi paytda Saudiya Arabistonida ham vahhobiylarning ta’limoti sekin-sekin modernizatsiya qilinmoqda. Mamlakatda texnika fan yutuqlaridan foyda-lanish keng yо‘lga qо‘yilgan. Fuqarolar mafkurasida ham о‘zgarish bо‘lmoqda. Hozirgi davrda ilm-fan, texnika, madaniyat, davlatchilik va turli xalqlar orasidagi о‘zaro siyosiy va ma’naviy munosabatlar yuqori darajaga kо‘tarilgan bir paytda Islomni payg‘ambar davrlaridagi holatga qaytarish aslo mumkin emas. Agar shunday qilinadigan bо‘lsa, ilm-fan taraqqiyoti tufayli vujudga kelgan buyuk yangiliklar (elektr, mashina, samolyot, telyefon kabilar) dan voz kechish kerak bо‘ladi. Vahhobiylik Islom mamlakatlarida ayollarni foydali mehnatdan, mamlakat siyosiy va ijtimoiy hayotida ishtirok etishdan mahrum qiladi.
Shunisi ham borki, vahhobiylar baribir Saudiya Arabistonida islomni aks holiga qaytara olmadilar. Mamlakat ilg‘or zamonaviy texnika va ilm-fan taraqqiy etgan davlat sifatida rivojlanib bormoqda, uyida kо‘plab xizmatkor saqlaydigan milliarder boylar, mulkdor, bank egalari yashamoqda. Hozirgi zamon texnikasining sо‘nggi yutuqlaridan foydalanmoqda.
Bir tasavvur qiling, agar hozir bizda xalqimizning asl о‘g‘il-qizlari yaratgan musiqa, kino, teatr, tasviriy san’at man etilsa, bu kelajak avlodni ma’naviy tushkunlik va о‘rta asr holatiga yetaklash bо‘lmaydimi?
Mana shunday sharoitda xalqimiz tabiati, urf odatlari, an’analariga zid ta’limot, vahhobiylikni О‘zbekistonda tarqatishga urinish о‘ta zararli va kelajagi yо‘q ishdir.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling