Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi


Guruh manfaatlar, qarashlar, kasbiy, faoliyat tarzi bo‘yicha birlik va umumiylik kasb etgan shaxslar yig‘indisi, birlashmasi. Davlat


Download 1.7 Mb.
bet64/77
Sana18.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1211500
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   77
Bog'liq
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ

Guruh manfaatlar, qarashlar, kasbiy, faoliyat tarzi bo‘yicha birlik va umumiylik kasb etgan shaxslar yig‘indisi, birlashmasi.
Davlat – muayyan hududda jamiyat va uning siyosiy tizimini tashkil etish usuli, hokimiyatning markaziy instituti, jamiyatning siyosiy tashkiloti bo‘lib, ma’lum bir hudud va unda yashovchi xalqlarni o‘z ichiga oladi. Jamiyatni boshqaruvga tizim sifatida Davlat ichki tizimga o‘z vakolatlarini amalga oshirish uchun maxsus organlarga ega. Davlat odamlar va jamoat guruhlarining faoliyati hamda munosabatlarini tashkil etadi, ularni yo‘naltiradi va nazorat qiladi.
Daxldorlik hissi– fuqarolarning tug‘ilgan joyi, ona Vatani, mustaqillikni anglash, uni asrab-avaylash, himoya qilish, uni yanada rivojlantirishga chorlaydigan, shart-sharoit, omillar majmui.
Demokratik institutlar – bu, davlat va jamiyatda demokratik tuzumni shakllantiruvchidemokratik tamoyillarni amalga oshirishning tashkiliy shakllari hisoblanadi.
Demokratik institutlar jamiyat hayotida demokratik tamoyillarni qaror topishga xizmat qiladigan tashkilotlar va tuzilmalar majmuasi.
Demokratik kuchlar bloki–parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etish maqsadida o‘zdasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holdabir nechta siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar o‘z sa’yharakatlarini birlashtirishi.
Demokratiya (yunoncha, ―demos – xalq, ―kratos – hokimiyat) – xalq hokimiyati ma’nosini anglatib, xalqni hokimiyat manbai, deb biluvchi siyosiy tizimni shakli. Demokratiya insonni har tomonlama barkamol rivojlanishi uchun berilgan imkon bo‘lib, davlat Konstitutsiyasida ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi tamoyili rasmiy e’lon qilindi, hamda fuqarolarning erkinligi teng huquqligi e’tirof etildi. Demokratiya har bir davrning ijtimoiy – iqtisodiy sharoitlariga mos shakllanib, rivojlanib boruvchi chegarasiz tabiiy – tarixiy jarayondir.
Diaspora – yun. diaspora -tarqalish ma’nosida bo‘lib, ma’lum bir davlat hududida yashovchi, ammo boshqa bir davlatda o‘z davlat tuzilmasiga ega, ma’lum bir xalq millat vakillarining yig‘indisi (masalan O‘zbekistonda yashovchi rus, ukrain millatining diasporasi).

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling