Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi


Mustaqil О‘zbekiston taraqqiyotiga tahdid soluvchi boshqa diniy-siyosiy harakatlar


Download 1.7 Mb.
bet35/77
Sana18.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1211500
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   77
Bog'liq
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ

Mustaqil О‘zbekiston taraqqiyotiga tahdid soluvchi boshqa diniy-siyosiy harakatlar. Xalqimiz mustaqillikka erishgandan sо‘ng vijdon erkinligining amalda tо‘liq ta’minlanishi, din va diniy qadriyatlarning tiklanishi uchun barcha shart-sharoitlarning yaratilganligidan foydalangan ayrim kimsalar din niqobi ostida zararli g‘oyalarni tarqatish uchun turli diniy-siyosiy guruhlar tuzib mamlakatimiz taraqqiyotiga tahdid solishga urindilar. Bular qatoriga «Akromiylar», «Nur» chilar, «Tavba», «Islom lashkarlari», «Adolat», «Islom uyg‘onish partiyasi» kabilar kiradi. Endi shular haqida qisqa fikr yuritamiz.
«Akromiylar» islomdagi diniy-siyosiy harakat. 1997-1999 yillarda Farg‘ona vodiysida paydo bо‘lgan. Uning asoschisi 1960 yilda Andijonda tug‘ilgan Akrom Yо‘ldoshevdir. U vahhobiylik oqimiga tayanib 1992 yilda 12 darsga mо‘ljallangan «Imonga yо‘l» deb nomlangan dasturni ishlab chiqqan. Bu harakat vakillari faqat Allohgagina e’tiqod qilib, Payg‘ambarimizga iymon keltirmaydilar. Ular bugungi mavjud tuzumni tan olmaydilar. Harakat a’zolari davlat, qonun, ota-onaga emas, faqat oqim sardorlariga bо‘ysunish lozim deb hisoblaydilar. Ularning pirovard maqsadi islom davlatini qurishdir. Akromiylar siyosiy hokimiyatga erishishning 5 bosqichini rejalashtirganlar: 1. «Sirli» yoki «maxfiy»; 2. Moddiy. 3. Ma’naviy. 4. «Uzviy maydon»; 5. Tо‘ntarish. Dasturda diniy taassubga moyilligi bor shaxs tanlab olinishi, uning moddiy hayoti yaxshilanishi, ekstremizm, terrorchilik ruhidagi adabiyotlar bilan tanishtirilishi, boshliqning topshiriqlarini sо‘zsiz bajarishi va nihoyat mavjud konstitusiyaviy tuzumni ag‘darib tashlab, о‘z hokimiyatlarini о‘rnatishi bayon etilgan. Akromiylar hozirgi kunda musulmonlarga namoz, rо‘za, zakot, haj amallari farz emas, chunki biz kufr davlatida yashamoqdamiz, deb da’vo qiladilar. Toki islom davlati qurilmaguncha, mazkur ibodatlarni bajarish shart emas deb hisoblaydilar. О‘zbekiston musulmonlari bu oqimni islomga yot oqim deb baholadi. Oqim xalqning keskin qarshiligiga uchrab, faoliyati barxam topdi.
«Nurchilar» diniy-siyosiy oqimi g‘oyalarining mamlakatimizga kirib kelishi 1992 yillardan boshlab kuzatilgan. Bu oqim asoschisi turkiyalik Said Nursiy bо‘lib, maqsadi mavjud hokimiyat uchun qarshi chiquvchi о‘ta diniy-mutaassib, fanatik kishilarni tarbiyalashdan iborat.
Dastlab oqim g‘oyalari turkiyalik ekstremistlarning moddiy va ma’naviy yordamida yoshlarimiz ongiga etkazilgan. Oqim ayniqsa Termiz va Denov shaharlarida keng tarqalgan bо‘lib, kо‘rilgan choralar natijasi о‘laroq ularning payi о‘z vaqtida qirqildi. Hozirgi kunda ular mahfiy tarzda harakat olib bormoqdalar.
«Nur» chilar diniy bilim berish yо‘li bilan islom aqidaparastligini avj oldirish yо‘lini tutadilar.
Mustaqilligimizning dastlabki yillarida О‘zbekistonda faoliyat kо‘rsatgan ekstremistik ruhdagi harakatlardan biri «Tavba» sanaladi. Unga Ozarbayjonda Xoji Abdullo asos solgan. О‘zbekistonda bu harakatga namanganlik Abduvali Yо‘ldoshev va Isxoq Jabborovlar rahbarlik qilgan.
Harakatning maqsadi «vahhobiylik»ni qо‘llab-quvvatlash, aholi о‘rtasida mavjud tuzumga qarshi targ‘ibot ishlari olib borish, jangarilarni tayyorlash, ularni moddiy jihatdan rag‘batlantirib turish, pirovardida hokimiyatni terror yо‘li bilan egallashdir. Ular turli talon-taroj va terror, qо‘rqitish, bosim о‘tkazish yо‘li bilan mablag‘lar topib о‘z moddiy ehtiyojlarini qondirganlar. Bu yо‘lda Farg‘ona vodiysi hokimiyat organlari xodimlariga va aholiga bir qator og‘ir vaziyatlar yetkazganlar. Mazkur harakat davlatimizning tezkor harakati natijasida о‘z vaqtida tugatildi.
1989-1991 yillarda О‘zbekistonda «Islom uyg‘onish partiyasi» faoliyat kо‘rsatgan. Bu partiyaning asosiy maqsadi – musulmon davlati barpo etish. Ana shu partiya ayni Tojikistonda tartibsizliklarni keltirib chiqarib, kо‘plab kishilarning hayotlariga zomin bо‘ldi.
«Islom lashkari», «Adolat» kabi oqimlar 1990-1992 yillarda Namangan viloyatida Abdulla О‘tayev, Toxir Yо‘ldoshev kabi vatanpurushlar boshchiligida faoliyat kо‘rsatgan. Ular 100-120 kishidan iborat 60 dan ortiq guruhlar tashkil etgan. О‘sha kezlari «Adolat» harakati faollari drujinalar tuzib, kechki payt о‘z mahallalaridan tashqarida yurgan erkaklarni tо‘xtatib ularga nisbatan tajovuzlar qilishgan. Ichkilikka qarshi kurash bahonasida begunoh odamlarni masjidlar oldidagi ustunlarga bog‘lab qо‘yishdek bedodlikka borishgan. Bu harakat faoliyati 1992 yil mart-aprel oylarida tugatilgan.
Yuqorida Islom dinidagi «Vahhobiylik», «Hizbut - tahrir» oqimlari, «Akromiylar», «Nur» chilar, «Tavba», «Islom lashkarlari», «Adolat», «Islom uyg‘onish partiyasi» va boshqalarning mohiyati, mazmuni va maqsadlari haqida baholi-qudrat fikr yuritdik. Islomda yuzaga kelgan bunday oqim va harakatlar qanday kо‘rinishda bо‘lmasin ularning asl maqsadi nimalardan iboratligini umumlashtirib quyidagilarni aytish mumkin: «Barchamizga ayon bо‘lishi kerakki, g‘animlarimizning asosiy niyati – О‘zbekistonda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni, jamiyatimizdagi bunyodkorlik muhitini, bugun biz barpo etayotgan farovon va osuda hayotini buzish, tobora kuchga kirayotgan davlatimizni ag‘darish, tanlangan yо‘limizdan qaytarishdir. Odamlarimizning yuragiga vahima va qо‘rquv solish hisobidan ularning ertangi kunga bо‘lgan ishonchini yо‘qotish, bir-biriga qarshi qо‘yish, yurtimizda, mintaqamizda о‘z manfaati, о‘z siyosatini о‘tkazishdan iborat».
Bizning vazifamiz hamisha ogoh va sergak bо‘lishdan iborat. Hech qachon Islom dini ota-bobolarimiz dini ekanini, u biz uchun ham imon, ham ahloq, ham diyonat, ham ma’rifat ekanini yoddan chiqarmasligimiz, uni yuksak qadrlashamiz lozimligini esdan chiqarmaylik. Dinga hurmat va e’tiqod biz uchun о‘lmas qadriyat bо‘lib qolmog‘i lozim.



Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling