Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi


Narkobiznes savdosi va uning zararli oqibatlari. Neft va odam savdosi


Download 1.7 Mb.
bet28/77
Sana18.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1211500
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   77
Bog'liq
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ

3. Narkobiznes savdosi va uning zararli oqibatlari. Neft va odam savdosi.
Terrorchi tashkilotlar moliyaviy manbalarining yana bir muhim turi giyohvand moddalar savdosidir. Narkotik moddalar ishlab chiqarish va ular bilan savdo qilish jinoyat globallashuvining keng tarqalgan turlaridan biri hisoblanadi. Ushbu jinoiy biznes yaratib beradigan juda katta boylik orttirish imkoniyatlari uning ishtirokchilarini xalqaro huquq normalari bilan ham, milliy qonunlar majmui bilan ham, ayniqsa, "oq ajal"ning halokatli oqibatlari bilan ham hisoblashmay, hamma ishni qilishga majbur etmoqda. BMT tomonidan keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda bu zahri qotil savdosining yillik aylanmasi 350-450 millard dollarga teng bо‘lib bu miqdor jahon hamjamiyatining bir yillik yalpi daromadining 7% ga teng. Taxminiy ma’lumotlarga qaraganda jahon aholisining 3% i giyohvand moddalar iste’mol qiladi. Bu turdagi jinoiy tо‘dalarga qarshi kurashishga turli davlatlar turlicha vaqt va mablag‘ sarflashmoqda. AQSH federal organlari yiliga 12 milliard dollar mablag‘ni narkotik savdosiga qarshi kurashga sarflashadi; 45 milliard dollarga teng mablag‘ narkotik savdosi bilan qо‘lga tushgan saqlab turish bilan bog‘liq jarayonga sarflanadi; 120 milliard dollar narkomaniya kasaliga chalinganlarni davolash ishlariga sarflanmoqda31. Bu moddalarni ishlab chiqariuvchi asosiy regionlar: Oltin yarimoy (Golden Crecent) – Afg‘oniston, Eron, Pokiston; Oltin uchburchak (GoldenTriangle) – Myanma, Laos, Tailand; Janubiy Afrika; Niderlandiya; Marokash; Xitoy. Xitoyda asosan sintetik narkotik moddalar ishlab chiqariladi. Yuqori navli geroinning eng katta bozori Yevropa hisoblanadi. BMT ma’lumotlariga qaraganda faqat Rossiyaning о‘zida yiliga 70 tonna geroin sotiladi. Rossiya da bu kasallik sababli bir yilda vafot etganlar (yiliga 30 000 -40 000 nafar) Sovet armiyasining о‘n yil davom etgan afg‘on urushidagi yо‘qotishidan ikki barobar qо‘pdir.
Narkotik moddalar savdosi azaldan globallashuvga ehtiyoj sezib keladi. Birn tomondan rivojlangan, havfsizlik tizimi izchil yо‘lga qо‘yilgan, kuchli iqtisodiyot va sud – huquq tizimiga ega mamlakatlarda bunday zahri qotilni yetkazib berish imkoni yо‘qligi bilan belgilanadi. Ikkinchi tomondan havfsizlik tizimi yо‘lga qо‘yilmagan, qoloq davlatlarda bu moddalarni yetkazish imkoniyati katta, lekin uni iste’molchilari mavjud emas. Bо‘lganida ham narxi jinoiy tо‘dalarni qanoatlantirmaydi. Misol tariqasida quyidagi faktlarga e’tibor qaratamiz: afg‘on geroini Tojikiston orqali Yevropaga yetib borgunicha 63 barobarga ortadi. Tojjikiston badaxshonida 1 kg geroin 4-8 ming dollar, Yevropada 250-300 ming dollar.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling