Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi


Ekstremizm tushunchasi va mohiyati. Ekstremи́zm


Download 1.7 Mb.
bet7/77
Sana18.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1211500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   77
Bog'liq
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ

2. Ekstremizm tushunchasi va mohiyati. Ekstremи́zm (ot lat. extremus — sо‘ngi, keskin) — о‘z hatti – harakatlarini amalga oshirishda keskin, sо‘ngi usullarni qо‘llash tarafdorini aks ettiruvchi tushuncha. Ekstremist tushunchasi ostida muayyan shaxs, guruh, tashkilot, harakat ham tushunilishi mumkin5. Radikal ekstremistlar har doim muzokaralarni, kelishuvlarni, shartnomalarni tan olishdan bosh tortib kelishadi. Umuman olganda “ekstremizm” deganda odatda mavjud va umumqabul qilingan qarashlar, ta’limotlar va qadriyatlar tizimini mutlaqo inkor qiluvchi, jamiyatda qadriyatlar kompleksini tazyiq va zо‘ravonlik bilan о‘zgartirish tarafdorlarining faoliyati tushuniladi. Ijtimoiy-gumanitar yо‘nalishdagi tadqiqotlardan kelib chiqqan holda ekstremizmni ijtimoiy-siyosiy muammolarni hal etishda о‘ta keskin chora-tadbirlarni, fikr-qarashlarni yoqlovchi nazariya va amaliyot deb izohlash mumkin. Diniy sohadagi ekstremizm ham ana shunday g‘oya va tamoyillarga asoslanadi. Ekstremizmning mazkur yо‘nalishi XX asr oxirida ancha keng miqyosda namoyon bо‘ldi. Bunga Afg‘oniston, Tojikiston, Checheniston, Kosovodagi mudhish voqealar misol bо‘la oladi. Diniy sohadagi ekstremizm mazkur yо‘nalishdagi о‘ta mutaassib guruhlarning ashaddiy reaksion faoliyati bо‘lib, hatto dinga ham zarar keltiradi. Uning asosiy maqsadi — dinni niqob qilib, hokimiyatni qо‘lga olish, diniy talablarning ilk darajasiga xos “sofligi”ni qayta tiklash, diniy talablarga mos siyosiy tuzumni barpo etishdan iborat. Shu maqsadda jamiyatning turli jabhalarida diniy targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borib, qurol kuchi va zо‘ravonlik bilan davlatni egallashga harakat qiladi. Oxirgi hisob-kitoblarga qaraganda Internet tarmog‘ida 10 000 atrofida ekstremistik saytlar va ularga qarshi kurashuvchi muxolif 100 ta Internet-sahifalar mavjud. Ekstremistik saytlarda davlat tо‘ntarishi va urushlar haqida axborotlar tarqatishga alohida e’tibor qaratiladi.
Turli davrlarda qator mamlakatlarda “ekstremizm” atamasiga berilgan aniq ilmiy yoki yuridik ta’rifni uchratish qiyin. “Terrorizm” atamasi singari “ekstremizm” atamasiga ham yagona talqinni kо‘rmaymiz. Ingliz tadqiqotchisi Piter T. Koulman va Andrea Bartoli «Addressing Extremism» nomli kitobida ekstremizmga shunday ta’rif keltirishadi: “Ekstremizm — о‘z – о‘zidan kо‘rinib turibdiki murakkab hodisa, kо‘pchilik holatlarda uning murakkabligini kо‘rish tushunish qiyin kechadi. Unga ba’zan faoliyat sifatida, ba’zan hissiyot sifatida, ba’zan strategiya sifatida, ba’zan munosabat sifatida qarash kо‘p uchraydi.
Xalqlar huquqini himoya qilish bо‘yicha Xalqaro harakat koordinatori V.D.Trofimov-Trofimovning talqiniga kо‘ra ekstremizm faqat siyosiy jarayonlargagina emas balki ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini keng qamrab oluvchi tushuncha sifatida qaraydi: “Ekstremizm – kо‘zlangan natajalarga erishish yо‘lida ijtimoiy fe’l-atvor ekstreumlaridan, keskin chora-tadbirlardan keng foydalanishni ilgari suruvchi mafkuradir”.
2003 yilda qabul qilingan Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi Reziolyusiyasida esa shunday ta’rif keltiriladi: «ultranatsionalizm, antisemitizm, ksenofobiya amaliyoti va mafkurasiga asoslangan, parlamentar demokratiyani rad etadigan siyosiy faoliyat shaklidir»6. 2001 yil 15 iyunda imzolangan “Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash tо‘g‘risida Shanxay konvensiyasi” da quyidagicha ta’rif berilgan: “Ekstremizm – deganda tomonlarning milliy qonunchiligida jinoyat deb e’tirof etilgan davlatning konstitusiyaviy tizimini kuch bilan о‘zgartirishga urinish, kuch bilan bosib olish, ijtimoiy barqarorlikni izdan chiqarishga xamla qilish, noqonunuiy qurolli guruhlar tuzishga intilish nazarda tutiladi”. Ekstremistik faoliyatga qarshi kurash tо‘g‘risidagi Rossiya qonunchiligida quyidagilar belgilangan: Rossiyaning hududiy yaxlitligini, uning konstitusiyaviy tizimini izdan chiqarishga urinish; terrorizmni, har qanday terroristik hatti – harakatni oshkora yoqlash; milliy, irqiy yoki diniy negizdagi nizolarni keltirib chiqarishga urinish va shu kabilar nazarda tutilgan. Xuddi shunday talqinni Belarus va AQSH qonunchiligida ham uchratish mumkin. Endi О‘zbekiston qonunchiligiga tо‘xtalsak. Kо‘pgina tadqiqotlarda ekstremizm terroristik hatti – harakatni amalga oshirish vositasi hisoblanadi. О‘zbekiston respublikasining “terrorizmga qarshi kurash tо‘g‘risda” qonunida ekstremizm alohida ijtimoiy illat sifatida kо‘rsatilmagan. О‘zbekiston Respublikasining jinoyat kodeksida yuridik atama sifatida keltirilmasada 244 moddasining uchta bandida jinoiy qilmish sifatida jazo belgilangan.
Ekstremistik hatti – harakat bilan shug‘ullanib kelgan, hozirgi paytda jazo muddatini о‘tayoganlarni ijtimoiy – demografik jihatlarini tahlil qilganda odam shunday ayanchli hodisani guvohi bо‘lishi mumukin. Rossiyada 2013 yilda 227 ta odam, 2014 yilda 307 ta odam, 2015 yilda 414 ta odam ushbu jinoyat turi bilan aybdor deb topilib javobgarlikka tortilgan.
E’tibordan qoldirish mumkin bо‘lmagan jihatlar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling