Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi
Download 1.7 Mb.
|
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ
Qadimgi dunyo terrorizmi. Eng qadimgi sivilizatsiyalarda hokimiyat tomonidan turli xalqlarga qarshi hamda о‘z navbatida hokimiyat va boylik uchun hukmdor shaxslarga qarshi amalga oshirilgan terroristik harakatlarga doir misollar kо‘p, bizga noma’lumlari undanda kо‘p bо‘lsa kerak. Tadqiqotchi A.Korolevning fikricha miloddan avalgi 336 yilda Makedoniyalik Aleksandrning otasini о‘ldirilishi dastlabki terakt hisoblanadi. Qadimgi Misr fir’avnlari tomnidan О‘rta yer dengizi bо‘yidagi qulay mintaqalardagi о‘z humronligini о‘rnatish uchun qо‘shni xalqlarga nisbatan qator qirg‘inbarot siyosat olib borishgan. Ikkinchi tomondan Misr fir’avnlari taxt uchun olib borilgan о‘zaro janglarda bir – birlarini qurbon qilishgan. Bunday misollarga Qadimgi Rim tarixi ham misol bо‘la oladi. Yuliy Sezarning bir tomondan hokimiyatning egallashi, ikkinchi tomondan taxtdan ketishi terrorning yaqqol namunasidir. Rim saltanati hududidagi dastlabki terrorchi tashkilotlardan bо‘lmish sikariylar sektasi rimliklar istilyo qilgan Falastin hududida milodiy I asrda tashkil topadi. Rimliklarga dushmanona kayfiyatda bо‘lgan bu maxfiy guruh vakillari rimliklar bilan sulh tuzgan, ularning boshqaruv apparatiga ishga о‘tgan, dushmanning marhamatiga uchgan yahudiylardan о‘ch olishgan. Markaziy Osiyo tarixiga nazar tashlaydigan bо‘lsak otashparastlar yetakchisi Zardо‘shtning о‘ldirilishi о‘ziga xos terroristik hodisa hisoblanadi. Zaratushtra (Zardusht, Zartusht) ning о‘limi borasida Avesta kitobida hech qanday ma’lumot yо‘q. Lekin turli manbalarda uning о‘limi bilan bog‘liq turli ma’lumotlar beriladi. Masalan, pahlaviy va pazand (Gujarat shahriga kо‘chib borgan zardushtiylarning keyingi davr tillaridan biri) tillaridagi manbalarga kо‘ra, Zardusht 77 yoshida, payg‘ambarligining 47 yili, uning himoyachisi bо‘lgan podshoh Vishtaspning dinni qabul qilgan 35 yilida ibodat vaqtida Artavahishta (ikkinchi) oyining Xur (о‘n birinchi)9 kuni10 (zardushtiylarda oyning har bir kuniga alohida nom berilgan) da turonlik Bratarvaxsh tomonidan pichoqlab о‘ldiriladi. Yoki bо‘lmasa Yunon – Makedon bosqinchilariga qarshi kurashgan milliy qahramonimiz Spitamenning о‘ldirilishi о‘ziga xos terroristik hodisa hisoblanadi.shuningdek Milodning 33 yilida Iso Masihning о‘ldirilishini ham bunday misollar sirasiga kiritish mumkin.
Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling