Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi


Verbal – (lot.) og‘zaki; bunda siyosiy ishtirokni shaxsning subektiv jihatiga bog‘liq emasligiga ishora qilinmoqda. Veto


Download 1.7 Mb.
bet63/77
Sana18.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1211500
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   77
Bog'liq
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ

Verbal – (lot.) og‘zaki; bunda siyosiy ishtirokni shaxsning subektiv jihatiga bog‘liq emasligiga ishora qilinmoqda.
Veto – (lot. taqiqlayman) davlat boshlig‘i yoki parlament oliy palatasining qonun chiqaruvchi tashkilot qabul qilgan qonunni kuchga kirishini bir muddatga to‘xtatib qo‘yish yoki uni kuchga kiritmaslik huquqi: mutloq veto, kechiktiruvchi veto.
Vijdon erkinligi – ijtimoi-falsafiy tushuncha; har kimning o‘z e’tiqodiga ko‘ra, mazkur jamiyatda mavjud ijtimoiy meyorlarni buzmagan holda vijdoni buyurgani bo‘yicha yashash, ishlash imkoniyati. Bunda dinga munosabat masalaning bir tomoni hisoblanadi.
Vijdon erkinligi – fuqarolarning istagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqi.
Genezis yunon. genesiskelib chiqish; paydo bo‘lish, tashkil topish jarayoni.
Gildiya tizimi – (nem. korporatsiya) elitalarni shakllantirish tizimlaridan biri. Unga 1) yepiklik, yuqori lavozimlarga elitaning quyi qatlamlaridan nomzod tanlash, yuqoriga siljishning pog‘onaviyligi; 2) lavozimlarni egallash uchun ko‘plab rasmiy shartlarning mavjudligi; 3) tanlovni alohida imtiyozli kichik guruh amalga oshirishi; 4) mavjud yetakchi tipini tiklashga, yaratishga, saqlab qolishga harakat qilinishi sigarilar xos.
Gipotetik – faraz qilingan, taxmin qilingan.
Global fran. global-umumiy); umuman olganda, butun yer yuzi bo‘ylab.
G‘oya – inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga kuchli ta’sir o‘tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari yetaklaydigan kuchli, teran fikr
G‘oyaviy bo‘shliq deb, eski xukmron mafkura halokatga uchrab, u bilan bog‘liq tushunchalarning qadrsizlanishi, bugungi hayot, o‘tmish va kelajakka dahldor qadriyatlar, tushuncha va tasavvurlarni to‘liq anglab yetmasligi oqibatida odamlarning qalbi va ongida vujudga keladigan bo‘shliqqa aytiladi.
Gumanizm (insonparvarlik) – tenglik, adolat, o‘zaro hurmat, inson qadrini ardoqlash, odamlar farovonligi uchun g‘amxo‘rlik qilish g‘oyalari singdirilgan dunyoqarash.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling