Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi
Markaziy Osiyoda yetakchi davlatlarning strategik manfaatlari
Download 1.7 Mb.
|
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ
2. Markaziy Osiyoda yetakchi davlatlarning strategik manfaatlari. Markaziy Osiyo mintaqasi atrofidagi geosiyosiy jarayonlar sobiq ittifoq parchalangach mana bir necha о‘n yillik tarixni bosib о‘tdi. Jahon siyosatining subyektlari bо‘lgan Markaziy Osiyo davlatlariga bо‘lgan qiziqishlari, nafaqat qiziqishlari balki bu mintaqada ustuvor imkoniyatga ega bо‘lish uchun kurash boshlandi. Bu ustuvor mavqe uchun kurashda bir tomondan qachonlardir mavqeni boy bergan Rossiya, ikkinchi tomondan ulkan sanoatga ega bо‘lgan Xitoy, uchinchi tomondan mintaqani о‘zining ajralmas qismi deb hisoblovchi islom dunyosi va tо‘rtinchi tomondan qator xizmatlarning eng katta iste’molchisi hisoblangan G‘arb dunyosi faol kirishmoqda. Shunday holatda, ushbu tomonlarning mintaqa davlatlari rivojlanishiga ta’sirining nisbati doimo sezilarli о‘zgarishlarga duchor bо‘lib turdi. Bu davr endigina mustaqillikka erishgan Markaziy Osiyo davlatlarining mustahkamligini sinash davri bо‘ldi.
Shu munosabat bilan shuni ham ta’kidlab о‘tish lozimki, Markaziy Osiyo faqatgina mintaqada geosiyosiy tenglik va barqarorlik saqlanib qolgandagina bir maromda rivojlanishi mumkin. Shuning uchun mintaqada xavfsizlik ta’minlanishining asosiy ustivor yо‘nalishi mintaqa davlatlarining kuch markazlari ta’siri orbitasiga kirib qolishni neytrallashtirish, islom radikalizmi g‘oyalari tarqalishi, mintaqaviy konfliktlar, separatizm kabi tahdidlarni bartaraf etish hisoblanadi. Dastlabki davrlarda yetakchi kuch markazlarining Markaziy Osiyoga bо‘lgan manfaatlari asta-sekin rivojlanib bordi. Bu davrda aksariyat davlatlar mintaqa davlatlari va uning iqtisodiy potensiali, mintaqaning geosiyosiy istiqboli haqida tizimli tasavvurga ega emasdilar. Shuning uchun bu davlatlarning mintaqadagi siyosati bilvosita xarakter kasb etib, ularning mintaqaga nisbatan manfaatlari shakllanish bosqichida turardi. AQSH bu davrda asosan ikkita masalada о‘z xavotirini bildirgan. Birinchisi, mintaqada (Qozog‘iston) yadro qurolining mavjudligi; Ikkinchisi, mintaqada antiamerikacha, ya’ni islom yо‘nalishidagi siyosiy rejimlarning shakllanishi. Shuning uchun, AQSH ning dastlabki asosiy maqsadi mintaqadagi yadro qurolini yо‘q qilish va yadroviy texnologiyalar elementlarini boshqa davlatlarga sotilishiga yо‘l qо‘ymaslikdan iborat edi. Shu bilan birga, ushbu maqsad sari intilishda AQShning mintaqaga bо‘lgan manfaati asta sekinlik bilan kamayib bordi. AQShning Markaziy Osiyo mintaqasida antiamerikacha g‘oyani tarqalishi borasidagi xavfsirashlari mintaqa davlatlari siyosiy rejimlarining dunyoviy yо‘nalishdan borishi va Rossiya ning mintaqada zaifligi oqibatida vaqt о‘tishi bilan yо‘qolib ketdi. О‘tgan asrning 90 yillari о‘rtalaridan Markaziy Osiyo mintaqasi AQSH uchun chekka zona sifatida qiziqish uyg‘otadigan mintaqadan jahondagi strategik mintaqaga aylanib ulgurdi. Bunday qiziqish ikkita jihat bilan izohlanadi: birinchidan, Markzaiy Osiyoning Rossiya – Xitoy – Fors – Hind yarim orolini tutashtirib turuvchi muhim geostrategik nuqta ekani bilan izohlanadi; ikkinchidan, mintaqaning tabiiy zahiralari, energoresurslari, shuningdek transport-kommunikativ imkoniyatlari. Oradan ma’lum bir vaqt о‘tgach Markaziy Osiyo davlatlarida barqarorlik qaror topdi, qator sohalarda iqtisodiy yuksalish ta’minlandi, mamlakatlar о‘zlarining harbiy-mudofaa tizimini mustahkamlab olishdi. Shunday ekan boshqa yetakchi geosiyosiy kuchlar singari Amerika Qо‘shma Shtatlari ham Markaziy Osiyoda о‘z manfaatlariga ega bо‘lgan davlatlardan biri hisoblanadi. AQSH Markaziy Osiyoni Rossiya , Hitoy, Eron bilan chegaradosh bо‘lgan va Pokiston va Hindiston bilan iqtisodiy, ijtimoiy aloqalari ortib borayotgan muhim strategik mintaqa sifatida qaraydi. AQShning Markaziy Osiyodagi manfaatlarini tizimlashtirgan xolda quyidagi tartibda berish mumkin: Afg‘oniston muammosini hal qilishda mintaqaning imkoniya tlaridan keng foydalanish; kelajakda Kaspiy regionidagi energetik resurslar ustidan nazorat о‘rnatish; Eronni nazorat qilish uchun Markaziy Osiyo davlatlari siyosati va iqtisodiga aralashuvini cheklash. Shuningdek Eronni izolya siya da ushlab turish; AKSH manfaatlariga zid keluvchi (uning domenantligini yо‘qqa chiqaruvchi) davlatlarning (Xitoy, Rossiya) yoki ular guruhining mintaqaga ta’sirini kamaytirish; MO xududidan harbiy bazalar tashkil qilishga erishish; AQSH sanoati uchun yangi iste’mol bozorini yaratish va shu kabilar. AQSH da sodir etilgan 2001 yil 11 sentabr voqealaridan keyin Afg‘onistonga xalqaro koalitsion kuchlar kiritildi. Albatta AQSH ning bu о‘lkada barqarorlik о‘rnatishidan manfaatdor bо‘lmagan kuchlar ham topildiki, natijada mintaqada tinchlik о‘rnatish jiddiy qarshilikka duch keldi. Urush harakatlari chо‘zilgach, Vashington tomonidan mamlakatda tinchlik о‘rnatishning yangi muqobil yо‘llari, jumladan siyosiy, iqtisodiy yо‘llaridan foydalanish masalasi ilgari surildi. Bulardan biri “Katta Markaziy Osiyo konsepsiyasi” hisoblanadi34. Bu konsepsiyaga asosan Markaziy Osiyoga (uning iqtisodiy, transport, savdo infrastrukturasi nazarda tutiladi) Afg‘onistonni ham keng integrasiyasini ta’minlash zarur. Shu yо‘l bilan mintaqaning qator iqtisodiy, ijtimoiy muammolarini hal etish imkoni bо‘ladi. Ushbu konsepsiya ning mantaqiy davomi sifatida “Yangi ipak yо‘li” konsepsiyasi ham ilgari suriladi. Uning muhim jihati shundaki Afg‘onistonning Fors – Hind – Markiziy Osiyo – Xitoy о‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarda muhim transport yо‘lagi ekaniga alohida e’tibor qaratiladi. Keyingi paytlarda mintaqada Rossiya va Xitoy mavqeining oshib borishidan AQSH manfaatdor emas. Shunday ekan AQSH tomoni Markaziy Osiyoning Rossiya va Xitoy bilan bо‘ladigan har qanday integrasion loyihalarini qо‘llab-quvvatlamaydi. Buni Xitoy tashabbusi bilan shakllantirilgan SHHT misolida kо‘rish mumkin. Shuningdek AQSH tomoni uzoq yillar davomida Markaziy Osiyo bilan Rossiya о‘rtasida shakllangan qator iqtisodiy munosabatlarga nisbatan muqobil hamkorlik yо‘llarini, transport yо‘laklarini yaratishga harakat qilmoqda. Albatta bu vazifalarning yechimi AQSH ning xalqaro maydondagi geosiyosiy, geostrategik va geoiqtisodiy manfaatlariga mos keladi. Sobiq ittifoq parchalangan paytdanoq hududga Xitoyning ta’siri kuchli bо‘lib kelmoqda. U mintaqa davlatlari, jumladan Rossiya bilan SHHT doirasida hamkorlikni rivojlantirishga asosiy e’tiborni qaratdi. Turli yо‘nalishdagi geosiyosiy jarayonlarni rivojlanishi oqibatida Markaziy Osiyodagi umumiy vaziyat hozirgi kunda tashqi kuchlarning kuchlar balansi bilan xarakterlanadi. Aytish mumkinki, kelajakda yirik kuchlarning mintaqadagi siyosati keyingi davrda ham geoografik diterminizm tamoyiliga, hamda о‘zlarining ichki va tashqi resurslaridan mintaqada qо‘nim topish uchun maksimal ravishda foydalanishga asoslanadi. Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqasida о‘z manfaatlariga ega davlatlardan biridir. Markaziy Osiyo mintaqasi Xitoy tomonidan hayotiy muhim ahamiya tga ega hudud sifatida qaraladi. Bu yerda uning asosan iqtisodiy manfaatlarini e’tibordan chetda qoldirib bо‘lmaydi. Albatta, Markaziy Osiyo Xitoy uchun energiya resurslari manbai sifatida ham, о‘z mahsulotlarini sotilishi uchun bozor sifatida ham, g‘arb bilan aloqalarni olib borishda muhim transport yо‘li sifatida ham muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham, Xitoy quyidagi asosiy milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, о‘z tashqi siyosiy strategiya sini amalga oshirishga harakat qilmoqda: Sharqiy chegaralarida va chegaraviy hududlarida barqarorlikni saqlash (Shinüjon Uyg‘ur Avtonom Respublikasi – ekstremizm, separatizm); qoloq sharqiy hududlarini rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiy rejalarini amalga oshirishga ta’sir etuvchi shart-sharoitlarni yaratish; о‘sib borayotgan ulkan salohiyatli sanoati uchun energiya manbalariga kafolatlangan yо‘lni ta’minlash; MDH va Yevropa bozorlariga chiqish uchun mustahkam transport yо‘laklarini shakllantirish; AQSH ning Markaziy Osiyoda iqtisodiy, siyosiy va harbiy darajadagi hal etuvchi о‘rniga ega bо‘lishiga va bir qutbli tizimga qarshilik kо‘rsatish uchun harakat qiladi. Bugungi kun nuqtai-nazaridan olib qaraydigan bо‘lsak, Xitoy Markaziy Osiyo mintaqasida asosan iqtisodiy manfaatlarga e’tiborni qaratmoqda. SHHT doirasida iqtisodiy hamkorlikda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish, tovarlar, xizmatlar va texnologiyalarning erkin harakatini bosqichma-bosqich rо‘yobga chiqarishga qaratilgan shart-sharoitlar yaratishni rejalashtirgan. Jahon sahnida sо‘ngi о‘n yillikda kechgan voqealar Markaziy Osiyoni dunyoviy kuch markazlarinining, shu qatorda Rossiya ning e’tibori qaratilgan mintaqaga aylanganidan dalolat beradi. Mazkur mintaqa an’anviy ravishda Rossiya Federasiyasining manfaatlari zonasiga kirgani bilan sobiq ittifoq tuzumi yemirilganidan keyingi о‘tgan bir qancha vaqt davomida Rossiyaning Markaziy Osiyoga nisbatan tutgan siyosatida aniq bir yо‘nalish kо‘zga tashlanmaydi35. Biroq, 2001 yil sentabr voqealari va ulardan sо‘ng davom etgan Afg‘onistondagi aksilterror kompaniyasi, sо‘ngra MDH davlatlaridagi rangli inqiloblar tо‘lqini, Markaziy Osiyoga AQSH ta’sirining kuchayishi, Rossiya ning mintaqadagi muhim manfaatlari uchun jiddiy muammolarning vujudga kelayotganligini anglab yetishi, Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan tashqi siyosiy strategiyasini о‘zgarishiga olib keldi36. Markaziy Osiyo mintaqasida Rossiyaning strategik manfaat va rejalari quyidagilardan iborat: Rossiyaning Markaziy Osiyo mintaqasidagi ishtiroki birinchi navbatda, janubiy chegara hududlarini xavfsizligini ta’minlash; noqonuniy qurol va narkotik moddalar tranzitini tо‘sib qо‘yish kabi holatlarga e’tibor qaratish bilan belgilanishi zarur. Rossiyaning Kaspiy havzasida о‘z ta’sirini saqlab qolish va uglevodorod zahiralaridan unumli foydalanish; Mintaqadagi tabiiy zahiralar, gaz, uglevodorod quvurlari va transport-kommunikasiya yо‘llari ustidan nazorat о‘rnatish; Shuningdek о‘z milliy havfsizligini ta’minlashda mintaqa davlatlari imkoniyatlaridan keng foydalanish. Markaziy Osiyo davlatlari bilan Rossiya о‘rtasida oxirgi vaqtlarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy, harbiy sohalarda hamda halqaro terrorizm, diniy ekstremizm, va giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurash borasida integrasion jarayonlar faollashmoqda. Shunday qilib, Rossiya Markaziy Osiyo mintaqasiga geografik jihatdan yaqin joylashganligi va azaldan bu mintaqada о‘z manfaatlariga ega bо‘lganligi sababli boshqa yetakchi davlatlar AQSH, Xitoyga qaraganda kо‘proq imkoniyatlarga ega. Markaziy Osiyo mamlakatlari mustaqillikka erishganlaridan keyin Yevropa Ittifoqi uchun Osiyo qit’asida strategik ahamiyat kasb eta boshladi, chunki ular kо‘pchilik yevropalik mutaxassislar fikricha Yevropa uchun energiya va boshqa tabiiy xom-ashyo resurslarining muqobil manbai bо‘lishi mumkin.1 Mintaqada о‘zining iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan xolda Yevropa Ittifoqi bu yerdagi davlatlardagi о‘zgarishlar jarayoniga muhim ahamiyat beradi. Markaziy Osiyoga nisbatan Yevropa Ittifoqining pozitsiyasi vazminlik bilan xarakterlanadi. Hozirgi vaqtda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyoga bо‘lgan geosiyosiy manfaatlari tez jadallashib bormoqda. Iqtisodiy tomondan mintaqaning Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlariga tо‘sqinlik qiluvchi omillardan bular nafaqat uning masofasi uzoqligida balki, Yevropa va mintaqa marshrutida trasport tariflarining yuqoriligi, tarshrutning Rossiya hududi bо‘ylab о‘tishi, uning alohida hududlarining xavfsiz emasligi, qо‘shni davlatlardagi qarama-qarshiliklarning mavjudligi kabilar hisoblanadi. Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyodagi iqtisodiy manfaatlarini quyidagilarda kо‘radi: bugungi kunda Yevropa mamlakatlari sanoatining gurkirab о‘sishi xom ashyo, eng avvalo uglevodorod xom ashyosi, muqobil energiya va boshqa tabiiy resurslarga ehtiyojini ortishiga sabab bо‘lmoqda; Ukraina mojarosi sababli boshlangan sanksiyalar sabab bu jihatlar yanada oshib, muqobil energiya resurslarini, yangi hamkorlarni topishga undamoqda; iqtisodiy jihatdan yuksalib borayotgan Markaziy Osiyo yaqin kelajakda Yevropa davlatlari sanoati tovarlari uchun muhim bozor vazifasini о‘tashi mumkin. Bugungi kunda rivojlangan davlatlar qatorida Hindiston ham dunyoviy tartibotda о‘z о‘rnini belgilash, manfaatlari yuzasidan kuchli ijtimoiy tashqi siyosiy faoliyat olib borish va mintaqalar bо‘yicha yetakchi davlatlar qatoriga qо‘shilishga harakat qilmoqda. Hindistonning yadroviy davlatligini, dunyoda aholi soni bо‘yicha ikkinchi о‘rinda turishi, zamonaviy texnologiya larga egaligini hisobga olgan xolda aytish mumkinki, yaqin kelajakda hind omilining Markaziy Osiyoga bо‘lgan ta’siri yana ham oshadi. Shuni ham aytish kerakki, Hindiston mintaqada Rossiya, AQSH va Xitoy davlatlari о‘rtasida manfaatlar muvozanatini saqlashga о‘z hissasini qо‘shishi mumkin. Hindistonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi kо‘zlayotgan manfaatlari quyidagilar: mintaqadagi ulan yoqilg‘i-energetika zahiralaridan foydalanish; mintaqada yо‘lga qо‘yilayotgan transport kommunikasiya lardan foydalanish, mintaqa orqali Rossiyaga va Yevropa davlatlariga chiqish imkoniyatiga ega bо‘lish; mintaqada AQSH, Rossiya, Xitoy, Pokiston va Turkiya kabi davlatlarning ta’sir doiralarini kengayishiga yо‘l qо‘ymaslik va bir vaqtning о‘zida mintaqada Xitoy, Eron bilan birgalikda AQSH ga nisbatan kuchlar muvozanatini shakllantirish; radikal islom g‘oyalarining mintaqa orqali Hindistonning shimoliy chegara xududlariga tarqalishiga yо‘l qо‘ymaslik bilan birga Afg‘onistondagi ichki beqaror xolatni tinch xolatga keltirish xarakatlarini mintaqa orqali amalga oshirish va shu kabilar. Eron Islom Respublikasi ham mintaqaviy davlat sifatida Markaziy Osiyo mintaqasida yetarlicha salohiyatga ega hisoblanadi. Bugungi kunda Eronga AQSH tomonidan ta’sir etish elementlari saqlanib qolayotgan bir davrda u о‘zining Markaziy Osiyodagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy ta’sir doirasini kengaytirishga urinish harakatlarini kо‘rmoqda. Bundan tashqari, alohida olingan ma’lumotlar tahliliga kо‘ra, Eron tomonidan islom revolyusiyasi eksporti mintaqaga nisbatan qо‘llaniladigan instrument bо‘lib qolmoqda. (asosan Tojikiston uchun) Hozirgi kunda ham uning Markaziy Osiyoda о‘z ta’sirini kengaytirish, Rossiya bilan hamkorlik qilish, YEI davlatlari bilan aloqalarni rivojlantirish Eronning geostrategik holatini ya xshilovchi xarakterli element hisoblanadi. Hozirgi vaqtda Eronning asosiy vazifasi iqtisodiy va siyosiy izolya siya ahvolidan chiqish hisoblanadi. Markaziy Osiyo mintaqasida Eron AQSH, Rossiya, Xitoy va YEI davlatlari qarama-qarshiligi asosida tashkil qilingan strategik manfaatlar geosiyosiy balansini saqlash harakatlarini kо‘rmoqda. AQSH va G‘arbning Eronga tutgan siyosatidagi iliqlik unchalik uzoqqa bormasligi baochaga ayon. Chunki sanksiyalarning bir tomonlama bekor qilinishiga javoban Eron chekinishga qaror qilmoqchi emas. Qolaversa Mamlakat mintaqadagi о‘z siyosatida qat’iyligini ta’kidlamoqda. Shu va boshqa qator sabab Eron rivojoanayotgan Osiyo davlatlari bilan integrasiyani chuqurlashtirishga, transport yо‘laklarini yaratishga istiqbolli reja sifatida qaramoqda. Shunday qilib, yuqorida keltirib о‘tilganlardan xulosa qilib aytadigan bо‘lsak, chet mamlakatlarning Markaziy Osiyoga bо‘lgan manfaatlari bugun yoki kechagi kun bilan bog‘liq bо‘libgina qolmay uning ildizlari nihoyatda chuqur ekanligini ma’lum. Yana bir о‘ziga xos jihat bu davlatlar manfaatlarining ba’zi birlari bir-biriga ancha mos kelishi va aksincha bir-biriga mutloqo zid kelishida kо‘rinadi. Masalan, AQSH va Turkiya ning, Xitoy, Yaponiya, Hindiston va Yevropa Ittifoqining mintaqadagi manfaatlari unchalik kesishmaydi. Lekin shu bilan birga AQSH va Rossiya, Turkiya va Eron, Hindiston va Pokiston manfaatlari qarama-qarshiligi mintaqaning rivojlanishida о‘zining salbiy ta’siriga ega bо‘lishi, bu esa mintaqa davlatlari о‘rtasidagi о‘zaro munosabatlarda ham о‘z aksini topishi ehtimoli ha mavjud. ISHID, musulmon birodarlar, Aqidaparastlik, terrorizm, ekstremizm, fanatizm, fundamentalizm, din, e’tiqod erkinligi, vijdon erkinligi, diniy guruh, diniy jamoa, vahhobiylik va sh.k. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling