Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi


Takrorlash uchun savollar


Download 1.7 Mb.
bet32/77
Sana18.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1211500
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   77
Bog'liq
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ

Takrorlash uchun savollar.

1. Markaziy Osiyoga tahdid solayotgan mintaqaviy, diniy tusdagi tahdidlar va ularning geosiyosiy jarayonlarning nomoyon bо‘lish xususiyatlari


2. Markaziy Osiyoda yetakchi davlatlarning strategik manfaatlari qanday kо‘rinishlarda namoyon bо‘ladi
3. Markaziy Osiyo mintaqasidagi kо‘zlayotgan manfaatlarinimalar kiradi?
4. Eron Islom Respublikasi mintaqaviy davlat sifatida.
MAVZU: MARKAZIY OSIYODAGI BARQARORLIKKA TAHDID SOLAYOTGAN DINIY EKSTREMISTIK VA TERRORISTIK TASHKILOTLAR.
REJA
1. Diniy ekstremizm va terrorizm: mafkura va amaliyotning rivojlanish xususiyatlari.
2. Diniy ekstremizm va terrorizmning Markaziy Osiyo mintaqasida namoyon bо‘lishining о‘ziga xos xususiyatlari.
3. О‘zbekistonda faoliyati kuzatilayotgan ekstremistik-terroristik tashkilotlar.


1. Diniy ekstremizm va terrorizm: mafkura va amaliyotning rivojlanish xususiyatlari. Yangi mingyillikda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaning qator mamlakatlarida diniy – ekstremistik tashkilotlar faoliyati kuchaymoqda. Bir qator о‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, g‘oyaviy-mafkuraviy sabablarning ilmiy tahlillari shuni kо‘rsatadiki diniy-ekstremistik mafkuralrning vujudga kelish ildizlari sifatida quyidagilarni kо‘rsatish mumkin:

  • XX asrning о‘rtalaridan islom dunyosida mustamlakachilikka qarshi kurashning kuchayishi va bu jarayonda kurash olib borishning turli usullaridan, jumladan terror usullaridan keng foydalanilishi;

  • Arab-Isroil urushi va Yaqin sharq muammosining hal etilmasdan kelishi, turli sabablar bilan ataylab orqaga chо‘zilishi;

  • AQSH va G‘arbning yetakchi davlatlari tomonidan musulmon dunyosi davlatlarini о‘z nazoratida ushlab turishga, ayniqsa ularning ulkan tabiiy zahiralariga egalik qilishga intilishlari;

  • Ayrim musulmon davlatlari о‘rtasidagi mintaqaviy yetakchilik uchun olib borilayotgan kurashlar;

  • Sunniylar va shialar о‘rtasida uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan qarama-qarshilikning saqlanib qolayotganligi va shu kabilar.

Agarda biz Markaziy Osiyoda diniy-ekstremistik mafkuralarning vujudga kelishi sabab bо‘layotgan ichki va tashqi omillar mavjud bо‘lib ular quyidagilardan iborat:

  • Sobiq ittifoqning parchalanib ketishi natijasida vujudga kelgan о‘ziga xos vakuum. Mavjud g‘oyaviy qadriyatlarning yemirilishi, yangisining esa tо‘la ma’noda ulgurib shakllanmagani sabab mintaqa turli shakldagi g‘oyaviy ta’sir maydoniga aylandi;

  • Uzoq davr davom etgan oldiniga chor Rossiyasi, keyinchalik sovet davlatining olib borgan mustamlakachilik siyosati natijasidagi mintaqa xalqlarining milliy-ma’naviy, diniy qadriyatlariga berilgan zarba asoratlari dan tezda qutulishning imkoni bо‘lmadi;

  • Markaziy Osiyo davlatlari о‘z mustaqilligini qо‘lga kiritishlari bilanoq amalda fuqarolar urushi ketayotgan, terrorizmning о‘chog‘i hisoblangan mintaqaga tutash maydonda qolib ketishdi;

  • Mintaqa davlatlarida turli mazmundagi diniy-ekstremistik kuchlarga, ta’sirlarga qarshi kurash olib borishning siyosiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy, harbiy institusional tizimi shakllanib ulgurmagani;

  • Qator musulmon davlatlarida salafiylik g‘oyalari targ‘ib qilinadigan diniy ta’lim muassasalarining mavjud ekani hamda mazkur muassasalarda mintaqa davlatlaridan chiqqan yoshlarning о‘qib kelayotgani;

  • Mintaqada faoliyat yuritayotgan diniy-ekstremistik tashkilotlarning xorijiy markazlar va xomiylaridan katta miqdorda moddiy yordam olishi;

  • Aholining ma’lum bir toifalari orasida jamiyat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy sohalaridagi muammolarni islomiy davlat barpo etish orqali hal etish mumkin deb hisoblovchilarning mavjudligi;

  • Demografik bosim natijasida vujdga kelgan mehnat migratsiyasi sababli xorijga chiqib ketgan yoshlarning oila va mahalla nazoratidan chiqib ketishi;

  • Ijtimoiy bandsizlik.

Albatta bu muammolarning aksariyati mustaqillikdan keyin olib borilgan chora-tadbirlar natijasida bartaraf etilmoqda. Lekin bu masala Markaziy Osiyo davlatlarining barchasida ham samaralik hal etilayotgani yо‘q. Qolaversa diniy-ekstremistik mafkuralarning targ‘ibotchilari ham qarab turishgani yо‘q. Ular ham g‘oyaviy ta’sirning nihoyatda ta’sirchan usullari ustida g‘ayrat bilan ishlashmoqda. Bu yо‘lda xalqaro maydondagi nodavlat telekanallar, radiokanallar va internet tarmog‘idan unumli foydalanishadi.
О‘zini islom nomi bilan bog‘laydigan diniy-ekstremistik tashkilotlarning о‘z oldilariga qо‘ygan maqsad-vazifalari quyidagilarda namoyon bо‘ladi:

  • Dunyoviy davlatga nisbatan murosasiz munosabatda bо‘lish;

  • Dunyoviy davlatdan voz kechish, uni shariatga asoslangan tuzumga aylantirishga harakat qilish;

  • Sekulyarizatsiyani rad etish, jamiyat a’zolarini majburan shariat asosida hayot kechirishlarini ta’minlash;

  • Islom dunyosini dunyoviy dalatchilikka asoslangan hamjamiyatga qarama-qarshi qо‘yishga intilish;

  • Malakatlar mustaqilligi, ularning hududiy yaxlitligini tan olmaslik va ularni yagona “halifalik” asosida birlashtirishga intilish;

  • О‘z maqsadlari yо‘lida davlat va jamiyat hayotida ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni izdan chiqarishga qaratilgan hatti-harakatlarni kuchaytirish;

  • О‘z g‘oyalariga ergashmagan musulmon jamolarini dinsizlikda ayblash orqali musulmonlar orasida bо‘linishni keltirib chiqarishga intilish va sh.k.

Bu guruh vakillari, ularning mafkurachilari omma ongini egallash uchun kurashga ustuvor vazifa sifatida qarashadi. OAV, internet, diniy markaz, qator ijtimoiy tarmoqlar orqali terrorchilarni kо‘paytirish tizimi yaratiladi. Yangi a’zolarni yollashning asosiy manbalari sifatida vertual makon, qamoqxonalar, masjidlar, yoshlar tashkilotlari, milliy diasporalar, maktablar, qamoqqa olinganlarning oila a’zolari, terrorizmga qarshi tadbirlarda jabr kо‘rganlar hisoblanadi37.



Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling