Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi


Download 1.7 Mb.
bet10/77
Sana18.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1211500
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   77
Bog'liq
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ

О‘rta asrlarda terrorizm. Sahih halifalardan bо‘lmish Halifa Umarning (Abu Xafs Umar ibn al-Xattob) о‘ldirilishi endigina vujudga kelib keng yoyilayotgan islom dinining dushmanlari tomonidan amalga oshirilgan о‘ziga xos terakt edi. Milodiy 644 yilning noyabr oyi boshlarida xalifa Umar bomdod namozini о‘qish uchun masjidga keladi. Masjidda ibodat paytida asli eronlik bо‘lgan fors quli Abu Lul xalifa Umarga olti marta pichoq bilan zarba beradi. Bu paytda Sosoniylar davlati (Eron) Umar qо‘shini tomnidan tor – mor etilgan bо‘lib uning hududi xalifalikka qо‘shib olingan edi. Ba’zi manbalarda keltirilishicha Abu Lul xalifa Umarning Forsda olib borayotgan siyosatidan keskin norozi guruhlar tomonidan yollangan edi. Umarga unga jarohat yetkazgan odam otashparast Abu Lul ekanini aytishganida Umar shunday deydi: “Ollohga shukur, mening о‘limim islomni qabul qilgan inson tomonidan amalga oshirilmadi”. Og‘ir jarohatlangan Umarni uyiga keltirishadi. Oradan uch kun о‘tgach 644 yilning 7 noyabrida Umar vafot etadi.
656 yilda halifalik taxtiga Ali ibn Abu Tolib chiqadi. Xorijiylar musulmon jamoasidagi bо‘linishda aybdor deb Ali, Muoviya va Amir ibn al-Asni bilishgan va ulardan о‘ch olishga qaror qilishadi. Suiqasdchilar yetakchilaridan biri Abduraxmon ibn Muljam edi. Muljam maslakdosh qabila vakili bо‘lgan Qatam binti Shijnani qо‘lini sо‘raganida u ayol nikoh sovg‘asi sifatida uch ming dirham, qul va Alining boshini sо‘raydi.
Suiqasdchilar 661 yilning 22 yanvar kechasida Qufadagi jome masjidida bomdod namozini о‘qish bahonasida tunab qolishadi. Tongda azon aytilgach Ali masjiddga kiradi. Uni Muljam zaharlangan xanjar bilan og‘ir jarohatlaydi. Ikki kun о‘tgach Ali vafot etadi. Sahih halifalardan Abu Bakrni hisobga olmaganda qolgan uchtasi suiqasd qurboni bо‘lishgan.
О‘rta asrlardagi eng mashhur terrorchi tashkilot sifatida ismoiliylar firqasini kо‘rsatish mumkin. Bu sekta VIII asr о‘rtalarida vujudga kelgan bо‘lib Yaqin Sharq, Eron, Xuroson hududlarida faoliyat olib borgan. Shialarning oltinchi imomi Ja’far as-Sodiqning о‘g‘li Ismoilni yettinchi imom deb bilib, о‘zlari ustidan boshqalar hukm yuritishini tan olishdan bosh tortishgan. Keyinchalik ismoiliylardan yana bir guruh xashshoshiylar ajralib chiqishdi. Bu juda qudratli va о‘ta yashirin tashkilot zarur bо‘lgan jismoniy shaxslarni yо‘q qilishda misli kо‘rilmagan usullarini keng qо‘llangan. Hashshoshiylar tashkilotining a’zolari о‘zlari uchun muqaddas hisoblangan g‘oya yо‘lida azob tortishni, qurbon bо‘lishni sharaf deb hisoblashgan. Sikariylar, ismoliylar, hashshoshiylar shuningdek yuqorida sanab о‘tilgan boshqa bir terroristik kо‘rinishdagi hatti – harakatlar sodda bо‘lib kо‘rinishi odatiy holat hisobalanidi. Negaki qayd etib о‘tilganidek ijtimoiy – siyoiy jarayonlar doimiy ravishda murakkablik tomon yuksalishda bо‘ladi.
Yevropada katolik cherkovining dushmanlarini qidirib topish, ta’qib qilish va ularni jazolash maqsadida maqsadida 1215 yilda Rim papasi Innokentiy III tomonidan inkvizatsiya sudlari tashkil etiladi. Inkvizи́siya (lat. Inquisitio Haereticae Pravitatis Sanctum Officium, «Svyatoy otdel rassledovaniy yereticheskoy grexovnosti») — Rim – katolik cherkovining maxsus instituti bо‘lib dahriylarni (yeretiklarni) qidirib topish, jazolash, yо‘q qilish bilan shug‘ullangan. Qanchadan – qancha qishloqlar, shaharlar inkvizatsiyachilar tomonidan yо‘q qilib yuborildi. Qanchadan – qancha mashhur shaxslar bu sudning qurboni bо‘lishdi.
Tarixdan ma’lumki 1096-1270 salib yurishlari bо‘lib о‘tadi. Bu urush Rim papasi tomonidan tashkillashtirilgan bosqinchilik urushi edi. Bu yurishda ishtirok etgan ritsarlarning kо‘pchiligini mayoratchilar tashkil etgan. Bosib olingan hududlarni qо‘lda saqlab turish maqsadida diniy ritsarlik ordenlari tashkil etiladi. Diniy-ritsarlik ordeni a’zolarining asosiy vazifasi urush edi. Ular nikohga kirmaslikka, kambag‘allikda yashashga, cherkovga sо‘zsiz bо‘ysunishga va umrining oxirigacha qо‘lida quroli bilan xristian dini dushmanlariga qarshi kurashishga qasamyod qilishgan. Dastlabki diniy-ritsarlik ordeni gospitalerlar ordeni bо‘lgan (avliyo Ioann Iyerusalimskiy nomli gospital). Ikkinchi ritsarlik ordeni dastlab Quddusga kelayotgan ziyoratchilarni himoya qilish uchun tuzilgan tampliyerlar (xramovniklar, "xram" ibodatxona sо‘zidan) deb nomlangan. U Quddusdagi ritsarlar joylashgan tepalik nomi bilan atalgan. Salib yurishlari paytida bu tepalikda xalifa Umar buyrug‘i bilan dastlab qurilgan musulmonlar masjidi joylashgan edi. Orden XIV asr boshlarida taqiqlangan. Uchinchi yirik diniy-ritsarlik ordeni Muqaddas Bibi Maryamga bag‘ishlangan. Undagi kо‘pchilik ritsarlar Germaniyadan bо‘lgani uchun, uni Nemis (lotincha Tevton) ordeni deyishgan. Katolik cherkovi dushmanlariga, boshqa diniy jamoa vakillariga qarshi kurashda bu diniy orden ritsarlari insonlar hayotiga suiqasd, qilish ayniqsa tinch aholini qirg‘in qilishda faol ishtirok etishgan.
XVI asrda Yevropada ijtimoiy hayotning qator sohalarida reformatsiya harakati boshlanadi. Shu paytgacha amal qilib kelgan mvajud, hukmron ijtimoiy – siyosiy tizimning boshqaruv vakillariga bu voqelikka shunchaki qarab turishmadi. Jumladan Rim katolik cherkovi ham. Reformatsiyaga qarshi tadbirlardan biri 1540 yili papa tomonidan «Iso jamiyati» - ya’ni iyezuitlar ordenining tuzilishi bо‘ldi. Ordenni papa va katolik cherkovining sodiq muxlisi, ispan dvoryani Ignatiy Loyola tashkilotchisi edi. Orden qoidasi: «Agar cherkov bizga oq bо‘lib kо‘ringan narsani qora desa biz ham uni qora deymiz». Iyezuitlarning vazifasi «yо‘ldan adashgan ommani dinga qaytarish» -degan edi papa Pavel III. Orden vakillari reformatsiyaga qarshi kurashda cherkovni qо‘llab – quvvatlash uchun butun Yevropa bо‘ylab tarqalishdi. Ular cherkovni isloh qilish, uni zamonaviy shakllantirilayotgan bozor iqtisodiyoti munosabatlariga moslashtirishga harakat qilayotgan har qanday insonni, jamoani har qanday yо‘l bilan bо‘lmasin yо‘q qilishga harakat qilishgan. Iiyezuitchilar nafaqat Yevropaga balki buyuk geografik kashfiyotlardan keyin koloniyaga aylantirilgan mintaqalarga – Lotin Amerikasi, Afrika, qator Osiyo davlatlariga ham jо‘natildi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling