Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi
Download 1.7 Mb.
|
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: О‘ZBEKISTONNING DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMNI OLDINI OLISH VA UNGA QARSHI KURASH BORASIDA OLIB BORAYOTGAN SIYOSATINING MOHIYATI REJA
- 1. О‘zbekistonning diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash sohasidagi xalqaro hamkorligi.
Tayanch sо‘z va iboralar
ISHID, musulmon birodarlar, Aqidaparastlik, terrorizm, ekstremizm, fanatizm, fundamentalizm, din, e’tiqod erkinligi, vijdon erkinligi, diniy guruh, diniy jamoa, vahhobiylik va sh.k. Takrorlash uchun savollar 1. Diniy ekstremizm va terrorizmning Markaziy Osiyo mintaqasida namoyon bо‘lishining о‘ziga xos xususiyatlari. 2 “О‘zbekiston islom harakati” ning jamiyat taraqqiyotiga tahdidi. 3.“Hizbut – Tahrir” oqimi va uning mustaqil О‘zbekiston taraqqiyotiga bugungi kundagi tahdidini kо‘rinishlari qanday? 4.Mustaqil О‘zbekiston taraqqiyotiga tahdid soluvchi boshqa diniy-siyosiy harakatlar. MAVZU: О‘ZBEKISTONNING DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMNI OLDINI OLISH VA UNGA QARSHI KURASH BORASIDA OLIB BORAYOTGAN SIYOSATINING MOHIYATI REJA 1. О‘zbekistonning diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash sohasidagi xalqaro hamkorligi. 2. О‘zbekistonning diniy ekstremizm va terrorizmni oldini olish va unga qarshi kurash borasida olib borayotgan siyosatining mohiyati. 1. О‘zbekistonning diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash sohasidagi xalqaro hamkorligi. Diniy ekstremizm va terrorizm insoniyat ila yangi mingyillikka kirib kelgan eng ma’shum illatlardan, eng global muammolardan biri hisoblanadi. Bu illat kо‘p konfessional hisoblangan mamlakatimizdagi tarixan qaror topgan diniy bag‘rikenglikka, millatlararo totuvlikka, ijtimoiy hamkorlikka raxna soladi. Shu bois jamiyatimizda diniy asosda, milliy negizda nizolar chiqishiga yо‘l qо‘ymaslik, dinniy siyosiylashtirish, soxtalashtirish orqali jamiyatdagi barqarorlikni izdan chiqarishga qaratilgan har qanday harakatni oldini olish davlat, jamiyat, ta’lim tizimi oldidagi eng ustuvor vazifa hisoblanadi. Mustaqillik tufayli xalqimiz о‘zining asriy orzusi bо‘lmish milliy mustaqillikni qо‘lga kiritdi, xalqaro hamjamiyatning, xalqaro huquqning tо‘laqonli subyektiga aylandi. Mustaqillik tufayli tobe’lik va qaramlikdan ozod bо‘lgan davlatimiz ichki va tashqi siyosatda hech kimning aralashuvi, tazyiqi va kо‘rsatmalarisiz xalq manfaatlarini kо‘zlab ish yuritmoqda. Mustaqillik xalqimizga yurtimizning bebaho yer osti va yer usti boyliklariga chinakamiga egalik qilish huquqini berdi. Yurtimiz istiqloligina boy madaniy-ma’naviy merosimizdan, buyuk ajdodlarimiz yaratgan ma’naviyat chashmalaridan bahramand bо‘lishimiz uchun keng yо‘l ochdi. Mustaqillik xalqimizning ozodlikka, adolatli jamiyat qurishga bо‘lgan orzu-umidlarini chinakam rо‘yobga chiqishini ifoda etmoqda. Mustaqillikni qо‘lga kiritganimizdan keyingi о‘tgan qisqa bir davr ichida respublikamizda demokratik, adolatli va huquqiy davlatchilikni shakllantirish, xalqimizning farovonligini ta’minlash, uning ma’naviy-ruhiy poklanishi va tiklanishi uchun zarur bо‘lgan barcha shart-sharoitlar vujudga keltirilmoqda. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda samarali natijalarga erishishda xalqaro tashkilotlar, davlatlararo hamkorlik muhim о‘rin tutadi. Albatta Birlashgan Millatlar Tashkiloti barcha davlatlarning, mintaqalarning, butun jahon hamjamiyatining eng muhim muammolarini muhokama qilish va yechish uchun tuzilgan noyob tashkilotdir. BMT barcha xalqlarning tinch-totuv yashashga bо‘lgan ezgu irodasining buyuk ramzi, insoniyat ma’naviy taraqqiyotining yorqin nishonasidir. Shunday ekan mintaqa dahldor muammolarning yechimida, uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida bu tashkilot bilan hamkorlik qilish, uning imkoniya tlaridan foydalanish, bu borada hamkorlikni kuchaytirish о‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. О‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov 1993 yil 28 sentabrda BMT 48-sessiya sida sо‘zlagan nutqidayoq xalqaro hamjamiyatning e’tiborini Afg‘oniston va Tojikistondagi vujudga kelgan vaziya tga, qurol-yarog‘ savdosiga, narkotik savdosiga, terrorchilikka qarshi kurash masalalariga qaratgan edi. О‘zbekiston rahbariyati har doim xalqaro hamjamiyat e’tiborini xalqaro terrorizmga qarshi kurash masalalariga qaratib keldi. 2000-yil 20-avgustda Bishkek shahrida bо‘lib о‘tgan О‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlari uchrashuvi yakunida qabul qilingan Bayonotda ham shunday deyilgan edi: «Biz BMT Xavfsizlik Kengashi, YXHT, Islom Konferensiyasi Tashkilotiga, dunyoning barcha mamlakatlariga yana bir bor murojaat etib, xalqaro terrorchilik va ekstremizmni faqat keskin qoralash bilan cheklanib qolmay, balki quruq bayonotlardan ushbu global tahdidni tag-tomiri bilan sug‘urib tashlashga yo’naltirilgan muvofiqlashtirilgan amaliy harakatlarni ishlab chiqishga da’vat etamiz». О‘zbekiston Respublikasi diniy mutaassiblik, aqidaparastlik, ekstremizm va terrorchilikning mintaqaviylik va umumbashariylik miqyosidagi xavf ekanidan kelib chiqib, jahon hamjamiyatining birgalikdagi say-harakatining vujudga keltirish zarurligini bayon qilib keldi. Jumladan, 1999 yilning noyabr oyida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Stambul sammitida О‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov BMT tizimida terrorizmga qarshi kurash bо‘yicha Xalqaro markaz tashkil etish haqida taklif kiritgan edi. Mazkur taklif 2000 yil sentabrda bо‘lib о‘tgan BMTning “Ming yillik” sammitida takror aytildi. Afsuski bir qator yetakchi davlatlar bu muammolarga “ularga tegishli bо‘lmagan muammo” qabilida qarashdi. Oradan hech qancha vaqt о‘tmasdan bu muammoning aks sadosi Moskva, Berlin, Nyu-York, Parij singari shaharlarni larzaga keltirdi. Hozirgi kunda BMTning quyidagi organlari terrorzimga qarshi faoliyat olib boradi: -“Al-qoida” va “Tolibon”ga qarshi sanksiyalar qо‘llash Qо‘mitasi; -Aksilterroristik tadbirlarni maqsadili amalga oshiruvchi guruh; -Aksilterroristik qо‘mita; -Ishchi guruh. Albatta tashkiliy ishlar bir qaraganda silliq ketayotgandek tuyuladi. Amalda esa BMTga a’zo davlatlar о‘rtasida terrorizm yoki terroristik tashkilotlarga nisbatan yagona munosabat mavjud emas. Shuningdek О‘zbekiston MDH va SHHT tashkilotlari doirasida qabul qilingan diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi qaratilgan shartnoma – “Terrorizm, separatizm va ekstremizm bilan kurash haqidagi Shanxay Konvensiyasi” ni bajarishda faol ishtirok etib keladi. SHО‘T doirasidagi Aksilterror markazining Toshkent shahrida joylashganini fikrimizning misoli bо‘la oladi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling