Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi


Bill – ingl. Buyuk Britaniya, AQSH va boshqa davlatlarda qonun chiqaruvchi tashkilot e’tiboriga havola qilinuvchi qonun loyihasi. Bipartizm


Download 1.7 Mb.
bet62/77
Sana18.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1211500
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   77
Bog'liq
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ

Bill – ingl. Buyuk Britaniya, AQSH va boshqa davlatlarda qonun chiqaruvchi tashkilot e’tiboriga havola qilinuvchi qonun loyihasi.
Bipartizm – ijtimoiy sheriklikning ikki subekti o‘rtasidagi kelishuv
Bunyodkor g‘oya — jamiyatni taraqqiyot sari yetaklovchi, turli guruh va qatlamlarni, millatlarni ezgu maqsad yo‘lida birgalikda harakat qilishga undovchi, amalga oshirishning real asoslari bo‘lgan g‘oya.
Vayronkor (buzg‘unchi) g‘oya — yovuzlik va jaholatga, ayrim jinoyatkor kuchlarning hukmronligini o‘rnatishga xizmat qiladigan, insonlar, millatlar va jamiyatning mustaqilligiga, erkinligiga, ijodkorligiga zid bo‘lgan g‘oyalar majmuini ifodalovchi tushuncha.
Vatan ( arabcha ―Vatan – ona yurt ) – kishilarning yashab turgan, ularni avlod va ajdodlari tug‘ilib o‘sgan joyi, hududi, ijtimoiy muhiti, mamlakati. Vatan bir-birini taqozo etuvchi tashqi muh it va ichki kechinmalar hamda tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Tashqi muhit nuqtai nazaridan Vatan kishi yoki avlodlar tug‘ilib o‘sgan va kamol topgan joy,
Vatan ravnaqi – milliy istiqlol mafkurasining Islom Karimov tomonidan asoslab berilgan g‘oyalaridan biri. Prezidentimiz Vatan ravnaqi g‘oyasini ilgari surar ekan, uning mazmunini har bir kishining manfaatlarini yurt manfaatlari bilan uyg‘unlashtiruvchi, uni xalq baxtsaodati yo‘lida xizmat qilishga undovchi bunyodkor g‘oyadir deb ta’riflaydi. Zero, u milliy istiqlolning oliy maqsadi O‘zbekistonda yashayotgan barcha fuqarolarning el-yurt kamoli bilan bog‘liq orzu-umidlarini amalga oshirishni ifodalaydi.
Vatanparvarlik – Vatanining ozodligi va obodligi, uning sarhadlari daxlsizligi, mustaqilligining himoyasi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatib yashash, ona xalqining or-nomusi, shon- sharafi, baxtu saodati uchun kuch-g‘ayrati, bilim va tajribasi, butun hayotini baxsh etishdek dunyodagi eng muqaddas va olijanob faoliyatni anglatadigan insoniy his-tuyg‘udir. Vatanparvarlik ona-yurtning, xalqning tarixi va taqdiriga chuqur hurmat bilan qaraydigan, Vatan manfaatlari yo‘lida fidoiylik namunalarini ko‘rsatishga qodir bo‘lgan shaxslarga xos fazilat.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling