Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi
Download 1.7 Mb.
|
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: VAHHOBIYLIKNING YUZAGA KELISHI VA UNING ASOSIY G‘OYALARI
Tayanch sо‘z va iboralar
Aqidaparastlik, terrorizm, ekstremizm, fanatizm, fundamentalizm, din, e’tiqod erkinligi, vijdon erkinligi, diniy guruh, diniy jamoa, vahhobiylik va sh.k. Takrorlash uchun savollar. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tо‘g‘risida»gi Qonun qachon qabul qilingan? Dunyoviy davlatning din bilan munosabatlarini aniqlashtiruvchi asosiy tamoyillarni sanang. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tо‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahriri qachon qabul qilingan? О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 57-moddasi mazmuni nimalardan iborat? MAVZU: VAHHOBIYLIKNING YUZAGA KELISHI VA UNING ASOSIY G‘OYALARIREJA1. Vahhobiylikning О‘zbekistonda tarqatilishida ichki va tashqi omillar.2. 80-yillar oxiri va 90 –yillar boshlarida О‘zbekistonda tashkil etilgan vahhobiylik tashkilotlari va ularning qilmishlari 3.Vahhobiylikning Respublikamizdagi faoliyatining asl maqsadi va vazifalari. 1. Vahhobiylikning О‘zbekistonda tarqatilishida ichki va tashqi omillar. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning “О‘zbekiston XXI asr bо‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asari hamda Oliy Majlisning XI sessiyasida sо‘zlagan nutqi va boshqa asarlarida vahhobiylikning О‘zbekistonda tarqalishining ichki va tashqi omillari aniq ravshan ifoda qilingan. Ayni paytda, dasturda keltirilgan boshqa maqolalarda ham bu masala atroflicha yoritilgan. Biz “Vahhobiylik О‘zbekistonda nima uchun tarqaldi?” degan savolga javob izlab uni talabalarga tushuntirib berishimiz lozim. Yuqorida kо‘rsatilgan manbalarning guvohlik berishicha, 80-yillar oxiriga kelib sotsializm qо‘rg‘onining buzilishi, sobiq SHо‘rolar saltanatining inqirozga yuz tutib borishi munosabati bilan boshqa harakatlar kabi diniy harakatlar ham kuchaydi. Chunki, markscha – lenincha mafkura 70 yil davomida dinga dushmanlik munosabatida bо‘lib keldi va kо‘plab diniy arboblar yо‘q qilib yuborildi. Dinga juda katta zarba berildi. Kо‘p odamlar dinga e’tiqod qilmay qо‘ydilar. Chunki diniy e’tiqod jamiyatdagi xukmron kuchlar tomonidan qoralanib, unga qarshi ommaviy targ‘ibot ishlari kuchaytirildi va fuqarolar yangi ruhda – SHо‘rolar ruhida, tо‘g‘rirog‘i, markscha – lenincha g‘oyalar ruhida tarbiyalana boshladilar. Odamlarning dindan tobora uzoqlashishi ma’naviy qashshoqlikni keltirib chiqaradi, bu narsa oxir-oqibatda saltanatning qulashiga olib keladi. Ma’naviy qashshoqlik har kanday g‘ayriqonuniy harakatlarning kuchayishidagi bosh mezon hisoblanadi. Natijada, butun dunyoda diniy omilning faollashuvi sobiq shо‘rolardan keyingi makonda ham о‘z aksini topdi. Rossiya, Yevropaning sobiq sotsialistik mamlakatlari va shо‘rolar tarkibidan ajralib chiqqan yangi mustaqil davlatlarda dinning uyg‘onishi ayniqsa kuchaydi. Bu davrda, ya’ni bir tuzumdan ikkinchi tuzumga о‘tish vaqtida jamiyat taraqqiyotida, bir jihatdan, diniy e’tiqodning ijtimoiy – madaniy hayotdagi tabiiy mafkuraviy ziddiyatlar tug‘ilishiga imkon yaratish xususiyatlari kо‘rindi. Ayniqsa, sobiq shо‘rolar saltanatining tarqalishidagi siyosiy vaziyat turli mintaqalardagi qon tо‘kilishining ta’siri natijasida, О‘zbekistonda ham ayrim notinchliklar bо‘lib о‘tdi. Andijon, Namangan, Qо‘qon, Farg‘ona, qо‘shni О‘sh viloyatidagi о‘z davrida bо‘lib о‘tgan voqealar shular jumlasidandir. Markaziy Osiyodagi mustaqil davlatlarning qaror topishi va mustahkamlanishi davrida “Islom omili”, “Islom uyg‘onishi”, “Qayta islomlashish”, “Islom fenomeni” kabi iboralar tobora kо‘proq ishlatilib, bu hollarning beqiyos faollashuvini о‘zida aks ettirdi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Musulmon dunyosida va hatto undan tashqarida ham sо‘nggi о‘n yilliklar mobaynida rо‘y bergan voqealar jahon hamjamiyatida “Islom ovozasi” deb atalgan hodisa haqida gapirish imkonini berdi. Kо‘plab siyosatchilar, olimlar, jurnalistlar XX asr oxirida rо‘y bergan, “Islom uyg‘onishi”, “Qayta islomlashish”, “Islom fenomeni” va boshqa turli-tuman nomlar bilan atalgan hodisalarning sabablarini tushuntirib berishga harakat qildilar”. Ularning fikriga qaraganda, birinchidan, SHо‘ro davrida hukmron bо‘lgan sobiq mafkuraviy tasavvurlar va qadriyatlar tizimining yemirilishi va bu yemirilish yoki halokat davrida hosil bо‘lgan ma’naviy bо‘shliqni tо‘ldirish zaruratidan kelib chiqdi. Ikkinchidan, 70 yil davomida hukmronlik qilib kelgan kommunistik mafkuraning ma’naviy qashshoqligi, о‘ziga xos mutaassibligi yoki real turmushdan ajralib qolganligi, hukmron millat manfaatiga moslashib qolganligi, shu sababli, boshqa millatlar manfaatlariga qarshi qaratilganligi, natijada, odamlarning tili boshqa, dili boshqa shaxslarga aylanganligi shо‘ro saltanatidan keyingi makonda diniy fundamentalizm va traditsionalizm uchun qulay sharoit yaratdi. Uchinchidan, sobiq sotsialistik mamlakatlar, jumladan, sobiq ittifoqdagi hukmron partiyalarning jilovbardorlari diniy tashkilotlarni, jamoalarni xalqlarning aql-idroklarini egallash uchun kurashda о‘zlarining asosiy raqiblari hisoblab kelganligi, dinning pinhoniyatga chekinishga va hatto ularning muayyan ma’nodagi muxolif kuchga aylanib qolishiga olib keldi. Tо‘rtinchidan, milliy о‘zlikni anglash tuyg‘usi etnik jihatidan nasl-nasabini izlashga intilishning beqiyos kuchayishi, yо‘qotilgan milliy va ma’naviy qadriyatlarni tiklashga harakat va bu sohada dindan foydalanishga intilish kuchaydi. О‘zbekiston milliy mustaqillikka erishgandan keyingi dastlabki yillarida hali hokimiyatning tо‘la qudratga ega emasligi, iqtisodiy va ijtimoiy qiyinchiliklar, demokratiyani kо‘p kishilarning tо‘la anglab yetmaganligi, turli xil firqalarning va guruhlarning, jumladan, diniy ekstremistik guruhlarning ham paydo bо‘lishiga sabab bо‘ldi. Buning ustiga shо‘ro hokimiyati yillarida Islom dinini chuqur bilgan, islom falsafasini, sunniylikni asosiy nazariy va amaliy bilimlarning tо‘la о‘zlashtirgan olim va ruhoniylarni yо‘qotib yuborish natijasida mamlakatdagi diniy ishlar bir guruh “chalamullalar” qо‘liga tushib qoldi. Ular diniy fundamentalizm bilan nazariy va amaliy kurash olib borishga, sunniylikni yetarli himoya qilishga ojiz edilar. Ba’zi bir buni yaxshi biladiganlar ham horijiy diniy tashkilotlar bilan til biriktirib ularga sotildi yoki hokimiyatni egallashni kо‘zlab, ataylab, diniy fundamentalizm va ekstremizmning rivojlanishiga sharoit yaratib berdilar. Yosh mamlakatlarning huquqini muhofaza qilish organlari vakillari diniy jihatdan yetarli savodi bо‘lmaganlari uchun dinga bog‘liq bо‘lgan har qanday kо‘rinishlarni diniy qadriyatlar sifatida qabul qildilar. Ular diniy ekstremistlar tartibsizlik keltirib chiqarmagunlaricha, voqealarning oldini olishda sust faoliyat kо‘rsatdilar. Buning ustiga, bizga chegaradosh bо‘lgan mamlakatlarda islom fundamentalizmi va ekstremizmning kuchayishi, turli kadrlarni tayyorlab Respublikamizga о‘tkazish, Markaziy Osiyoda islom davlatini tuzish vasvasasi ham vahhobiylikning Respublikamizga kirib kelishiga sabab bо‘ldi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling