Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi


Download 1.7 Mb.
bet74/77
Sana18.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1211500
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Bog'liq
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ

Fuqarolik mas’uliyati – qonun ustivorligini tan olish va har bir shaxsning ijtimoiy hayotni takomillashtirish jarayonida ishtirok etish vazifasini teran his qilish.
Funksiya lot. functio-faoliyat, o‘tash, bajarish; faoliyat, majburiyat, ish, tayinlash, burch, vazifa, topshiriq.
Xalq (arab. yaratilgan jonzot, odamlar) – keng ma’noda, muayyan mamlakatning barcha aholisi, tor ma’noda, tarixiy-etnoijtimoiy birliklarning turli shakllari, chunonchi, millat, elat, etnik birlik, urug‘ va boshqalarni ifoda etuvchi tushunchadir. Xalq birinchi marta xalqaro huquq subekti sifatida 1945 yili BMT Ustavida "Xalqlarning tengligi va o‘z taqdirini o‘zi belgilash" tamoyilining mustahkamlanishi natijasida tan olingan.
Xalq farovonligi – milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri. Xalq farovonligi harbir shaxs va oila farovonligi bilan bog‘liqdir. Bunda insonning shaxsiy manfaatlari jamiyat manfaatlari bilan uyg‘unlashib ketadi va har bir fuqaroning farovonligi butun jamiyat farovonligidir, degan tamoyil amalga oshadi.
Xartiya – (yun. qog‘oz, yorliq) o‘rta asrlarda ommaviy huquqiy siyosiy xarakterdagi xujjat bo‘lgan. Hozirgi xalqaro huquqda deklaratsiyaning sinonimi. U – majburiy kuchga ega bo‘lmagan, umumiy tamoyillar va maqsadlarni ifoda etuvchi xujjat.
Hamkorlik siyosati – xalqaro siyosat subektlarining birgalikdagi siyosiy harakatlarda vujudga keladigan masalalar yuzasidan yagona nuqtai nazarlarni ishlab chiqishida ifodalanuvchi munosabat turlaridan biri. Unga ko‘ra tomonlar o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishlarida mustaqillikni saqlab qolgani holda qarashlar mos tushuvchi amaliy masalalarda birgalikda faoliyat ko‘rsatadilar. Masalan, gitlerchi Germaniyasiga qarshi davlatlar hamkorligi.
Harakat ma’lum maqsadlarga erishishga yo‘nalgan ijtimoy-siyosiy faoliyat; birlashma, tashkilot.
Huquq davlat qonunlari bilan beriladigan erkinlik, harakat qilish imkoniyati, nimanidir amalga oshirish yoki nimadandir foydalanish, nimagadir egalik qilish; jamiyatdagi munosabatlarni, kishilar va ularning harakati va xulqini muvofiqlashtirish, davlat va jamiyat organlarini yashashini ta’minlashga imkoniyat berish maqsadlarida davlat tomonidan o‘rnatilgan va himoya qilinadigan umum majburiy ijtimoiy meyorlar va qoidalar.
Huquqiy davlat huquq, Konstitutsiya va Qonun hukmronlik qiladigan davlatdir. Davlat va uning institutlari, mansabdor shaxslar jamiyat va fuqaro oldidagi o‘z ma’suliyatlarini his
ilishlari, o‘z navbatida jamiyat va fuqaro, uning tashkilotlari davlat oldidagi ma’suliyatlarini his qilishlari kerak. Bu ma’suliyatni oshirish orqali huquqiy demokratik davlat shakllantiriladi va rivojlantiriladi hamda bu jarayon uzoq muddatni talab etadi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling