Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi
О‘zbekiston Respublikasida diniy qadriyatlarga erkinlik berilishi
Download 1.7 Mb.
|
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ
3. О‘zbekiston Respublikasida diniy qadriyatlarga erkinlik berilishi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin xalqimizning ma’naviy va madaniy merosiga, tarixiga, ona tilimizga munosabat tubdan ijobiy tomonga о‘zgardi. Bizning mamlakatimizda diniy qadriyatlarga erkinlik berildi. Muborak istiqlolimiz tufayli kо‘p yillar quvg‘inda bо‘lgan dinimiz yana ravnaq topa boshladi. Jumladan, siyosiy dunyoqarashlar erkinligi, xurfikrliligi, diniy tashkilotlar faoliyatining rivoj topishiga zamin yaratdi. Musulmonlar uchun turli xil adabiyotlar chop etildi. Gazetalar, jurnallar sahifalarida, zangori ekranda Islom dinining yetuk vakillari о‘z maqolalari va suhbatlari bilan ishtirok etdilar. Taqvodorlarning jamoa bо‘lib toat-ibodat qilishlari uchun qishloq va mahallalarda masjidlar barpo etildi. Agar О‘zbekistonda mustaqillikka qadar 90 ga yaqin masjid bо‘lgan bо‘lsa, hozir ularning soni 3000 tadan oshib ketdi. Farg‘ona viloyatida istiqlolga qadar bor-yо‘g‘i 3 ta Jome’ masjidi qonuniy rо‘yxatdan о‘tgan bо‘lsa, hozir bunday masjidlar 200 dan ortiqroq. Namangan viloyatida ham mustaqillikkacha atigi uchta masjid bо‘lgan bо‘lsa, hozirgi davrda 1300 dan ortiq masjidlar faoliyat kо‘rsatmoqda. Masjidlarning kо‘pi juda katta mablag‘ evaziga qurilgan bо‘lib, moddiy jihatdan yaxshi ta’minlangan.
Masjidlar qayerda va qanday qurilishi kerak? qancha musulmonga bitta masjid tо‘g‘ri keladi? har bir mahalla uchun alohida masjid qurish kerakmi? Bu borada Z.Munavvarovning “Xalq sо‘zi” gazetasining 1998 yil 3 mart sonida bosilib chiqqan “Dunyoviy davlat va din” maqolasida keltirilgan quyidagi fikrlar diqqatni о‘ziga tortadi: “Bayon etilgan fikrning isboti sifatida Imom A’zam Abu hanifaning Jome’, masjidlari soni va ularni ta’sis etish tartibi haqidagi tavsiyasini keltirish mumkin. Ul mо‘tabar zotning fikricha, bir shaharda 2 ta Jome’ masjidi faoliyat kо‘rsatishi uchun uning о‘rtasidagi kо‘priksiz katta daryo oqishi, yo bо‘lmasa, musulmonlarning Jome’ masjidiga yetib borishini qiyinlashtiruvchi boshqa bir tabiiy tо‘siq (masalan, tog‘) bо‘lishigina uzrli sabab bо‘lishi mumkin”. Ushbu tavsiyalar musulmonlar jamoasi orasidagi hamfikrlik va yakdillikni kо‘z qorachig‘idek asrab-avaylash va ta’minlashda Jome’ masjidlarining alohida о‘rni borligini ta’kidlab turibdi. Darhaqiqat, Jome’ masjidlari sonining uzluksiz ortib borishi, ayrim hollarda xalqimiz diniy an’analari uchun yot bо‘lgan kо‘rinishlarning ham namozxonlar orasida tarqalishiga sharoit yaratib bermoqda. Misol uchun о‘tgan asrning 90-yillari oxirida vahhobiylikka xos bо‘lgan g‘oyalardan oziqlangan diniy oqimlar kengroq tarqalgan Namangan viloyatida – 164, Namangan shahrining о‘zidagina 25 Jome’ masjidi faoliyat kо‘rsatgan, ba’zan ularda о‘qilayotgan xutbalarda bir xil masalalarning turlicha talqin etilishi, oddiy namozxonlarni sof diniy ibodatdan chalg‘itadigan siyosiylashgan g‘oyaviy oqimlarga kirishib ketish hollari yuz berdi. Hozirgi vaqtda albatta, Imom A’zamning “bir shaharda - bir Jome’” haqidagi tavsiyasini hayotga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri tatbiq etishga da’vat etish mumkin. О‘rta asrlardagi shahar tushunchasi bilan zamonaviy shaharlar о‘rtasidagi farqni ham barcha yaxshi idrok etadi. Biroq ul zotning tavsiyasi zamirida yotgan oliy hikmat – Jome’ masjidlar sonining kim о‘zarga kо‘payishi natijasida diniy bilimlari sayoz, bundan ham yomonrog‘i – dindan g‘arazli maqsadlarda foydalanishdan ham toymaydigan kimsalar oddiy musulmonlarni sof diniy ibodatdan chalg‘itmasligi, ular orasida ixtiloflar chiqarmasligiga qaratilganligini yana bir karra ta’kidlash joiz. Mustaqil mamlakatimizda muqaddas qadamjolarni tiklashga alohida e’tibor bilan qaralmoqda. Diniy ta’lim beruvchi madrasalar, Oliy Islom bilimgohi faoliyat kо‘rsatmoqda. Musulmonlarning asosiy qismi haqiqiy demokratik dunyoviy jamiyat qurish rejasini qat’iyat bilan amalga oshirayotgan davlatimiz tomonidan e’tiqod erkinligini ta’minlashga qaratilgan qulay imkoniyatlardan ongli foydalanilmoqda. Muborak Haj va Umra ibodatlariga aynan shu dunyoviy jamiyatni barpo etishni bosh maqsad qilib qо‘ygan davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyozli imkoniyatlar tufayli borib kelmoqdalar. Ammo bu yengilliklardan, imtiyoz va sharoitlardan ba’zi bir Islomdan yetarlicha xabari bо‘lmagan chalamullalar esankirab qoldilar. Ular demokratik davlatda xohlagan ishni qilish mumkin, deb о‘ylab, fuqarolar о‘rtasida ig‘vogarona, jangarilikka chorlaydigan diniy ta’limni kuchaytirib yubordilar. Ba’zi g‘alamislar diniy ta’lim jarayonida siyosatga aralashishni, kelgusida о‘zlarini davlat mansablarida kо‘rishni orzu qilib, turli maktablarda buni tashviqot qila boshladilar. Diniy saboq berish hamma joyda avj oldi. Ayniqsa, Namangan viloyatida bu narsa ommaviylashdi. Qonunga muvofiq musulmonlar idorasi ijozatisiz, Adliya vazirligi tomonidan rо‘yxatga olinmagan muassasalar va shaxslarning diniy saboq berishlariga ruxsat etilmaydi. Shuningdek, din davlatdan va maktabdan ajratilgan. Binobarin, о‘quvchi yoshlarga maktabdan bо‘sh paytlarida diniy mashg‘ulotlarga qatnashishlariga ruxsat etilgan. Lekin shunga qaramasdan, ayrim yoshlarning maktabdagi darslarini qoldirib, masjid-larga qatnayotganligi, qonunga xilof ravishda diniy tahsil olayotganliklari, kо‘cha-kо‘yda chalasavod mullalar tomonidan xurofot ham targ‘ib etilayotganligidan tashvishlanmaslik mumkin emas. Chunki о‘tmishda bizning ma’naviy merosimizga ta’sir kо‘rsatgan, nihoyatda teran о‘rta asrlar Islom falsafasini о‘rganish о‘rniga, johillik va tarixan eskirgan turmush qoidalarini kо‘r-kо‘rona о‘zlashtirib olgan kimsalardan olingan saboq yoshlarning dunyoviy bilimlardan bezdirishi, taraqqiyot yо‘lida qiyinchiliklar tug‘dirishi tabiiydir. Vaholanki, Islom dini musulmonlarga taraqqiyot yо‘lidan yurishni farz qilgan, kishilarni ilmga undagan. Olloh Qur’oni Karimda shunday deydi: “Aytgin, ilmlilar bilan ilmsizlar teng bо‘la oladilarmi, albatta bu haqda faqat aqlli kishilargina eslaydilar” (“Zumar” surasi, 9-oyat). Buning yaqqol isbotini Islom olamida tarbiyalangan buyuk mutafakkirlarimiz: Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va boshqa о‘nlab allomalarning ijtimoiy – tabiiy fanlar sohasida dunyo ilm ahlini hayratda qoldirgan beqiyos kashfiyotlari misolida kо‘rishimiz mumkin. Ba’zan Ramazon va qurbon xayitlarida qabrlar qarshisida nimaningdir ilinjida qur’on oyatlaridan о‘qib о‘tirgan yosh bolalarni kо‘rib, ularga saboq bergan “xonaki” mullalardan ranjiysan kishi. Nahotki, ular Qur’oni Karimdagi “Albatta kо‘p odamlar ilmsizligi tufayli xavoi nafsga berilib yо‘ldan adashadilar” (“An’om” surasi 119-oyat) oyatidan bexabar bо‘lsalar. Ular Islom dinida diniy tariqatlardan moddiy manfaatdorlik yо‘lida foydalanish qoralanishini, sunniy mazhabining asoschisi Imom A’zam (Abu hanifa an-Nо‘mon ibn Sabot) hazratlari mо‘yna va sholfurushlik qilganini, hazrati Bahouddin Naqshband hunarmandchilik orqasidan kun kechirganligini ham bilishmas, balki. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling