Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi
Download 1.7 Mb.
|
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: DINIY AQIDAPARASTLIKNING KELIB CHIQISHI VA DUNYOVIY DAVLATNING DINGA MUNOSABATI REJA
- О‘zbekiston sharoitida dunyoviy davlatning din bilan о‘zaro munosabatlari tamoyillari 1. Rivojlangan davlatlarda din bilan davlat о‘rtasidagi munosabatlar.
MAVZU: DINIY AQIDAPARASTLIKNING KELIB CHIQISHI VA DUNYOVIY DAVLATNING DINGA MUNOSABATI REJA Rivojlangan davlatlarda din bilan davlat о‘rtasidagi munosabatlar. Islomni yoyish uchun olib borilayotgan kurashning ba’zi xalqlar boshiga keltirgan tashvishlari. О‘zbekiston sharoitida dunyoviy davlatning din bilan о‘zaro munosabatlari tamoyillari 1. Rivojlangan davlatlarda din bilan davlat о‘rtasidagi munosabatlar. Barcha dunyoviy davlatlar kabi О‘zbekistonda ham din davlatdan ajratilgan. О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 31-moddasida “hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yо‘l qо‘yilmaydi”, deyiladi. Dunyoviy davlatlar erishayotgan yutuqlar dunyoning siyosatini belgilayotgan bir paytda, davlat bilan din о‘rtasidagi yoki uning bir oqimi о‘rtasidagi kelishmovchilik kimga xizmat qilishini hamma tushunishi kerak. hozirgi davrda dunyo xaritasiga nazar tashlasak, rivojlangan, iqtisodi baquvvat, harbiy jihatdan qudratli, ilmiy-texnika taraqqiyotida oldinda turgan davlatlar asosan dunyoviy davlatlardir. Lekin bu davlatlardagi odamlar dinga, Xudoga ishonmaydi, degan sо‘z emas, aksincha, ularda ham diniy erkinlar yо‘lga qо‘yilgan, hatto davlat siyosatida asosiy rol о‘ynaydigan kо‘pgina mо‘tabar arboblar ham dinga amal qilib, ibodatni kanda qilmaydilar. Ularda din о‘z yо‘lida barqaror rivojlanmoqda. Din bilan davlat о‘rtasida mustahkam ittifoq tuzilgan bо‘lib, din davlat taraqqiyotiga, osoyishtalikka, fuqarolarni Vatanga fidoyilik, Ollohga ishonch, imonli – e’tiqodli, rostgо‘y, pokiza, о‘z mehnati evaziga kun kо‘radigan, haromdan hazar qiladigan, kishining haqidan qо‘rqadigan, adolatli, о‘z huquqini taniydigan, boshqalarni hurmat qiladigan, mamlakatda mavjud qonunlar asosida ish yuritadigan ruhda tarbiyalashga kо‘maklashadi. “Xalq sо‘zi” gazetasining 1998 yil 3 mart sonida bosilib chiqqan Z.Munavvarovning “Dunyoviy davlat va din” maqolasi chiqdi. Maqola muallifi dunyoviy davlat haqida yaxshi ma’lumotni keltirib, shunday fikrni о‘rtaga tashlaydi, “О‘zbekiston dunyoviy davlat qurish yо‘lidan bormoqda. Xо‘sh, dunyoviy davlatning dinga bо‘lgan munosabati nima bilan belgilanadi? Unda diniy e’tiqodga qanday о‘rinlar ajratilgan? qolaversa, din va umume’tirof etilgan tamoyillarga asoslangan demokratiya tushunchasi о‘rtasidagi aloqalar qanday bо‘lishi kerak? Ushbu murakkab savollarga javob izlar ekanmiz, xalqaro hamjamiyatning mutloq kо‘pchiligini tashkil qilgan dunyoviy davlatlar tajribasi, ular taraqqiyotining tamal toshi bо‘lib xizmat qilayotgan g‘oya aslo xudosizlikka asoslanmagani, yaqin о‘tmishimizdagiga о‘xshash dahriy jamiyatni e’tirof etmaganiga amin bо‘lamiz. Dunyoviy taraqqiyot yо‘lidan borayotgan mamlakatdagi dinga bо‘lgan munosabat demokratiya mezonlariga asoslanganligini chuqur idrok etamiz. Ular din hayotidagi ijtimoiy-madaniy va ma’naviy-ruhiy muhit rang-barangligini ta’minlovchi xilma-xil tarixiy qadriyatlar silsilasidagi teng huquqli bо‘g‘in sifatida qabul qilinganligiga ishonch hosil qilamiz. Yana bir bor ta’kidlaymiz: demokratik dunyoviy taraqqiyot yо‘lidan borayotgan mamlakatlarda din rang-barang ma’naviy-madaniy va tarixiy qadriyatlar tizimidagi teng huquqli bо‘g‘in, u boshqa bо‘g‘inlardan zaifroq ham yoki kuchliroq ham emas. Bizning jamiyatimiz taraqqiyoti negizi qilib belgilangan hurfikrlik tamoyili ham xuddi ana shu tajribalar idrokiga asoslangan”. Maqolada dunyoviy davlatlarning dinga munosabati masalalarida qimmatli fikrlar bildiriladi. О‘zbekiston Respublikasida bu masalaning qanday hal qilinayotganiga ham alohida tо‘xtaladi. Muallifning fikriga qaraganda, dunyoning kо‘pchilik davlatlari, xususan, rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni kо‘rsatadiki, din dunyoviy davlat tuzumi bilan nafaqat murosa qilishi, balki umummilliy yuksalish yо‘lida u bilan samarali hamkorlik qilishi mumkin. Demokratik davlatlarda aholining kо‘pchiligini tashkil etadigan xalqning diniy e’tiqodiga kо‘rsatilgan izzat-hurmat bilan bir qatorda, tub etnoslar uchun noan’anaviy bо‘lgan, lekin fuqarolarning muayyan qismi e’tiqod qiladigan dinlarga yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslikka bir xil munosabatning qaror topganligi - Qur’oni Karimdagi ibratli hikmatlardan “Dinda majburlash yо‘q” degan sо‘zlarning chuqur insonparvarlik falsafasini yanada yorqinroq ochib beradi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling