Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi
Download 1.7 Mb.
|
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Egalitarizm
- Empirizm
- Yurt tinchligi
Huquqiy madaniyat – umumiy madaniyatning muhim qismi. Huquqiy madaniyat tarixan asta – sekin shakllangan ijtimoiy voqea bo‘lib, hozirgi davrda ilg‘or huquqiy davlatlarning va ularning fuqarolarining zaruriy xislati va taraqqiyot omiliga aylangan.
Evolyutsiya (lotin tilidan tarjimasi – boshlash, vujudga kelish) – tizimning rivojlanish jarayonini anglatadigan tushuncha bo‘lib, birinchi galda jamiyatga xosdir. Unga ko‘ra, jamiyatda asta-sekin yuz berayotgan o‘zgarishlar tizimga, uning tuzilmalari tashkil qilinishi va funksiyalari sifatli o‘zgarishiga olib keladi. Egalitarizm fran. egalite-tenglik; umumiy tenglashtirishni jamiyatni tashkil etishning prinsipi g‘oyasiga asoslangan ijtimoiy-siyosiy fikr yo‘nalishlaridan biri. Elat bir tilda so‘zlashuvchi, o‘ziga xos madaniyati mavjud bo‘lgan va ma’lum hududda yashaydigan hamda muayyan maqsad asosida birlashgan va o‘z tuzilmasiga ega bo‘lgan ijtimoiy-tarixiy birlik tushuniladi. Elat — kishilarningtil, hudud, iqtisodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib topgan birligi. Empirizm yunon. emperia-tajriba; tajribani bilishning birdan-bir vositasi, deb tan oluvchi ta’limot. Etnos – yun. ethnos xalq, qabila, to‘da, kishilar guruhi, irq ma’nolarni anglatadi. Yuksak ma’naviyat – inson ma’naviyatining eng yuqori darajasi bo‘lib, u insonlarni eng ezgu va ulug‘ maqsadlarga yo‘naltirishga xizmat qiladigan ona Vatan baxti iqboli yo‘lida buyuk jasoratga chorlaydigan yengilmas kuchdir. Yurt tinchligi – milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri, mamlakat barqaror taraqqiyotining asosiysharti. Yakka shakldagi manfaat bir kishining ehtiyojlarini ifoda etuvchi manfaatlar majmuidir Yashillar ekologik siyosatni amalga oshirish trafdori bo‘lgan, tabiiy muhitni sog‘lomlashtirish va himoyalashni asosiy maqsad qilib olgan jamoatchilik harakati yoki siyosiy partiya. ISESCO Islom Konferensiyasi tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha muassasi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling