Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi


Download 1.7 Mb.
bet6/77
Sana18.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1211500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ

Tayanch sо‘z va iboralar
Terrorizm, ekstremizm, fanatizm, fundamentalizm, din, e’tiqod erkinligi, vijdon erkinligi, diniy guruh, diniy jamoa, vahhobiylik va sh.k.


Takrorlash uchun savollar
1. XX asr oxiriga kelganda dunyoning jug‘rofiy – siyosiy xaritasidagi о‘zgarishlarni nomoyon bо‘lish xususiyatlari.
2. “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” kursining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
3. О‘zbekiston Respublikasida diniy qadriyatlarga erkinlik berilishini ijobiy va salbiy oqibatlari kо‘rinishlari qanday?
4. Din niqobi ostida ba’zi jaholatparast guruhlarning xozirgi kunda jamiyat taraqqiyoti uchun tahdidi va xavf solishi.


MAVZU: EKSTREMIZM VA TERRORIZMNING MOHIYATI VA UNING JAMIYAT BARQARORLIGIGA TAHDIDI.
REJA
1. Terrorizm tushunchasi va mohiyati.
2. Ekstremizm tushunchasi va mohiyati.
3. Terrorchilik harakatlarining vujudga kelish tarixi.
4. Terrorizm va ekstremizmning asosiy xususiyatlari.


1. Terrorizm tushunchasi va mohiyati. Insoniyat о‘z kelajagini bashorat qilmoqchi bо‘lsa, odatda о‘z tarixiga boqadi. Bugungi insoniyat rivojlanish nuqtai nazaridan qay darajada yuksaklikka erishmasin, qay darajadagi bir – biridan murakkab muammolarga duch kelmasin bunga о‘xshash holatlarni о‘zining kо‘p ming yillik tarixida boshidan kechirgan bо‘lib chiqadi. Shunday ekan tarixning zarhal varaqalaridan joy olgan, muhrlangan bu voqealar qay yо‘l bilan bosib о‘tilgan, qanday chora – tadbirlar ishlab chiqilganligi о‘ziga xos hayot maktabi bо‘lib xizmat qiladi. Mashhur ingliz davlat arbobi U.Cherchil yosh shogirdiga tarixni chuqur о‘rgan unda kejakning barcha sirlari mujassam deya nasihat qilgan edi. Islom Karimov insonyat hayotida tarixning, о‘tmish merosining roli xususida tо‘xtalar ekan shunday yozgan edi: Kim bо‘lishidan qat’i nazar, jamiyatning har bir a’zosi о‘z о‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yо‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka о‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi”. Tarix xatolarni takrorlamaslikka, vaziyatga tо‘g‘ri baho berishga, tо‘g‘ri chora – tadbirlar ishlab chiqishga о‘rgatadi. Shunday ekan, tarixning zarxal sahifalarini chuqur о‘rganish qomadni tik tutgan holda buyuk kelajak darvozasining qulfiga teran nazar solishdir. Tibbiyot xodimlari har qanday kasallikni kelib chiqish tarixini chuqur tahlil qilishdan ishni boshlashadi negaki uning oldini olish chora – tadbirlarini belgilab olish oson kechishi sabab. Tо‘g‘riligi turli xalqlar, mamlakatlar hayotida bot – bot isbotini topgan bu hikmatni terrorizm deya atalmish ushbu jirkanch hodisaga nisbatan ham qо‘llash mumkin. Bu metodologik asos terroristik hatti – harakatlarning kelib chiqishidagi tarixiy vaziyatni, uning ijtimoiy – siyosiy omillarini, rivojlanish, tarqalib borishi bilan bog‘liq targ‘ibot usul – vositalarini, harakat mexanizmlarini tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Va shu sabab terrorizmning kelib chiqish tarixini о‘rganish о‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Bu masalaga о‘z diqqat – e’tiborini qaratgan tadqiqotchilar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlarga, ilmiy xulosalarga qaraydigan bо‘lsak ularning qarashlarini turlicha yondashuvlar asosida tasniflash mumkin bо‘ladi. Tadqiqotchi SH.G‘oyibnazarovning ta’kidlashicha terrorizmga 200 ga yaqin ta’rif berilgan bо‘lsada, ularning birontasi umum e’tirof etilmagan, bu boradagi tortishuvlar, bahs – munozaralar xanuz davom etmoqda4. Tо‘g‘ri kо‘pchilik terrorizm nima degan savolga о‘ziga xos ravishda javob bera olsadi, ular bu hodisa haqida umumiy, mavhum tushunchaga egalar xolos. Bu о‘z navbatida insoniyat hayotining murakkablashib borishi, uning yangidan – yangi faoliyat sohalarining tarkib topib yuksalib borishi, mamlaktlar, xalqlar о‘rtasida о‘zaro hamkorlikningt kuchayib borishi bilan belgilanadi. Negaki terrorizm ham shu sohalarda rо‘y bermoqda, bunday hamkorlikning, yutuqlarning mevasidan “bahramand” bо‘lmoqda. Bu jarayonlarning dinamik xarakteri terrorizm atamasiga ta’rif berishni qiyinlashtirmoqda.
Bu bildirilgan fikrning isboti tariqasida terrorizmga berilgan ta’riflarga tо‘xtalib о‘tsak: “terrorizm siyosiy maqsadda amalga oshiriladigan, asoslangan zо‘ravonlikdir” (B.Kroze, Buyuk Britaniya); “Terrorizm – siyosiy, mafkuraviy yoki sotsial – revolyusion maqsadlar hamda intilishlarga erishish uchun hukumatlarni, aholi doiralarini muntazam qо‘rqitib turish” (G.Deniker, Shveysariya); Terrorizm – bu “qо‘rqitish, majburlash yoki chо‘chitish vositasida siyosiy maqsadlarga erishish uchun zо‘ravonlikni ishlatish bilan tahdid solish yoki uni ishga solish” (I.Aleksandr. AQSH). Tadqiqotchi R.Falk esa terroizmga ikki xil ta’rif berib о‘tadi: “Siyosiy zо‘ravonlikning, uni kim – revolyusion guruhmi yoki hukumatmi – ishga solishidan qat’i nazar, monand ravishdagi axloqiy va yuridik vaj – karsoni bо‘lmagan har qanday turidir”; “tanlab о‘tirmasdan yoki aybsiz shaxslarga qarshi zо‘ravonlikni ishga soladigan siyosiy ekstremizm”. Terrorizm doimiy ravishda terrorga asoslangan kuch ishlatishni qо‘llaydigan siyosat.
Tushunchaga О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 155 – moddasida quyidagicha ta’rif berilgan: “Terrorizm — xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzish, xavfsizligiga putur yetkazish, urush va qurolli mojarolar chiqarish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, aholini qо‘rqitish maqsadida davlat organini, xalqaro tashkilotni, ularning mansabdor shaxslarini, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron bir faoliyatni amalga oshirishga yoki amalga oshirishdan tiyilishga majbur qilish uchun zо‘rlik, kuch ishlatish, shaxs yoki mol-mulkka xavf tug‘diruvchi boshqa qilmishlar yoxud ularni amalga oshirish tahdidi”. Falsafa qomusiy lug‘atida bu hodisaga shunday ta’rif keltirilgan: “Terrorizm, terrorchilik – zо‘rlik va jahonlat mafkurasi; terror bilan amalga oshiriladigan siyosiy harakat. Terrorizm bir necha asrlar oldin shakllangan, geografik jihatdan barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrashi mumkin bо‘lgan murakkab fenomendir”. Ikkinchi bir manbada esa “Terrorizm (lotincha “terror” – qо‘rquv, dahshat) – ma’lum yovuz maqsadlar yо‘lida, kuch ishlatib, odamlarni jismoniy yо‘q qilishdan iborat bо‘lgan g‘oyaga asoslangan zо‘ravonlik usuli. Qо‘rqitish va dahshatga solish orqali о‘z hukmini о‘tkazishga urinish terrorchilikka xosdir”. B.Tadjixanov о‘z tadqiqotida terrorizmga quyidagicha ta’rif beradi: “Terrorizm – xalqaro munosabatlarni chigallashtirish, suverenitet va hududiy yaxlitlikni buzish, davlatlarning xavfsizligiga raxna solish, urush va qurolli tо‘qnashuvlar keltirib chiqarish, ijtimoiy – siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, aholini qо‘rqitish yoki qasos olish maqsadida jismoniy yoki yuridik shaxslarni biror – bir faoliyatini amalga oshirishga yoki amalga oshirishga tiyilishga majburlash uchun qilmish kо‘rinishida yoki uni amalga oshirish bilan qо‘rqitish tarzida oshkora sodir etiladigan, shaxsga yoki mulkka xavf tug‘diradigan harakat”.
Ushbu tahlillarning barchasida о‘ziga yarasha asosli, mantiqli va о‘z navbatida о‘ziga xos kamchiliklari ham mavjud. Avvalombor shuni ta’kidlash joizki ushbu tahlilaraning aksariyatida terrorchilik harakatiga siyosiy jarayonlardagi fenomen sifatida qaralgan. Bunday tusdagi fikrlarga qо‘shilish shu tomoni bilan tо‘g‘ri kelmaydiki, hozirgi paytdagi iqtisodiy, moliyaviy, kibernetik va yana bir qator shakllardagi terrorchilik amaliyotini kuzatish mumkin. Ikkinchi tomoni shundaki kо‘pgina tadqiqotlarda terrorga inqilob vositasi sifatida qarash uchraydi. Xatto ba’zi tadqiqotlarda terrorning kelib chiqishini Buyuk fransuz inqilobiga davriga olib borib taqash holatlari uchraydi.
Terrorchilik hatti – harakatlarini tahlil ostiga olgan qator tadqiqotlarni kuzatganda shu holatga guvoh bо‘lish mumkinki, ikkita jihat borki terror atamasiga eng universal, hammabop ta’rifni berishga tо‘sqinlik qilib keladi. Shu sabab ham bu atamaga bag‘ishlangan tahlillarda hamma tomonidan umume’tirof etilgan talqinni kо‘rish, masalaning atama ta’rifi bilan bog‘liq jihatiga nuqta qо‘yish imkoni bо‘lmayapti. Masalaga oydinlik kiritishda о‘ziga xos qiyinchiliklarga sabab bо‘layotgan bu jihatlar quyidagilardan iborat:
Birinchidan, jamiyat hayoti sohalarining dinamik xarakterda ekani, uning doimiy ravishda jadallik bilan yuksalishi, oddiylikdan murakkablik tomon rivojlanib borishi bilan belgilanadi. Jamiyat hayotidagi bu murakkablik, yuksalish uning har sohasiga, barcha tarkibiy qismlariga, kerak bо‘lsa undagi barcha hodisalarga birdek aloqador hisoblanadi.
Ikkinchisi, jamiyat hayoti sohalarining dinamik xarakterda bо‘lishi bilan birga bu sohalar о‘rtasidagi о‘zaro ta’sirning chuqurlashib borishi bilan belgilanadi. Biron sohadagi keskin yuksalish jamiyat hayotining boshqa qator sohalarini chuqur qamrab olishi ayni paytda, biron – bir sohadagi chuqur inqirozning qolgan sohalarga keskin ta’siri odatiy xol hisoblanadi. Shuningdek biron sohaga oid ish yuritish mexanizmi bо‘ladimi, usul – vositasi bо‘ladimi uning nechog‘lik samaralik bо‘lishi uning boshqa qator sohalarda ham keng qо‘llanilishiga olib keladi. Bu о‘z navbatida terrorizm atamasiga ham tegishli hisoblanadi.
Uchichidan, masalaning murakkabligi terrorning kim tomonidan va qanday maqsadda qо‘llanilishi bilan izohlanadi. Tashqi bosqinchi dushmanga qarshi kurashda vatan himoyachilari tomonidan dushmanga qarshi, uning harbiy infrastrukturasini, iqtisodiy infrastrukturasini, tarnsport infrastrukturasini izdan chiqarish maqsadida kо‘ngillilar xizmati, partizanlik harakati orqali kо‘pchilik holatlarda ta’sirning terror usulini keng qо‘llashgan. Milliy ozodlik harakati ishtirokchilari о‘z Vatani mutaqilligini qо‘lga kiritish uchun olib borilgan qator janglarda albatta terrorchilikdan keng foydalanishgan. Bunday vaziyatda terror muayyan xalqning oliy maqsadga erishishining asosiy vositasi bо‘lib xizmat qiladi. Hozirgi kunda Yaqin Sharqda sodir bо‘layotgan holatlarga qarasak kurashayotgan barcha tomonlar (Suriya hukumat qо‘shinlari, Suriya “Ozodlik armiyasi”, Iroq armiyasi, Iroq Kurdistoni, ishidchilar) bir – birini terrorchilikda ayblab kelishadi. Kо‘rinib turibdiki, bu atamani izohlashda subyektiv tomonlar ham mavjudligini esda saqlash zarur bо‘ladi.
Shunday ekan quyidagi takliflarni ilgari surish maqsadga muvofiq bо‘ladi: birinchidan, jamiyat hayotiga, undagi siyosiy jarayonlarga ijtimoiy organizm sifatida, uni doimiy rivojlanishda deb qarash talab etiladi. Boshqacha aytadigan bо‘lsak, terrorizm atamasiga tugal ta’rifni berib bо‘lmaydi, uni ijodiy rivojlantirib borishni davr talab etib boradi. Ikkinchidan, tahlil qilinayotgan hodisaga baho berishda subyektivlik nuqtai nazaridan yondashish talab etiladi. Boshqacha aytganda har bir etnik guruh, diniy jamoa, mavjud ijtimoiy – siyosiy tizim, davlat о‘zining subyektiv manfaatlari nuqtai nazaridan kelib chiqib qaragani ma’qul kо‘rinadi. Agar biz О‘zbekiston Respublikasinng “terrorizmga qarshi kurash tо‘g‘risda” gi qonunida terrorizmga berilgan ta’rifga e’tibor qaratsak bu jihatlar ma’lum bir tarzda kо‘zga tashlanadi: “... terrorizm — siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy obyektlarning yо‘q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni kо‘zlab ig‘vogarliklar qilishga, aholini qо‘rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, О‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zо‘rlik, zо‘rlik ishlatish bilan qо‘rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar. Shunday ekan ushbu ta’rifni boshqalariga nisbatan mukammal talqin deb hisoblash mumkin bо‘ladi.



Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling