Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi


Download 1.7 Mb.
bet26/77
Sana18.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1211500
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   77
Bog'liq
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ

Tayanch sо‘z va iboralar
ISHID, musulmon birodarlar, Aqidaparastlik, terrorizm, ekstremizm, fanatizm, fundamentalizm, din, e’tiqod erkinligi, vijdon erkinligi, diniy guruh, diniy jamoa, vahhobiylik va sh.k.

Takrorlash uchun savollar.


1. Yaqin Sharqning tabiiy – geografik, energetika, transport-kommunikatsion imkoniyatlari nimalardan iborat?


2. XX asrning ikkinchi yarmida mintaqada faoliyat yuritayotgan terrorchi tashkilotlarning yetkazayotgan zararlarini nomoyon bо‘lish xususiyat.
3. “Hizb ut- Tahrir al-Islomiy” ekstremistik tashkilotining maqsadi nima?
4. ISHID haqidagi fikrlaringizni bayon eting


MAVZU: XALQARO TERRORIZMNING MOLIYAVIY VA IQTISODIY MANBALARI.
REJA.
1. Terror globallashuvini ta’min etuvchi omillar.
2. Noqonuniy qurol – yarog‘ savdosi xalqaro terrorizmning muhim moliyaviy manbai.
3. Narkobiznes savdosi va uning zararli oqibatlari. Neft va odam savdosi.


1. Terror globallashuvini ta’min etuvchi omillar. Jamiyat hayotining turli sohalarining keskin globallashuvi transmilliy jinoyatchilikka, xalqaro terroristlarga о‘z xatti-harakatlarini erkin-emin amalga oshirishga bir muncha imkoniyatlar ham yaratib bermoqda. Jahonda xalqaro maydonda iqtisodiy sohadagi amalga oshirilgan bir qator ijobiy о‘zgarishlar borki ular о‘z navbatida terrorchilikning, transmilliy jinoyatchilikning tarqalishiga ham yо‘l ochib berdi. Bu imkoniyatlar nimalardan iborat:
Birinchidan, davlatlar о‘rtasida, xalqaro maydonda iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarning, aloqalarning yuksalishi bilan bog‘liq. Chegaralarning ochib berilishi (Shengen hududi, YEI, vizasiz harakat qilish zonalari tashkil etilishi), chet mamlakatlarga chiqish tartibining yengillashtirilishi, xalqaro savdoning kengayishi, yangi-yangi bozorlarning paydo bо‘lishi, xalqaro yuk tashish hajmining oshishi xalqaro hamjamiyatning, insoniyatning og‘irini yengillashtirib qolmasdan transmilliy jinoya tchi guruhlar faoliyatining faollashuviga ham olib kelmoqda.
Ikkinchidan, keyingi yillarda xalqaro moliyaviy о‘tkazmalarni aql bovar qilib bо‘lmaydigan darajada tezlashtiruvchi kanallar tizimi tashkil etilmoqda. Bu tizim kerakli miqdordagi pulni zarur joyga, kerakli insonga, tashkilotga yetkazib bermoqda. Bu bir tomondan muayyan davlatga undagi moliyaviy oqim harakatini nazorat etish bilan bog‘liq muamolar kelib chiqsa, ikkinchi tomondan shuni unutmaslik kerakki bunday imkoniyatdan jinoyatchi guruhlar ham birdek foydalanadi.
Uchinchidan, jinoyatning globallashuvi aholi migrasiyasi va chet elda ta’lim olish bilan ham bog‘liq kechmoqda. Katta miqdordagi aholi migratsiyasi natijasida ayrim davlatlarda о‘ziga xos etnik diasporalar shakllanmoqda. Jinoyatchi guruhlar esa о‘ziga tegishli diaspora vakillaridan о‘z jinoiy qilmishlarini amalga oshirishda foydalanishmoqda. Bu jinoiy guruhlarga xos bо‘lgan milliy birlik, til, qadriyatlar birligi, yaqin qarindoshlik aloqalari jinoiy guruh tarkibiga begona kishilarni, maxsus xizmat vakillarining kirib olishiga imkon bermaydi.
Tо‘rtinchidan, jinoyatning globallashuviga jahon mamlakatlari qonunchilik, sud-tartibot tizimidagi rang-baranglik, jiddiy tavofutlar ham yaqindan xizmat qilmoqda. Yaqin-yaqingacha terroristik harakat ishtirokchilari bir-biri bilan diplomatik munosabatlar о‘rnatmagan davlatlardan panoh topishgan, yashirinishgan. Bunga misol qilib SSSR-Isroil, SSSR-Pokiston, GDR-GFR va bosh qa davlatlar о‘rtasidagi munosabatlarni keltirish mumkin. Ayni damda esa ayrim davlatlar jinoyatchiga, terrorchi guruhga haq-huquqlari cheklangan, “demokratiya ” dan tо‘yib nafas olmagan deb hisoblab unga siyosiy qochoq maqomini berib о‘z himoya siga olishmoqda. Shuningdek xalqaro jinoiy guruhlarga sud-tartibot tizimi yaxshi rivojlanmagan davlatlar о‘z moliyalarini yashirish, soliqdan qochish imkoni bermoqda.
Beshinchidan, ikkita tizimning bir-biriga ishonchsizlik bilan qarashi, bir-birining xatti-harakatlarini qattiq nazoratga olishi jinoiy guruhlar faoliyatiga ham dahldor edi. Sotsialistik lager mamlakatlarida aholining kо‘chish bilan, chetga chiqish bilan bog‘liq harakati, umuman kundalik faoliyati kuchli nazorat ostiga olingan edi. G‘arb va Sharq о‘rtasida uzoq davom etgan “Sovuq urush” tugashi bilan о‘rtadagi temir parda olib tashlandi, “Berlin devori” tо‘siq bо‘lmasdan qoldi. Zamonaviy savdo munosabatlariga ba’zi davlatlarning qonunchilik, soliq, boj tizimining tayyor emasligi bunday davlatlarning hududlari qonuniy tovarlarga, narkotik, kimyoviy, radioaktiv mahsulotlar uchun tranzit maydon bо‘lib xizmat qildi.
Oltinchidan, jahonning kо‘pgina mamlakatlarida demokratik jarayonlarning qaror topishi qiyinchilik bilan kechmoqda. Oldingi totalitar tizimning boshqaruv richaglaridan keskin voz kechish, yangi demokratik tizimni barpo etish mobaynida о‘ziga xos “bо‘shliqqa” yо‘l qо‘yildi. Bu esa jinoiy guruhlarga yashirinish, moliya larini, man etilgan tovarlarni yashirish, olib yurish imkonini berdi.
Yettinchidan, jamiyat hayotining turli sohalarida xalqaro aloqalarning yuksalishi bilan bir qatorda kommunikasiyalar tizimi, kommunikasiyalar vositalari, teleradio informasiyalar ham keng tarqaldi. Bu vositalar. Kanallar orqali turli tang-barang muzmundagi ma’lumotlar bilan bir qatorda ekstremizmni, fashizmni targ‘ib etuvchi vayronkor mazmundagi g‘oyalar, kriminal hodisalarning turli usullari, vositalari ham targ‘ib etilmoqda.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling