Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi


Download 1.7 Mb.
bet11/77
Sana18.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1211500
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   77
Bog'liq
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ

Yangi davr terrorizmi. Yangi tarix fandagi qator kashfiyotlar, sanoatdagi tо‘ntarilishlar bilan boshlandi. О‘q-otar qurollar, dinamit, bomba, minalarning yaratilishi, telegraf va axborot vositalarining keng qо‘llanila boshlashi yangi tipdagi terrorizmning yuzaga kelishiga kо‘maklashdi. Terroristik hatti – harakatlarinng ommaviy axborot vositalarida yoritilishi esa uning о‘ziga xos targ‘ibotini, ta’sirchanligini kuchaytirdi. Ijtimoiy ongga ta’sir qilishning о‘ziga xos samarali usullari yanada oshdi. Jamiyat hayotining, turli xalqlarning, mamlakatlarning о‘rtasidagi aloqalarning, о‘zaro bog‘liqlikning yanada kuchayishi sabab terrordan endi ikkinchi bir maqsadni amalga oshirishda bahona sifatida ham foydalanish boshlandi. Masalan, 1914 yilning 28 iyunida Avstro – Vengriya imperatorining vorisi Frans Ferdinandning terror yо‘li bilan о‘ldirilishi I- jahon urushining boshlanishiga olib keldi va sh.k.
Eng yangi davr terrorizm. Bu davrda terroristik harakat faqat siyosiy yoki harbiy maqsadlarda emas, balki iqtisod, moliya, kibernetika singari jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab ola boshladi. Bu masala keyingi paragraflarda keng yoritilishi sabab hozircha ushbu fikrga yakun yasaymiz.


4. Terrorizm va ekstremizmning asosiy xususiyatlari. Terrorizmning asosiy xususiyatlari haqida gap borganida quyidagilarni ta’kidlash о‘rinli bо‘lardi:
1. Terroristik hatti – harakatlar natijasida faqat muayyan guruh ijtimoiy, siyosiy manfaatlari qondiriladi.
2. Terroristik hatti – harakatlardan kо‘zlangan maqsadlarni amalga oshirishning subyektlarini zо‘rlash, kuch ishlatish, qо‘rqitish singari vositalar tashkil etadi.
3. Qо‘rqitish, zо‘ravonlik, kuch ishlatish odatda jamiyatda azaldan amal qilib kelgan jamiyatning ma’naviy – axloqiy qadriyatlarining yemirilishiga olib keladi.
4. Odatda terrorchilik hatti – haraktlarining maqsadi bо‘lib qо‘shaloq obyektlar xizmat qiladi: bevosita va bilvosita, yoki bahona sifatida nishonga olingan bekt va maqsad sifatida nishonga olingan obyekt. Odatda terrorchilar о‘zlarining tugal maqsadlarini amalga oshirishda vosita tariqasida garovga moddiy obyektlarni, maktab, bog‘cha, aviakemalarni, odamlarni olib о‘z shartlarini bayon eta boshlashadi. Aslida bu obyektlarni terrorchilarning asl maqsadlariga dahli yо‘q bо‘lib chiqadi. Ular orzu qilgan haqiqiy obyekt esa mavjud ijtimoiy – siyosiy tizim, hokimiyat, mamlakatning hududiy yaxlitligi bо‘lib chiqadi va shu kabilar.
5. Jamiyatda sodir etilayotgan terroristik hatti – harakatlar davlatchilik asoslarining yemirilishiga, aholining islohotchiga davlatga ishonchini yо‘qqa chiqishiga olib keladi.
6. Davlatchilik institutlari, jamoat va siyosiy tashkilotlar faoliyatiga putur yetib о‘z navbatida jamiyatda konstitusiyaviy tizimga zid bо‘lgan tuzilmalarning tashkil etilishiga olib keladi.
7. Unutmaslik kerakki, muayyan hududda mustahkamlanib olgan terrorchilar shu bilan qanoat hosil qilishmasdan xalqaro maydonga chiqib butun insoniyatga havf sola boshlashadi.
Uzoq tarixdan tortib bugungi voqelikkacha bо‘lgan davrni tahlil qilganimizda shuning guvohi bо‘lamizki, terroristik hatti – harakatlar quyidagi kо‘rinishlarda amalga oshirib kelingan:
1. Davlat va nodavlat tashkilotlarida portlashlarni amalga oshirish yо‘li bilan;
2. Individual terror yoki mansabdor shaxslarni, jamoat arboblarini yо‘q qilish orqali;
3. Garovga olish yо‘li bilan;
4. Kema, samolyot singari qator tarnsport vositalarini odamlari bilan garovga olish orqali;
5. Bank muassaslarini, elchixonalarni garovga olish yо‘li bilan;
6. Biologik terror;
7. Zaharlovchi, radioaktiv izotoplarni garovga olish yо‘li bilan.




Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling