Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi
О‘zbekistonda faoliyati kuzatilayotgan ekstremistik-terroristik tashkilotlar
Download 1.7 Mb.
|
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- О‘zbekiston islom harakati” ning jamiyat taraqqiyotiga tahdidi.
- Hizbut – Tahrir” oqimi va uning mustaqil О‘zbekiston taraqqiyotiga tahdidi.
3. О‘zbekistonda faoliyati kuzatilayotgan ekstremistik-terroristik tashkilotlar.
“Jihodchilar” jamoalari qо‘rqitish va qо‘poruvchilik harakatlari bilan mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarish, amaldagi dunyoviy tizimni ag‘darib tashlash, islom “halifaligi” shaklidagi diniy davlat qurishni maqsad qilgan diniy-siyosiy guruhdir. Bu tashkilotning Markaziy Osiyodagi mafkuraviy “rahnomalari” A.Mirzayev va O.Nazarovlar hisoblanadi. “Jihodchilar” jamoasi faoliyatining diniy-g‘oyaviy asosi Muhammad ibn Abdulvahobning “Al-usul as-salasa va adillatuha” (Uch asos va ularning dalillari), “Kitab at-tavhid” (Tavhid kitobi), Ibn Taymiyaning “Kitab az-ziyar” (Ziyoratgoh), Sayyid Qutbning “Maolim fit-toriq” (Yо‘ldagi belgilar), “Mujiohidlarning sifatlari”, Abu A’la al-Mavdudiyning “Jihod”, Abul Mun’im Mustafoning “Hijrat va uning hukmlari” kabi asarlarida bayon etilgan38. “Jihodchilar” jamoalari Markaziy Osiyo mintaqasida jihod bayrog‘i ostida о‘z faoliyatini olib borishga harakat qilmoqda. Ular faoliyatining asosiy shakllari agressiv islomiy da’vat, dunyoviylikka, boshqa dinlarga nisbatan murosasizlikka chaqiruvchi targ‘ibot о‘tkazish, aholining turli qatlamlari ichida yollash ishlari о‘tkazish, bosqinchilik, qо‘poruvchiliklar amalga oshirishdan iborat bо‘lmoqda. Tashkilot a’zolari Markaziy Osiyoda 1980-yillarning oxirlari va 90-yillarning boshlaridan о‘z faoliyatlarini yо‘lga qо‘yish uchun harakat qila boshlashdi. Bu yо‘lda ular missionerlar, volontyorlar, turli xil markazlar imkoniyatlaridan keng foydalanishdi. Ushbu davrda Farg‘ona vodiysida “Islom lashkarlari”, “Jihodchilar”, “Yosh jihodchilar uyushmasi”, “Adolat”, “Tavba” tashkilotlari ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni keltirib chiqarishga harakat qilishgan39. 2000-yillarning о‘rtalaridan Tojikistonda “Bay’at” guruhi, Qirg‘izistonda “Jayshul Mahdiy”, Qozog‘istonda “Jundul xalifat” kabi guruhlar faollasha boshlashdi. Umuman olganda “Jihodchilar” jamoalarining faoliyatida quyidagilar kuzatilmoqda: о‘z tarafdorlarini kо‘paytirish; jamoa saflariga tadbirkorlarni jalb etishga alohida e’tibor qaratish; xorijdagi mehnat migrantlari orasida targ‘ibot ishlarini faollashtirish; yangi yollangan jamoa a’zolarini chet ellardagi maxsus lagerlarda tayyorgarlikdan о‘tkazish; “xujralar” tashkil etish orqali yoshlar ongiga diniy-ekstremistik g‘oyalarni singdirish; dunyoviy mamlakatda olib borilayotgan diniy siyosatni obrо‘sizlantirish maqsadida xorijiy OAV va Internet tarmog‘i orqali soxta ma’lumotlar tarqatish va shu kabilar. “О‘zbekiston islom harakati” ning jamiyat taraqqiyotiga tahdidi. Vahhobiylik islom dinining hanbaliy mazhabidagi diniy-siyosiy oqim bо‘lib, 18-asrning о‘rtalarida Markaziy Arabistonning Najd vohasida yuzaga kelganligi yuqorida aytib о‘tildi. Asoschisi Muhammad ibn Abdulvahhob 1703 yilda tug‘ilgan. Ustozi Abdulloh ibn Sayfo yosh Abdulvahhobni hanbaliy mazhabi yо‘nalishida vaxdoniyat (yakkaxudolik) aqidasi bо‘yicha tarbiyalagan. Uning dunyoqarashida mashxur vaxdoniyatchi Ahmad ibn Taymiya asarlari katta rol о‘ynagan. Natijada u Islom olamida vaxdoniyatni qattiq himoyachisi, tashviqotchisi sifatida maydonga chiqadi. 1996 yilda tashkil topgan. Dastlab “О‘zbekiston Islomiy uyg‘onish partiyasi” deb nomlangan. О‘IH tarkibiga asosan 1992-93 yillarda О‘zbekistonda faoliyatlari taqiqlangan bir qancha islomiy guruhlar kirgan: “Adolat” uyushmasi (Namangan), “Islom uyg‘onish partiyasi” (1990 yilda Astraxanda asos solingan, 1991 yil yanvarda О‘zbekiston bо‘limi ochilgan), “Odamiylik va insonparvarlik” (Qо‘qon), “Turkiston islom partiyasi”, “Islom lashkarlari” (Namangan). О‘IH ning bо‘lajak a’zolari 90-yillardagi ta’qiblardan sо‘ng Tojikiston va Afg‘onistonga qochib о‘tganlar. Ularning kо‘pchiligi Birlashgan tojik muxolifati (BTM) tomonida fuqarolar urushida ishtirok etgan. О‘IH tashkil etilgach, uning siyosiy rahbari etib T.Yо‘ldoshev, harbiy qism rahbarligiga J.Xojiyev, matbuot markazi rahbari va T.Yо‘ldoshev о‘rinbosari lavozimiga Zubayr ibn Abdurrahmon (Abdul-Rahim) saylandilar. Mazkur harakatning asosiy maqsadi etib Farg‘ona vodiysi hududida islom davlatini barpo etish qо‘yildi. О‘IH rahbariyati qator xalqaro va mintaqaviy islomiy tashkilotlar, avvalambor, “Al-qoida”, “Tolibon”, “Hizbut tahrir”, “Al-ixvon al-muslimun” bilan hamkorlik qiladi. 90-yillarning о‘rtalaridan chet ellarda uya qurib olgan jinoyatchi tо‘dalar harbiy-siyosiy tizim yaratish maqsadida faol harakatlar olib bordilar. 1994-95 yillarda ular Afg‘onistonning о‘zbeklar kо‘p yashaydigan hududlaridan katta mablag‘dagi “yordam puli” yig‘dilar. О‘IHning siyosiy rahbari - о‘zini Muhammad Tohir Foruq deb nomlab olgan Tohir Yо‘ldoshev moliyaviy bazani kuchaytirishda asosiy rol о‘ynadi. T.Yо‘ldoshev Pokiston, Turkiya, Saudiya Arabistonining qator radikal guruhlari, jumladan “Hizbut tahrir” rahbarlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda turli masalalar bilan bir qatorda, terrorchilik xurujlarini amalga oshirirish yuzasidan muzokaralar olib borildi. Shuningdek, ekstremistik harakatlar homiylaridan moddiy yordam olish masalasiga alohida urg‘u berildi. О‘IH a’zolari asosiy tayyorgarlikni Pokiston va Afg‘oniston hududidagi lagerlarda о‘rtaganlar. Shunday lagerlardan biri “Al-Foruq”: Afg‘on-Pokiston chegarasi yaqinidagi Xost tumanining tog‘ darasida joylashgan. Mazkur lager 80-yillar boshida Usoma bin Lodin mablag‘lari hisobiga sovet agressiyasiga qarshi afg‘on mujohidlarini tayyorlash uchun barpo etilgandi. “Tolibon” harakati kuchlari Afg‘oniston hududining talaygina qismini bosib olgan paytda, О‘IH bilan yaqin aloqaga kirishdi va uning homiysiga aylandi. О‘IH toliblarning “Edore-ye Extezor” razvedka xizmati hamkorligida yurtimiz hududida ekstremistik g‘oyalarni yoyish, barcha muxolif kuchlarni О‘zbekistondagi mavjud konstitusiyaviy tuzumga qarshi kurash bayrog‘i ostida birlashtirish rejalarini tuzgan edi. G‘oyaviy harakat “jihod” va “hijrat”ning farz ekani va “shahidlik”ning fazilatlarini targ‘ib qilishga qaratilgan. Ular О‘zbekiston hududida qator jirkanchli hodisalarni (1999 yil 16 fevral voqealari, 1999 yil 31 martida Xorazm viloyatida avtobusning garovga olinishi, 1999 yil avgust oyidagi О‘sh va Botkent voqealari, 2000 yil avgustda Surxondaryoning Sariosiyo Uzun tumanlariga qilingan hujum va shu kabilar) amalga oshirishadi. Oldiniga Tojikiston, undan esa Afg‘oniston hududiga qochib о‘tishadi. Afg‘onistonda xalqaro kuchlar tomonidan aksilterror operatsiyalari boshlangach Pokiston hududidan boshpana topishgani haqida ma’lumotlar bor. Keyingi yillarda diniy-siyosiy mafkurada AQSH boshchiligidagi G‘arbga nisbatan global jihodda ishtirok etish bosh maqsad sifatida yangray boshladi. “Hizbut – Tahrir” oqimi va uning mustaqil О‘zbekiston taraqqiyotiga tahdidi.“Hizb” sо‘zining lug‘aviy ma’nosi-guruh, firqa, partiya, tobe kishilar demakdir. “Hizbut tahrir” ning tо‘la nomi “Hizbut tahrir al-islomiy” – “Islom ozodlik partiyasi” bо‘lib u norasmiy siyosiylashgan diniy oqim sanaladi. “Hizbut taxrir” 1928 yilda Misr Arab Respublikasining Islomiya shahrida tashkil topgan “al-Ihvon al-Muslimun” – “Musulmon birodarlari” diniy-siyosiy tashkilotidan 1952 yilda ajralib chiqqan firqadir. Bu firqaning asoschisi shayh Taqiyuddin Nabahoniy (1909-1979)dir. Hozirda bu diniy-siyosiy partiyani falastinlik Abulqadim Zallum boshqarib kelmoqda. Bugungi kunda uning shtab-kvartirasi Londonda joylashgan. “Hizbut tahrir” tuzilma jihatidan piramida kо‘rinishida tashkil topgan. Eng quyi tuzilma 4-5 kishidan iborat «Doris» lardan tarkib topgan «xalqa»lardan iborat. Ular guruh rahbari “mushrif” dan saboq oladi. Bunday kichik «halqa»larga bо‘linishi, tashkilot asoschilarining fikricha, fosh bо‘lish imkoniyatini mumkin qadar kamaytiradi. Mashg‘ulot haftada kamida bir marta о‘tkazilishi shart. Bunday «dars» larda nomigagina diniy ta’lim berilib, asosiy e’tibor yoshlar tarbiyasidagi g‘oyaviy-ma’naviy bо‘shliqdan foydalanib, ularning ongiga g‘arazli siyosiy fikrlarni joylashga qaratiladi. Xalqa a’zolari bir-birlarini faqat ismi yoki taxallusi orqali biladi. Ta’lim olish g‘oyat yashirin ravishda olib boriladi. Tashkilotga a’zo bо‘layotgan nomzod har qanday sharoitda ham hizb faoliyati va rahbari haqidagi ma’lumotni sir saqlash haqida qasam ichadi. Butun dunyo bо‘yicha «Hizbut tahrir» harakati rahbari «amir» deb yuritiladi. Firqaning mintaqaviy rahbari «mutamad» «amir» tomonidan belgilanadi. «Mutamad» esa viloyat darajasida ishlaydigan «ma’sul» hamda tuman miqyosida faoliyat kо‘rsatuvchi «musoid»ga rahbarlik qiluvchi «mahalliy jihoz»ni tashkil etadi. Mahalliy jihoz har oyda kamida bir marotaba tо‘planib о‘z muammolarini hal etadi. Firqaning har bir a’zosi о‘z imkoniyatiga qarab asosiy mehnat mashg‘uloti daromadi hisobidan 5-20 foiz miqdorida a’zolik badali (soliq) tо‘lashi majburiydir. Hizbut tahrir siyosiy partiya bо‘lib, u fikrga bosh qurol sifatida suyangan holda islomiy halifalikni qayta tiklashga chaqirdi. Boshqacha aytganda «Hizbut tahrir»chilarning asosiy maqsadi islom davlatlari о‘rtasida allaqachon о‘z umrini о‘tab bо‘lgan «Halifalik» davlatini tuzish g‘oyalarini targ‘ib qilib, kelajakda amaldgai davlat boshqaruvini ag‘darib tashlashdan iborat. Vahhobiylar hukumatni qо‘lga olishda ochiq kurash, ekstremizm, terror yо‘lini tuzib, «hizbchilar» g‘oyaviy, mafkuraviy kurash usulini qо‘llaydilar. Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek: «Avvalambor, ular, yoshlarni о‘z ta’siriga oladi, ongini zaharlaydi. Aql-hushini yо‘qotgan mana shunday odamlarni tayyorlab, keyin qо‘liga qurol beradi. Ularni о‘z Vataniga, о‘zini odam qilib voyaga yetkazgan el-yurtiga qarshi qо‘yadi». Hizbchilar demokratiyani butkul inkor etadilar. Mazkur diniy tashkilot 90 yillarning boshlarida boshqa diniy toifalar qatori О‘zbekistonga yashirin kirib kelib-mahfiy faoliyat yurita boshlagan. Odamlarimizning soddaligi, Islomga bо‘lgan chanqoqligi, kо‘p narsalarni behabarliklari kabi omillardan juda unumli foydalandilar. Mazkur diniy-siyosiy partiyaning «Al-Vayl»- «Ong» nomli har oyda bir marotaba nashr etiladigan jurnali bо‘lib, u turli yashirin yо‘llar bilan yurtimizga olib kelinadi. Bu jurnal sahifalarida din yо‘lida о‘zini о‘zi portlatgan odam shahid bо‘ladi degan fatvo berilgan. Bu Islomda qoralanadi. Hizbchilar biz yashayotgan davlatni kufr davlati, kofirlarni yurti deb yuritadilar. Bizning yurtimizni ilk Islom yuzaga kelgan johiliya davriga tenglashtiradilar. О‘z maqsadlari halifalikni tiklash yо‘lida mamlakatimizdagi tinch, osoyishta hayotni izdan chiqarib fuqarolar urushini boshlash, mamlakat iqtisodiy faoliyatiga putur etkazish, millatlararo va dinlararo nizolarni keltirib chiqarishga uringanliklari sir emas. Ular о‘z faoliyatlarini asosan uch bosqichda olib borishga yо‘naltirilganlar: - Tushuntirish ishlari. Ongi tо‘liq shakllanmagan yoshlarni din niqobi ostida о‘z tuzog‘iga ilintirish. Fikri zaif, ta’siriga beriluvchan huquq-tartibot organlari, hokimiyatlardagi ma’sul shaxslarni о‘z tarafiga og‘dirish; - birgalikda harakat qilish, fikriy kurash orqali «ummatning oyoqqa turishi, fikriy ongliligi» yо‘lida fikriy inqilobga yetishish. YA’ni g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan kishilarni hizbchilarning yovuz niyatli inqilobiga tayyor holga keltirish; - inqilob-tо‘ntarish, hukumatni ummat orqali qо‘lga kiritib, «Halifalik» davlatini tuzish. Xulosa shuki, «Hizbut - tahrir»ning g‘oyasi islom ta’limotidan uzoq, demokratik – huquqiy davlat konstitusiyasiga ziddir. U vijdon erkinligini suiste’mol etib, siyosiy hokimiyatga intilish yо‘lini tutgan diniy-siyosiy oqimdir. Uning tashkil topganiga yarim asrdan oshgan bо‘lsada, hanuzgacha dunyoning biror davlatida tan olinib, rasmiy rо‘yhatdan о‘tgan emas. U hech qaysi davlatda qaror topa olgani yо‘q. Bunday firqa va oqimlar jamiyatda siyosiy beqarorlik, iqtisodiy tanazzul, eng yomoni millatlararo va dinlararo nizolarni, birodarkushlik va xunrezliklarni keltirib chiqaradi halos. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling