Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi


Download 1.7 Mb.
bet18/77
Sana18.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1211500
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   77
Bog'liq
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ

Tayanch sо‘z va iboralar
Aqidaparastlik, terrorizm, ekstremizm, fanatizm, fundamentalizm, din, e’tiqod erkinligi, vijdon erkinligi, diniy guruh, diniy jamoa, vahhobiylik va sh.k.


Takrorlash uchun savollar.

  1. 80-yillar oxiri va 90-yillar boshlarida О‘zbekistonda tashkil etilgan vahhobiylik tashkilotlari.

  2. Professor hoji Ismatulloh Abdullohning 1989-992 yillarda Namangan viloyatidagi voqealarga munosabati.

  3. Vahhobiylikning respublikamizdagi faoliyatining asl mazmuni.

  4. Namangandagi qaysi masjid vahhobiylar qarorgohi bо‘lgan?

MAVZU: XX ASRNING IKKINCHI YARMIDA XALQARO MAYDONDA TERRORCHI TASHKILOTLAR FAOLIYATINING KUCHAYISHI.
REJA.
1. Yevropadagi terrorchilik faoliyati
2. AQSH va Lotin Amerikasi davlatlarida terrorchi tashkilotlar
3. Osiyo va Afrika mamlakatlarida terrorchilik tashkilotlari faoliyati.


1. Yevropadagi terrorchilik faoliyati: “Irlandiya Respublika armiyasi”. Milliy ozodlik harakatlari haqida ketganida biz faqatgina Yevropaga tо‘xtaladigan bо‘lsak uzoq davom etgan va qonli tо‘qnashuvlarni Ingliz mustamlakalari bо‘lgan Irlandiya va Shotlandiyani kо‘rishimiz mukin. 1649-yilda Angliyada respublika e’lon qilingach (1649-1660) parlament qirollik hokimiyatini “keraksiz, xalq farovonligi uchun zararli va xavfli” bо‘lganligi uchun bekor qildi. Ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi Kengash tuzildi. Oliver Kromvel bu Kengash rahbari etib tayinlandi. Kromvel Angliya hududini kengaytirish siyosatini yuritdi. Chunonchi, 1649-yilda Irlandiyani, bir oz fursatdan sо‘ng Shotlandiyani bosib oldi. Ularning mustaqilligi tugatildi. 1653-yilda hukmron tabaqaning xohish-istagi bilan Kromvel parlamentni tarqatib yubordi va butun hokimiyat Kromvel qо‘liga о‘tdi. U “Ozod davlat Angliya , Shotlandiya va Irlandiyaning Lord-protektori” deb e’lon qilindi.
Irlandiya aholisi uzoq yillar muhtojlikda yashadilar. Kо‘pchilik irlandiyaliklar tirikchilik kо‘yida Amerikaga kо‘chib ketdilar. Ochlik, о‘lim va kо‘chib ketish natijasida aholi 1851-yildagi 6,5 mln. xisobidan 1900- yilga kelib 4,5 mln. kishiga kamayib ketdi. 60-yillarning oxirida Irlandiya masalasi yana siyosiy inqirozga aylandi. 1875 - yilda ingliz Parlamenti deputati, Olsterlik protestant, yer egasi Parnell Irlandiyaga muxtoriyat huquqi berilishi haqida qonun qabul qilishni (gomrul) talab qildi. U о‘z atrofiga Irland muxolifat guruhini о‘z atrofiga birlashtirdi. Parnell muxolifati 70-yillar oxirida nufuzli kuchga aylandi. Bu vaqtda irland dehqonlarining «Yer-suv ligasi» (1879-yil) nomli ommaviy tashkiloti shu muxolifat tayanchi bо‘ldi. Ijarachilarning yerdan haydalishiga javoban «Yer-suv ligasi» Irlandiyadagi ingliz pomeshchiklariga qarshi ommaviy terror boshlab yubordi. Ingliz tovarlariga boykot kuchaydi. B. Dizraeli hukumati (1874–1880) biron chora kо‘rmadi. Gladston (1880–1885) hukumati esa irlandlarga gomrul о‘rniga «Yer-suv akti»ni (1881-yil) taklif qildi. Unda 15 yil muhlatga renta miqdorini adolat bilan belgilaydigan va ijarachiga о‘z yer uchastkasini boshqa bir shaxsga о‘tkazish huquqini beradigan komissiya tuzilishi kо‘zda tutilgan edi.
Irland «Yer ligasi» bu tartibga qarshi chiqdi va boykotni kuchaytirib, pomeshchiklarni qо‘rqitish kampaniyasini boshlab yubordi. Parnell parlament va’da qilgan gomrulni talab qildi. Biroq hukumat ta’qibni kuchaytirdi. Parnellni qamoqqa oldi. «Yer ligasi» taqiqlab qо‘yildi. Angliya hukumatining bu xatti-harakatlari yonib turgan olovga yog‘ quyish bо‘ldi, xolos. Irlandiyada tinchlik о‘rniga ochiqdan-ochiq fuqarolar urushi xavfi kuchaydi. Shundan keyin Angliya hukumati Parnell va uning tarafdorlariga kelishishni taklif qildi. Parnell tutgan kelishuvchilik yо‘li Irlandiyadagi mayda terrorchi guruhlarni faollashtirib yubordi. 1882-yil 6-mayda Dublinda Irlandiya ishlari bо‘yicha stats-sekretar va Irlandiya lord-hokimi terror yо‘li bilan о‘ldirildi. Irlandiya burjuaziya sining bir qismi Irlandiya ning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan birmuncha keskin talablar bilan chiqa boshladi. Ushbu guruhning rahbari A.Griffit 1905-yili «Shinfeyn» («Biz о‘zimiz») partiyasini tuzdi.
Tadqiqotchi J.Kostigan fikricha Amerikaga xijrat qilgan irland katoliklari Nyu-Yorkda Irlandiya Respublika Birodarligi (IRB) tashkilotini tuzishadi. Dastavval IRB о‘z vatandoshlariga moliya viy yordam kо‘rsatish bilan shug‘ullanib kelgan. 1865 yili AQSH da fuqarolar urushi tugagach zahiraga bо‘shatilgan irland harbiylari Irlandiya ni ozod qilish uchun qurolli kurashni amalga oshirishga kirishishadi. Shu tariqa IRB moliyaviy tashkilotdan inqilobiy harakatga aylanadi. Shu tariqa 1870 – 1916 yillarda inglizlarga qarshi amalga oshirilgan terrorchilik harakatlari har tomonlama IRB tomondan qо‘llab – quvvatlandi.
Angliyaning jahon urushida bandligidan foydalanib 1916 yilda IRB rahbarligida dublinda qо‘zg‘olon kо‘tariladi. Irlandiya respublikasi tuzilganligi e’lon qilinadi. Shu tariqa IRB endilikda IRA ga aylandi. Urushayotgan tomonlar uchun qotillik, yovuzlik, talon – taroj, terror har ikkalasining ham oddiy taktikasi edi. 1921 yildagi bitimga muvofiq Irlandiyaga mustaqillik berildi. Lekin shimoliy hududlar Britaniya imperiyasi qо‘lida qoldirildi. Britaniya bu hududda katoliklarning fuqarolik huquqlarini domiy ravishda cheklab bordi. Bitim ratifikasiya qilingach IRA ma’lum darajada parchalana boshladi. Uning yirik kо‘zga vakillaridan Maykl Kollinz, Richrd Mlkaxi, Ouen О‘dafilaryangi tashkil etilgan Irlandiya ozod davlati, uning armiyasi tomonga о‘tib katta mansablarni egallashdi. IRA qolgan qismi о‘z qurolini sobiq safdoshlariga qarshi qaratdi.
1954 - 1955 yillarda IRA faoliyati kuchayib ikki yil davomida tegishli davlat idoralariga 600 martadan ortiq hujum qilindi. 1969 yilda IRA kurash taktikasini keskin о‘zgartirdi. U bir necha avtonom yacheykalarga bо‘lnib ular sharoitga qarab mustaqil harakat qilishgan. Ba’zilari kurashning tо‘la terror yо‘lidan bordi. Javob tariqasida rasmiy London jazo qо‘shinini jо‘natdi. 1972 yil 30 mayda IRA о‘zining faol harbiy harakatlarini tо‘xtatganini e’lon qildi. Lekin Britaniya hukumati speratistlar bilan muzokaralar olib borishdan voz kechgach jangovar harakatlar turli kо‘rinishlarda davom etadi. IRA jangarilari Olster va Angliya hududida teraktlarini faollashtirishdi. IRA ning asosiy nishoni bо‘lib ingliz armiyasi askarlari, politsiya va sud mahkamalari edi. Jangarilar tinch aholi о‘rtasida qurbon bо‘lmasligi uchun о‘z teraktlarini amalga oshirishdan 90 minut oldin telyefon orqali ogohlantirishgan. 1985 yilda Angliya va Irlandiya о‘rtasidagi navbatdagi bitim imzolanib unga asosan Irlandiya ga Buyuk Britaniya tarkibidagi Shimoliy Irlandiya masalalari bо‘yicha maslahatchi maqomini berdi. IRA о‘z faoliyatini 1997 yilda tо‘xtatgani e’lon qilingan bо‘lsada, uning bugungi kunda 300 ga yaqin a’zolari mavjudligi haqida xabarlar bor.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling