Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi
“Hizb ut- Tahrir al-Islomiy” ekstremistik tashkilotining vujudga kelishi va faoliyati
Download 1.7 Mb.
|
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ
3. “Hizb ut- Tahrir al-Islomiy” ekstremistik tashkilotining vujudga kelishi va faoliyati. Yangicha sharoitda yuqorida aytib о‘tilganidek ba’zi terroristik guruhlar endi о‘z e’tiborini Markaziy Osiyoga qarata boshlashdi. Markaziy Osiyodagi barqarorlikni izdan chiqarishga, bu yerda о‘ziga xos tartib shakllantirishga harakat qilgan terrorchi tashkilotlardan biri “Hizb ut- Tahrir al-Islomiy” hisoblanadi.
“Hizb ut- Tahrir al-Islomiy” (“Islom ozodlik partiyasi”) norasmiy diniy-siyosiy partiyasiga 1953 yilda Taqiaddin Nabahoniy (1909-1979) tomonidan asos solingan. U 1948 yilga qadar terrorchilik amaliyoti bilan nom chiqargan “Al-ixvon al-muslimun” (“Musulmon birodarlar”) guruhining Falastin bо‘linmasida faoliyat yuritgan. 1953 yili Asad Taxminiy, Xolid Hasan kabi maslakdoshlari bilan “Al-ixvon al-muslimun” guruhining о‘z hududidagi a’zolarini yangi diniy-siyosiy partiya - “Hizb ut at- Tahrir al-Islomiy” ga birlashtirgan. Nabahoniy va uning izdoshi Abdul Qadim Zallumning “Islom nizomi”, “Islom davlati”, “Xalifalik”, “Islomiy olamga qaynoq nidolar” va “Hizb ut-Tahrirning tushunchalari”, “Demokratiya – kufr nizomi”, va “Siyosiy ong”, “Idoriy qonun”, ”Idoriy tо‘plam” kabi kitoblarida oqim ta’limoti bayon etilgan. Ushbu adabiyotlarda g‘arb sivilizasiyasi va dunyoviy davlat tamoyillari qoralangan, demokratiya, konstitusiya, saylov kabi siyosiy institutlar inkor qilingan holda, turli mamlakatlarda radikal islom g‘oya larini targ‘ib qilish, hokimiyatni qо‘lga kiritish hamda xalifalikka asoslangan tuzumni о‘rnatish yо‘llari bayon etiladi. Taqiaddin Nabahoniyning azaliy orzusi arab halifaligini tarixiy va siyosiy jihatdan tiklash edi. “Hizb ut-Tahrir” hujjatlariga kо‘ra u islom mafkurasiga asoslangan, harakat qiladigan siyosiy partiyadir. Uning bosh maqsadi musulmonlarni islomcha turmush tarziga qaytarish, xalqaro maydonda jihod yо‘li bilan islom dinini yoyishga intilish. Ushbu bosh maqsadni halifalikni barpo etish orqaligina amalga oshirish mumkin. Barpo etiladigan halifalik tо‘rtta qoidaga asoslanadi: oliy hokimiyat Olloh tabora va taoloniki; hokimiyat Ummniki; bir halifani tayinlash-majburiyat; Halifa Ilohiy Qonunlarni qabul qilishda mutlaq hokimiya tga ega – Konstitusiya va boshqa qonunlarni faqat u joriy qiladi25. Harakat hujjatlarida musulmon mamlakatlari, ayniqsa Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlari hukumatlari islomiy bо‘lmagan deb e’lon qilingan. Musulmonlar hayotida barcha ijtimoiy – iqtisodiy muammolarning sababi “kundaliy islomiy qoidalarga amal qilinmasligi”, jumladan “islomiy boshqaruv tizimining” yо‘qligidir. Hozirgi kunda esa tashkilot rahbarlari tomonidan ilgari surilgan “arab-isroil muammolarini hal etishning yagona vositasi – yahudiylarni ommaviy qirg‘in qilish”, degan jangari g‘oya “Hizb ut-Tahrir”ning haqiqiy mohiyatini belgilab beradi deyish mumkin. “Hizb ut-Tahrir” piramida shaklidagi tuzilishga ega bо‘lib, uning quyi pog‘onasini 5 kishilik “xalqalar”ga birlashgan “dorislar” tashkil etadi. Xalqaga “mushrif” rahbarlik qilib, 4-5 mushrifdan iborat “mahalliy jihoz” “naqib”ga, naqiblar viloyat darajasida “musoid”ga bо‘ysunadilar. Musoidlar faoliyati mintaqaviy rahbar – “mu’tamad” tomonidan boshqariladi. Tashkilot rahbari – “Amirul-a’zam” tashkilotning oliy bо‘g‘ini – “qiyodat” orqali mu’tamadlarning faoliyat yо‘nalishini belgilab turadi. Bunday tuzilish tashkilot faoliyatini mumkin qadar yashirin olib borish imkonini beradi. Bayrutda tashkilotning “al-Vay” (“Ong”) jurnali chop etiladi. Oldinga qо‘yilgan vazifalar uchta bosqichda amalga oshirilishi belgilab qо‘yilgan. Birinchi bosqichda partiyaning yadrosi tashkil etilishi zarur. Ikkinchi bosqichda Umm bilan faol munosabatlar olib boriladi. Uchinchi bosqich islom davlati о‘rnatilgach boshlanadi. Unda dunyoning barcha hududlariga islomni faollik bilan tarqatish ishlari olib boriladi. “Hizb ut-Tahrir” chilarning faoliyati asosan tashkilotning о‘z hisobidan moliyalashtiriladi. YA’ni tashkilotning har bir a’zosi har oyda topadigan daromadining 5 foizidan 20 foizigacha fond hisobiga о‘tkazishi talab etilgan. G‘arbiy Yevropaning qator shaharlarida tashklotning filiallari ochilgan. “Hizb ut-Tahrir” faoliyati 1970-80 yillardan buyon Pokiston, Indoneziya, Filippin, 1990-yillar boshidan esa Markaziy Osiyo davlatlarida, 2003-2004 yillardan Qrim yarim oroli va Rossiyaning ba’zi mintaqalarida kuzatildi. “Hizb ut-Tahrir” shariat asoslari hamda insoniylik tamoyillaridan umuman uzoq bо‘lgan faoliyatini Qur’on oyatlari va hadislarni notо‘g‘ri talqin qilish orqali isbotlashga urinadi. Garchi “Hizb ut-Tahrir” о‘z faoliyatida faqat g‘oyaviy kurash usullaridan foydalanishni e’lon qilsa-da, tashkilot mafkurasini ifodalovchi hujjatlar hamda uning faollarining musulmon dunyosiga mansub bir qator davlatlarda konstitusiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan terrorchilik amaliyotlarida ishtirok etgani buning aksini kо‘rsatadi. 1989 yil AQShning Missuri shtatida “Musulmon talabalarning baynalminal aloqalari” nomi ostida о‘tgan anjumanida “Hizb ut-Tahrir” rahbariyatining vakili “musulmon bо‘lmagan hukumatlarga qurolli jihod e’lon qilish zarur”, degan g‘oyaga yо‘g‘rilgan ma’ruza bilan chiqqan. Ushbu ma’ruza keyinchalik bir necha tillarga о‘girilib, “Hizb ut-Tahrir” a’zolari tomonidan tarqatilgan. Shuningdek, “Hizb ut-Tahrir” tashkiloti ig‘volarini tarqatish manbasi hisoblangan “al-Vay-Ong” jurnalida yagona xalifalikni tiklash shiori ostida begunoh qon tо‘kishni oqlab chiquvchi maqolalar muttasil berib boriladi. Jumladan, ushbu jurnal 1990-yillarning oxirida Jazoirda tinch fuqarolarni qirg‘in qilgan “Jazoir islomni qutqarish fronti” tashkilotining terrorchilik faoliyatini yoqlab chiqqan edi. 1974 yili esa Misrda “Hizb ut-Tahrir” tashkilotining Falastin bо‘linmasi a’zosi Saloh Sariyya boshchiligidagi ekstremistlar Misr Harbiy-texnologik akademiya si kadetlarini jangari diniy g‘oyalar bilan zaharlab, ularni harbiy isyon kо‘tarishga undashgan. Harbiylar tomonidan “Hizb ut-Tahrir”ning buzg‘unchi mohiyati tо‘g‘ri anglanilgani bois ushbu amaliyot ham muvaffaqiya tsizlikka uchragan. Bundan tashqari, 1999 yil dekabr oyida Livan shimolida “Hizb ut-Tahrir” jangarilari Livan xavfsizlik xizmati va Suriya harbiy qо‘shinlari bilan qurolli tо‘qnashuvlarni sodir etgan. 2000 yil yanvar oyida Suriya huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan hukumatga qarshi g‘alayonlar kо‘tarishga tayyorgarlik kо‘rayotgan “Hizb ut-Tahrir” faollarining 800 nafari qamoqqa olingan. О‘z navbatida, 1993 yili Iordaniya maxsus xizmati “Hizb ut-Tahrir” tashkiloti faollarining qirol Husaynga nisbatan tayyorlagan suiqasdini fosh etgan va tashkilotning 30 a’zosini hibsga olgan. Ta’kidlash joizki, yaqin tarix “Hizb ut-Tahrir”ning boshqa terrorchi guruhlar kabi jangarilashib borayotganidan dalolat beradi. Chunonchi, 2002 yili Filippinda “Hizb ut-Tahrir”ga mansub bir necha Indoneziya fuqarolari ushlangan. qamoqqa olish vaqtida ulardan kо‘p miqdorda portlovchi moddalar va о‘qotar qurollar topilgan. Filippin maxsus xizmatlarining e’tirof etishicha, qо‘lga olinganlar “al-qoida” terrorchi tashkilotining mahalliy bо‘limlari bilan yaqin aloqada bо‘lgan. Bu esa “Hizb ut-Tahrir” tashkiloti о‘z faoliyatini xalqaro terrorchilik tizimining tarkibiy qismi sifatida tashkil etayotganini kо‘rsatadi. Bundan tashqari, 2003 yil aprel oyida hizbning Buyuk Britaniyadagi bо‘linmasi a’zosi Umar Sharif va ushbu mamlakatda uy qurib olgan “Al-muhojir” ekstremistik guruhi a’zosi Osif Hanif Isroilning Tel-Aviv shahrida joylashgan “Mayks Pleys” kafesida о‘zlarini portlatib yuborishi natijasida kо‘plab begunoh insonlar hayotdan kо‘z yumgan. Shu bilan bir qatorda, “Hizb ut-Tahrir” faollari о‘z maqsadlari yо‘lida hukumat rahbarlariga suiqasd uyushtirish amaliyotidan foydalanishni davom ettirmoqda. Masalan, 2003 yili dekabr oyida tashkilotning quddus shahri bо‘linmasi a’zolari “al-Aqso” masjidi ichida Misr tashqi ishlar vaziri Ahmad Mohirga hujum uyushtirishgan. Isroil ma’muriyati ushbu harakatni tashkillashtirgan bо‘linma rahbari Muhammad Hammuri ustidan tergov ishlari qо‘zg‘atgan. “Hizb ut-Tahrir” rahbariyati har safar qurolli amaliyot muvafaqqiyatsizlikka uchragan zahoti gо‘yoki ushbu harakatlar tashkilotning “ajralib” chiqqan qismi tomonidan amalga oshirildi, degan da’vo bilan aybni bо‘ynidan soqit qilishga intilib kelgan. Shu munosabat bilan, “Hizb ut-Tahrir” rahbariyatining 2004 yil mart-aprel oylarida Toshkent va Buxoroda, iyul oyida Toshkentda amalga oshirilgan terrorchilik xurujidagi ishtirokini inkor etishi yuqoridagi strategiyaning davomi ekaniga hech shubha qolmaydi. “Hizb ut-Tahrir” boshqa terrorchi tashkilotlar uchun jangarilar tayyorlab beruvchi “konveyer”ga aylangan. Masalan, tashkilot asoschilaridan bо‘lgan Asad Taxminiy keyinchalik “Islom jihodi” terrorchi guruhining diniy rahnamosiga aylangan bо‘lsa, Xolid Hasan Falastinni ozod qilish tashkilotining jangovor tuzilmasi bо‘lgan FATH tashkilotiga asos solgan. Shuningdek, hozirgi kunda о‘zini “al-qoidaning Iroqdagi bо‘limi” deb atayotgan hamda kо‘plab begunoh iroqliklarning hayotiga zomin bо‘layotgan tashkilot rahbari Abu Muso Zarqaviy ham dastavval “Hizb ut-Tahrir” a’zosi bо‘lgan. Shu о‘rinda 2005 yilning 13-14 may kunlari Andijonda amalga oshirilgan qо‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirgan “Akromiylik” oqimining asoschisi Akrom Yо‘ldoshev ham “Hizb ut-Tahrir” safida bо‘lganini eslab о‘tish lozim. quyida bu mavzuga batafsil tо‘xtalamiz. “Hizb ut-Tahrir” tashkilotining terrorchi mohiyatini tasdiqlovchi boshqa bir omil shundan iboratki, gо‘yo faoliyati “oshkora” va “zо‘ravonliksiz” usullarga asoslangan bu guruh о‘z rahbariyati, qarorgohi va moliya manbalarini nafaqat boshqalar, balki о‘z a’zolaridan ham qat’iy sir tutishga harakat qiladi. Ekstremistik mohiyati fosh bо‘lgan “Hizb ut-Tahrir” deyarli barcha musulmon mamlakatlari, 2003 yildan Rossiya va Germaniya da ham man qilingan. Ma’lumotlarga kо‘ra, hozirga qadar “Hizb ut-Tahrir”ning “Amiri”- qiyodati a’zam” deb ataluvchi oliy rahbari uch bor almashgan. Tashkilot asoschisi Taqiyuddin Nabahoniy 1979 yilda sо‘ng vafotidan, 1979-2003 yillarda rahbarlik falastinlik Abdul Qadim Zallum (1923-2003)ga о‘tgan. Hozirgi kunda tashkilotni kelib chiqishi falastinlik bо‘lgan Ato Abu Rushta (Iordaniya fuqarosi) boshqaradi. “Abu Yosin” taxallusi bilan faoliyat yurituvchi ushbu kimsa 1990-yillarda Iordaniya davlatida konstitusiya viy tuzumga qarshi faoliya ti hamda ommani zо‘ravonlikka tashviqot qilgani uchun bir necha bor qamoqqa olingan. Ta’kidlash joizki, dunyodagi kо‘plab taniqli ulamo va islomshunos olimlar “Hizb ut-Tahrir” mafkurasini qattiq tanqid qilganlar. Jumladan, Muhammad qutb, Saudiya Arabistonining sobiq bosh muftiysi, marhum shayx Bin Boz, Yusuf Karzoviy (qatar) va Oman milliy universiteti shariat fakulteti dekani Abduaziz Hayot uni “islomni buzuvchi” tashkilot sifatida baholaganlar. Mashhur “al-Azhar” majmui shayxi Tantoviy quyidagi sо‘zi bilan “Hizbut-tahrir”ning g‘oyasini inkor etadi: “Xalifalik davlatini barpo qilish islom shariatida zarur emas. ... xulosa shuki, har bir о‘lkaning о‘z rahbari bо‘lishi joizdir”. О‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining 1999 yil 16 iyundagi “Din niqobi ostida dinbuzarlar haqida”gi Fatvosida “Hizb ut-Tahrir” va boshqa buzg‘unchi toifalar faoliyati qattiq qoralangan. Qirg‘izistonlik Alouddin Mansur “Hizbning da’vatlariga yaxshilab nazar tashlansa, islomga yot narsalar ekani ma’lum bо‘ladi. Ular Qur’on, hadisdan “dalil” keltiradilar, lekin о‘z foydalari uchun, ya’ni, umuman Qur’on, hadis dalolat qilmaydigan ma’nolarda tushuntirmoqchi bо‘ladilar”, deb fikr bildirgan. Tojikstonlik, Akbar Tо‘rajonzoda “Hizb ut-Tahrir” mafkurasi “Qur’oni Karim”, sunna va hanafiylik e’tiqodiga zid keladi, jamiyat ichida beqarorlikni vujudga keltiradi”, deb hisoblaydi. Shayx, Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Hizb ut-Tahrir” faoliyatini chuqur tahlil, qilib quyidagi xulosani beradi: “Hizb ut-Tahrir har qanday dushman qila olmaydigan zararli ishlarni qildiki, islom dushmanlari о‘zlari harakat qilsalar, hozirgi natijaga erisha olmas edilar”26. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling