Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi
Download 1.7 Mb.
|
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: YAQIN SHARQDA TERRORCHI GURUHLARNING PAYDO BО‘LISH SABABLARI VA KUCHAYISHI. ISHID FITNASI. REJA
- Hizb ut- Tahrir al-Islomiy” ekstremistik tashkilotining vujudga kelishi va faoliyati. 4. ISHID fitnasi.
Tayanch sо‘z va iboralar
ISHID, musulmon birodarlar, Aqidaparastlik, terrorizm, ekstremizm, fanatizm, fundamentalizm, din, e’tiqod erkinligi, vijdon erkinligi, diniy guruh, diniy jamoa, vahhobiylik va sh.k. Takrorlash uchun savollar. 1. Yevropadagi terrorchilik faoliyatini kelib chiqish sabablari? 2. AQSH va Lotin Amerikasi davlatlarida qanday terrorchi tashkilotlar mavjud? 3. Osiyo va Afrika mamlakatlarida terrorchilik tashkilotlarini keng yoyilishini asosiy sabablari nimalardan iborat? MAVZU: YAQIN SHARQDA TERRORCHI GURUHLARNING PAYDO BО‘LISH SABABLARI VA KUCHAYISHI. ISHID FITNASI. REJA 1. Yaqin Sharqning tabiiy – geografik, energetika, transport-kommunikatsion imkoniyatlari uchun kurash. 2. XX asrning ikkinchi yarmida mintaqada faoliyat yuritayotgan terrorchi tashkilotlar va ularning dunyo hamjamiyatiga yetkazayotgan zararlari. 3. “Hizb ut- Tahrir al-Islomiy” ekstremistik tashkilotining vujudga kelishi va faoliyati. 4. ISHID fitnasi. 1. Yaqin Sharqning tabiiy – geografik, energetika, transport-kommunikatsion imkoniyatlari uchun kurash. Yaqin Sharq uzoq yillar davomida turk sultonining mustamlakasi bо‘lib keldi. Turkiyaning birinchi jahon urushidagi mag‘lubiyatidan sо‘ng Usmoniylar imperiyasi tugatildi, Yaqin Sharq Britaniya va Fransiya ta’siri ostiga tushib qoldi. Sobiq yagona saltanat о‘rnida birin – ketin sultonliklar, amirliklar vujudga kela boshladi. Deyarli arab davlatlarining barchasining boshliqlari Britaniya va Fransiya tomonidan tayinlanar edi. Sen – Remoda bо‘lib о‘tgan konferensiyada Britaniya va Fransiya yaqin kelajakda Yaqin Sharqda qazib olinadigan barcha neft konlarini о‘zaro monopoliyalashtirish maqsadida kelishib olishdi. Yaqin Sharqni о‘ziga tо‘liq bо‘ysundirishga intilgan, istilyochilikda “bо‘lib tashla, hukmronlik qil” tamoyiliga amalqilib Britaniya va Fransiya arab dunyosida hukmdorlari hokimiyatni saqlab turish uchun G‘arbning madadiga zor bо‘lgan kichkina davlatlarni tuzishga kirishishdi. Bu mamlakatlarning rivojlanishi, olib borayotgan ichki va tashqi siyosati nazorat ostida bо‘lib, ular bir kun kelib qudratli davlatga aylanib ketishiga G‘arbning yо‘l qо‘yish niyati yо‘q edi. G‘arb bilan tuzilgan tabiiy zahiralarni arzon – garov savdo bitimlari oddiy arab xalqining qashshoqlashuviga, aslzoda arablarning esa boyishiga olib keldi. Bunday vaziyat mutamlaka ostiga tushib qolgan mamlakat aholisining katta qismini qoniqtirmas edi. Natijada dastlabki paytlardanoq mintaqada milliy – ozodlik harakatlari kо‘zga tashlana bordi. Voqealar rivoji Falastindan boshlandi. Britaniya о‘z mandati ostida bо‘lgan bu mintaqada yahudiylar mamlakatini tuzishni boshladi. Natijada Falastinda arablarning qarshilik harakati kuchayib bordi. Mamlakat qо‘zg‘olon yoqasiga kelib qolganligini anglagan Britaniya yahudiylar immigratsiyasini pasaytirishga majbur bо‘ldi. Inglizlarning bunday qо‘shformatli siyosatidan о‘z navbatida yahudiylar ham norozi bо‘lishdi. Yahudiylarning о‘zlari orzu qilgan madadni ola bilmasliklariga kо‘zi yetgach о‘zlarining harbiy tashkilotlarini tuzishga kirishishdi. Natijada 1920 yillar boshida harbiylashgan “Xagana”, 1935 yilda ekstremistik “Irgun svay Leumi” tashkiloti tuzildi21. Ushbu voqealar sabab arab davlatlarining deyarlik barchasida G‘arbiy Yevropaning qо‘shimcha xom – ashyo bazasiga aylanib qolgan mintaqaning mavqeini, uni haq – huquqini tiklash obyektiv zaruriyatga aylandi. Bunday harakat ayniqsa Misrda kuchli edi. О‘rta asrlar tarixiga e’tibor bersak Yevropaliklar boshlagan salib yurishlariga qarshi kurashning markaziy ham Misr edi. Shunday ekan yangi davrdagi bosqinchilarga qarshi kurashda ham avangardlik roli Misrga ajratilgan edi. Misr XIX asrning 80-yillarida Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylandi. Buyuk Britaniya hukmron doiralari Misrni metropoliya, xomashyo bazasiga aylantirdi. Mamlakatda saqlab qolingan qirollik hokimiyati amalda Buyuk Britaniya tayanchiga aylantirildi. Birinchi jahon urushi tugaganidan sо‘ng ozodlik kurashining yangi tо‘lqini boshlandi. Vatanparvar kuchlar «Misr vakillari» («Vadf Misri») deb atalgan tashkilot tuzdilar. U Misr mustaqilligi uchun kurashni boshqaruvchi tashkilot edi. Tashkilotni Saad Zag‘lul boshqardi. Tashkilot Misrga mustaqillik berishni talab etdi. Bunga javoban inglizlar «Misr vakillari»ning faoliyatini taqiqladi. S. Zag‘lul Malta oroliga surgun qilindi. Bular Misrda ozodlik qо‘zg‘alonining boshlanishiga turtki bо‘ldi. 1919-yilning 9-may kuni Qohira aholisining «Misr — misrliklar uchun» shiori ostida о‘tkazgan namoyishi mustamlakachilar tomonidan о‘qqa tutildi. Bu namoyishning qо‘zg‘alonga aylanib ketishiga olib keldi. Qо‘zg‘alon katta qiyinchilik bilan bо‘lsa-da, bostirildi. Aholi noroziligini pasaytirish uchun Saad Zag‘lul mamlakatga qaytarildi. Ayni paytda u Parij tinchlik konferensiyasiga ham yuborildi. Biroq Zag‘lul Misr mustaqilligining tan olinishiga erisha olmadi. Aksincha, Misr ustidan Buyuk Britaniya protektorati tan olindi. Ammo Buyuk Britaniya hukmron doiralari Misrni bundan buyon eski usullar yordamida itoatda saqlab turish mumkin emasligini yaxshi tushunar edilar. Endi Buyuk Britaniya «yangi» — sinalgan yо‘lni tanladi. Bu yо‘l Misrga davlat mustaqilligi berish, biroq turli kuchli vositalar yordamida uning amalda Buyuk Britaniyaga qaramligini saqlab qolish yо‘li edi. Shu tariqa Buyuk Britaniya 1922-yilning 28-fevralida Misrning mustaqilligini tan oldi. Misr mustaqil suveren davlat deb e’lon qilindi. Buyuk Britaniya о‘zida Misr hududidagi imperiya yо‘llarini qо‘riqlash, Misrni chet el agressiyasidan himoya qilish, chet el manfaatlarini himoya qilish huquqlarini saqlab qoldi. 1923-yilda qabul qilingan Konstitusiya Buyuk Britaniyaning yuqorida sanab о‘tilgan huquqlarini qonunlashtirib qо‘ydi. Chet elliklarning barcha huquq va imtiyozlari saqlab qolindi. 1924-yilning yanvarida Saad Zag‘lul boshchiligida hukumat tuzildi. Albatta bunday “marhamat” dan noroziliar bor edi. Natijada 1928 yilda Ismoiliya shahrida maktab mudarrisi Hasan al – Banno tomonidan “Ixvon ul-Muslimun” (“Musulmon birodarlar uyushmasi”) yacheykasi tuzildi. Al-Bannoning fikricha mavqeni tiklash uchun islomni tiklash va shariat qonunlari bо‘yicha faoliyat yuritadigan hamda Qur’oni karim va sunna amallariga rioya etilishini ta’minlaydigan musulmon davlati barpo etish zarur22. Hasan al-Bannoni islom ekstremizmi asoschisi deb atash mumkin bо‘lsada, uning qarashlarida kо‘pgina harakatlarning ustavlaridagi qarashlardan jiddiy farq qiladigan muhim bir tomon bor. U musulmon olamining tanazzulining sababi sifatida G‘arbni emas, dinsizlarni emas, aybni islom jamiyatining, arablarning о‘zida izlaydi. Shu sabab musulmonlarni salafiy islom ruhida tarbiyalashni о‘zining asosiy ishi deb hisoblaydi. Hasan al-Banno “buyuk jihod” deganda dinsizlarni qirib tashlashni emas, balki, eng avvalo musulmonlarni gunohga botiruvchi о‘z ehtiroslariga qarshi kurashini, о‘z – о‘zini ma’naviy kamol toptirishini nazarda tutgan. “Ixvon ul-Muslimun” yetakchisi sekin – asta mol – mulk, vatan himoyasi yо‘lidagi musulmon oldidagi vazifalarga yetib keldi va ingliz, fransuz mustamlakachilariga qarshi qurolli kurashni mafkuraviy jihatdan asoslashgacha yetib keldi. 1930 – yilardan “Ixvon ul-Muslimun” uyushmasi ushbu faoliyatning, harakatning yetakchisiga aylandi. Bu paytda har tomonlama vaziyat о‘zgardi. Bir tomondan fan – texnikaning yuksalishi, transport vositalari, ishlab chiqarishning о‘sishi, xalqaro savdoning yuksalishi, yuk tashishning oshib borishi, ikkinchi tomondan buyuk davlatlar о‘rtasidagi ziddiyatlar yangi jahon urushining keltirib chiqarishi muqarradek bо‘lib qolgan edi. Buyuk davlat harbiy sanoatga, og‘ir texnikaga e’tiborni kuchaytirishdi. Bu esa yoqilg‘i mahsulotlariga bо‘lgan talabni keskin oshirdi. Demak navbatdagi ijtimoiy – siyosiy jarayonlarning rivojida “neft omili” muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Negaki shakllangan yangicha sharoitda urushga hozirlik kо‘rgan dunyoning barcha yetakchi davlatlari fan va texnikaning eng sо‘ngi imkoniyatlaridan keng foydalangan xolda tayyorgarlik kо‘rishgan. Kuchlar nisbatida, tayyorgarlik darajasida ustunlikning kim tomonida ekani hattoki hech kimga ma’lum emas edi. Bunday sharoitda bir narsa ma’lum edi, u ham bо‘lsa urush natijasi kо‘proq zahiralarga bog‘liq bо‘lib qolgan edi. Shunday ekan ikkinchi jahon urushi arafasida fashistlar Germaniyasi Yaqin Sharqda Britaniya va Fransiya pozitsiyalarini zaiflashtirish uchun u yerda qо‘poruvchilik harakatlarini boshalb yubordi. Bu borada fashistlar о‘zlariga mahalliy guruhlar ichidan sheriklar izlay boshlashdi. Bu paytda “Ixvon ul-Muslimun” sezilarli darajada kо‘zga tashlanib qolgan edi. Uyushma о‘z ketidan millionlab kishilarni ergashtirgan edi. “Ixvon ul-Muslimun” yetakchilari va ularning tarafdorlari о‘zlari bilmagan holda jahondagi yetakchi davlatlarning katta siyosiy о‘yiniga aralashib qolishdi. Faqatgina bu katta siyosiy о‘yindagi maqsadlar turlicha bо‘lib, zaiflashtirilishi zarur bо‘lgan “nishon” gina bitta edi. “Abver” agentlari “Ixvon ul-Muslimun” uyushmasiga xasislik qilmasdan uni yetarlicha pul, qurol – yarog‘, tajribali instruktorlar bilan uzluksiz ta’minlab keldi. Yuqorida qayd etilgan qator omillar sababli ikkinchi jahon urushidan keyin ham Yaqin Sharqqa bо‘lgan qiziqish kamaymadi, aksincha о‘sdi. Ushbu fikrlarning isboti sifatida mintaqada joylashgan davlatlarning tabiiy-geografik zahiralari bilan ba’zi bir kо‘rsatkichlarini keltiramiz. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling