Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi
О‘zbekiston sharoitida dunyoviy davlatning din bilan о‘zaro munosabatlari tamoyillari
Download 1.7 Mb.
|
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ
3. О‘zbekiston sharoitida dunyoviy davlatning din bilan о‘zaro munosabatlari tamoyillari. Dinning jamiyatimizdagi о‘rni, eng avvalo, uning konstitusion maqomi bilan belgilanadi. О‘zbekiston Konstitusiyasiga muvofiq, barcha fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlangan. har bir insonga xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqi berilgan. Diniy qarashlarni majburan singdirish qat’iyan man etilgan. Diniy tashkilotlar va birlashmalarning davlatdan ajratilgani hamda ularning qonun oldida tengligi belgilab qо‘yilgan.
Dunyoviy davlatning dinga bо‘lgan munosabatida ikki muhim jihat bor: birinchisi, dindorlarning huquqiy maqomi; ikkinchisi, davlat tomonidan о‘tkazilayotgan tadbirlarda diniy konfessiyalar haqidagi qonunlarning hayotga tatbiq etilishi. О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida bu masalalar о‘z yechimini topgan va u dunyodagi rivojlangan mamlakatlardagi huquqiy-meyoriy talablarga tо‘la javob beradi. Har qanda y dinga e’tiqod qiluvchi va hech qanday dinga e’tiqod qilmaydigan kishilar uchun bir xildagi shartlar qо‘yilishini ta’minlovchi О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 31-moddasida shunday deyiladi: “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hohlagan dinga e’tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarning majburiy singdirishiga yо‘l qо‘yilmaydi”. Mazkur qoidada dunyoviy davlatning dinga bо‘lgan munosabatini ifodalaydigan asosiy tamoyillar о‘z ifodasini topgan. Birinchidan, Davlat vijdon erkinligini kafolatlash orqali dinga qarshi siyosat olib bormaslikni e’tirof etadi. Ikkinchidan, e’tiqod qilish yoki qilmaslik inson huquqlarining ajralmas qismi sifatida tan olinadi. Uchinchidan, yuqoridagi ikki asosiy tamoyildan kelib chiqqan holda va jamiyatda e’tiqodiy muvozanatni ta’minlash maqsadida, davlat diniy qarashlarning majburan singdirilishiga yо‘l qо‘ymaydi. Davlatning dinga munosabatidagi asosiy xususiyati – bu dinning siyosatga aralashmasligi. Har qanday din birinchi о‘rinda ma’naviy-ahloqiy jihatni о‘z ichiga oladi. Vijdon erkinligi tо‘g‘risidagi qonundan kelib chiquvchi tamoyillarga qat’iy rioya qilinayotganini quyidagilarda ham kо‘rish mumkin. Mustaqillik yillarida diniy tashkilotlarning soni о‘sdi. 1990 yilda respublikada 119 ta diniy tashkilot mavjud bо‘lgan bо‘lsa, 2004 yilning 1 avgustiga kelib ularning soni 2170 ga yetdi. Diniy о‘quv yurtlarining ishi rivojlantirildi. Mustaqillikkacha bor-yо‘g‘i 2 ta diniy о‘quv yurti ishlagan bо‘lsa, о‘tgan yillar davomida ularning soni 11 taga yetdi. Ilk marotaba diniy о‘quv yurti talabalariga stipendiya berish ta’sis etildi. Toshkent Islom institutini 1975-1990 yillar orasida 153 kishi, Mir-Arab madrasasini 1950-1990 yillar orasida 272 yishi, umuman olganda sobiq sovet davrida diniy bilim yurtlarini jami 425 kishi bitirgan bо‘lsa, mustaqillik yillarida, ya’ni 1991-2004 yillar orasida ularni 5058 kishi bitirib chiqdi. Shu jumladan, imomlarning diniy ma’lumoti darajasi sezilarli oshirilishiga erishildi. Fuqarolarga haj ibodatini ado etishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi. 1994 yildan hojilar uchun imtiyozli valyuta konvertatsiyasi tashkil etildi. Ushbu maqsadda о‘tgan yillarda 47 mln.dan ortiq AQSH dollari ajratildi. 1991 yilda hajga boruvchilar soni 1500 kishini tashkil etgan bо‘lsa, 1996 yilda bu raqam yiliga 3800 ni tashkil etdi. Mustaqillik davrida jami 45110 kishi haj ibodatini ado etdi. Davlatning dinga bо‘lgan munosabatini ifodalovchi yana bir tamoyil shundan iboratki, davlat dinni xalq ma’naviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi. Shundan kelib chiqib, uning rivoji uchun tegishli shart-sharoitlar yaratishga harakat qiladi. I.A.Karimovning 2004 yilning 29-30 may kunlari bо‘lib о‘tgan Oliy Majlisining 14-sessiyasida sо‘zlagan nutqida bu tamoyil о‘zining quyidagi ifodasini topgan: “Mamlakatimizning demokratik tamoyillar, ilm-fan yutuqlari, yuksak texnologich asosida modernizatsiya qilish bilan birga, muqaddas dinimizni, milliy о‘zligimizni asrab-avaylab yashashni maqsad qilib qо‘yganmiz”. Bu fikrlar hayotiy voqelikka aylanmoqda. Din va dunyoviy davlat orasidagi munosabat asosida dinning davlatdan ajratilishi tamoyili ham yotadi. Bu haqda Konstitusiyamizning 61-moddasida shunday deyiladi: “Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi”. Mazkur moddaga uchta muhim ahamiyatga ega qoida mustahkam qо‘yilgan. Birinchidan, diniy tashkilotlar qaysi konfessiyaga taalluqliligidan qat’iy nazar bir xil huquqiy maydonda faoliyat olib boradilar. Bugungi kunda Respublikamizda 15 ta noislomiy konfessiyaga mansub 185 ta tashkilot emin-erkin faoliyat olib borayotgani buning amaliy ifodasidir. Ikkinchidan, diniy birlashmalar faoliyatini tashkil etish, ularning ichki ishi hisobidan va davlat nazoratidan holidir. Uchinchidan, diniy tashkilotlar, davlatdan ajratilgan. Ammo bu dinning jamiyatdan ajratilganini anglatmaydi. Zero, biror dinga e’tiqod qiluvchi fuqarolar ham jamiyatning tarkibiy qismi va shu sababli din fuqarolik jamiyatida о‘z mavqeiga ega bо‘ladi. Shu bilan bir vaqtda, masalaning ikkinchi tomoniga ham katta ahamiyat berilgan. YA’ni yuqoridagi mezonlar Konstitusiyaning 57-moddasida qо‘yidagicha aniqlashtiradi: “Konstitusiyaviy tuzumni zо‘rlik bilan о‘zgarti-rishni maqsad qilib quyuvchi, Respublikaning suvereni-teti, yaxlitligi va xavfsizligi, fuqarolarning konstitusiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning sog‘ligi va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek, harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarning tuzilishi va faoliyati ta’qiqlanadi. Maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish ta’qiqlanadi”. I.A.Karimovning “О‘zbekiston XXI asr bо‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” kitobida mamlakatimiz sharoitida dunyoviy davlatning din bilan munosabatlarini aniqlashtiruvchi asosiy tamoyillar qatoriga: “-dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish; - diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmala-rining xususiy ishi deb tan olish; - diniy qadriyatlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, unga amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yо‘l qо‘ymaslik; - ma’naviy tiklanish umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yо‘llarini izlash zaruriyati; - dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yо‘l qо‘yib bо‘lmasligini e’tirof etish” kiritilgan. Dunyoviy jamiyat qurishni kо‘zlagan davlatimizning dinga munosabatini belgilovchi zikr etilgan konstitusion mezonlar va Prezidentimiz fikrlaridan quyidagi ikkita asosiy xulosa kelib chiqadi: Birinchidan, О‘zbekistonda barpo etilayotgan demokratik huquqiy va adolatli dunyoviy jamiyat qurish konsepsiyasida din madaniy-ma’naviy omillar umumiy silsilasiga kiruvchi barcha milliy qadriyatlar qatorida teng huquqli qadriyat sifatida sо‘zsiz tan olinadi. Mustaqil rivojlanish yillarida ushbu mezonning hayotga nechog‘lik izchil tatbiq etilayotganini faqat qalbi kо‘r, adolatga xusumat bilan munosabatda bо‘lgan kimsalargina inkor etishi mumkin; Ikkinchidan, sof diniy ehtiyojlarni qondirishdan tashqarida bо‘lgan har qanday g‘arazga erishish yо‘lida diniy omildan foydalanishga intilish qat’iyan man etiladi. Prezident haqli ravishda, dinning О‘zbekiston fuqarosini tarbiyalashdagi katta imkoniyatlariga ishonadi va “biz din bundan buyon ham aholini eng oliy ruhiy-axloqiy va ma’naviy qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan bahramand qilish tarafdorimiz”, deb ta’kidlaydi. “Lekin biz, deb davom etadi Islom Karimov, - hech qachon diniy da’vatlar hokimiyat uchun kurashga, siyosat, iqtisodiyot va qonunshunoslikka aralashish uchun bayroq bо‘lishiga yо‘l qо‘ymaymiz”. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tо‘g‘risida” qonun qabul qilingandan о‘tgan 7 yil vaqt ichida bu sohada mustaqil О‘zbekistonda ancha tajriba tо‘plandi. Ana shu tо‘plangan tajribalarni umumlashtirgan holda 1998 yil aprelda О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yuqoridagi qonunni yangi tahrirda qabul qildi. Ushbu qonunning asosiy mohiyatini tushunish uchun uni tо‘la о‘qib chiqish va konspeklashtirish maqsadga muvofiq bо‘ladi. Chunki talabalar uyda ota-onalari bilan maslahatlashgan holda, shuningdek, mahalla va qishloqdagi tengqurlari bilan bu masalada fikr almashadilar, mustaqil mushohada qiladilar. Shunday qilib, qonunni о‘qish-о‘rganish bilan unga itoat qilish, uni hurmat qilish kо‘nikmasi ham paydo bо‘ladi. Zotan, huquqiy ongga tayangan madaniyatning eng muhim uzviy qismlaridan biri qonunga itoatkorlik kо‘nikmasidir. Erkinlik – demokratiya degani faqat huquqlardan iborat emas, balki ular bilan barobar zimmamizga yuklangan majburiyatlar ham ekanini qon-qonimizga singdirmagunimizcha demokratik huquqiy jamiyat qurish bilan bog‘liq ezgu niyatlarimiz shirin orzuligicha qolaveradi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling