Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi
MAVZU: JAHONDAGI YETAKCHI DAVLATLARNING MARKAZIY OSIYO MINTAQASIDAGI SIYOSIY VA IQTISODIY MANFAATLARI
Download 1.7 Mb.
|
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Markaziy Osiyoga tahdid solayotgan mintaqaviy, diniy tusdagi tahdidlar va ularning geosiyosiy xarakteri.
MAVZU: JAHONDAGI YETAKCHI DAVLATLARNING MARKAZIY OSIYO MINTAQASIDAGI SIYOSIY VA IQTISODIY MANFAATLARI
Reja: 1. Markaziy Osiyoga tahdid solayotgan mintaqaviy, diniy tusdagi tahdidlar va ularning geosiyosiy xarakteri. 2. Markaziy osiyoda yetakchi davlatlarning strategik manfaatlari. 1. Markaziy Osiyoga tahdid solayotgan mintaqaviy, diniy tusdagi tahdidlar va ularning geosiyosiy xarakteri. Bugungi Markaziy Osiyo juda boy tabiiy - xom ashyo zaxiralari, cheksiz bozor va sarmoya sarflanadigan muhim soha hisoblanadi. Uning maydoni, unumdor yeri, iqlimi, sersuv daryolari, tabiiy zahiralari, transport kommunikativ tizimi, G‘arb va Sharqni, Shimol va Janubni bog‘lovchi mintaqala ekanligi albatta qator siyosiy kuchlarni qiziqtiradi. Sayyoramizning juda katta maydonida kuchlar nisbati kо‘p jihatdan Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar qaysi yо‘ldan borishlariga bog‘liq. Hozir xalqaro munosabatlarning sifat jihatidan yangicha tartibini shakllantirish jarayonida ishtirok etayotganlar buni e’tirof etmasliklari mumkin emas. Albatta jahonda jadal rivojlanayotgan sanoat, unga sarflanayotgan tabiiy zahiralar, zarur transport tizimi, yangi bozorlarni о‘rganish nuqtai nazaridan qaraydigan bо‘lsak Markaziy osiyo davlatlarining imkoniyatlari chuqur tahlil qilinmagan. Bu о‘rinda boy tabiiy resurs konlari, neft, gaz, oltin, uran, nodir uglevodorodlar, ayniqsa Kaspiy basseynining zaharalari cheksiz ahamiyat kasb etadi. G‘arbning qator manbalarida keltirilishicha Markaziy Osiyo hududida aniqlangan neft-gaz konlari zahiralari jahondagi umumiy zaharalarning 2,6 % ini tashkil qiladi. Energiya iste’moli kun sayin ortayotgan hozirgi paytda bu kо‘rsatkichlar nihoyatda ahamiyat kasb etadi. Ayni damda Markaziy Osiyo tabiiy, yoqilg‘i-neft zahiralarining insoniyatning kelajakdagi iqtisodiy taraqqiyoti uchun qay darajada muhimligi geosiyosiy jihatdan jiddiy ziddiyatlarning sababiga aylanib qolmoqda. О‘zbekiston uchun uning keng ma’nodagi milliy xavfsizligi nimani anglatadi, biz bu xavfsizlikni qanday tasavvur qilish lozim? Birinchidan. О‘zbekiston xavfsizlikning yaxlitligi haqidagi asosiy tamoyillardan birini tо‘la qо‘llab - quvvatlaydi. Xavfsizlik - uzluksiz holatdir, hadsiz - hududsizdir. Ikkinchidan. "Sovuq urush" barham topganidan keyin yalpi xavfsizlikka asosiy tahdidni etnik, mintaqaviy, mahalliy mojarolar va davlatlar ichidagi jangari separatizm solmoqda. Ayniqsa, bunday qarama - qarshiliklar ayrim mamlakatlar qо‘lida ularning о‘z manfaatlarini va ta’sir doiralarini saqlab qolish va himoya qilish uchun yoki strategik kuchlar muvozanatini о‘z foydalariga о‘zgartirish uchun qudratli siyosiy ta’sir vositasiga aylanmoqda. Har qanday mintaqaning hal qilinmagan va gazak olib ketgan muammolari butun dunyoda zanjir reaksiyasini keltirib chiqarishi mumkin. Vaziyatning beqarorlashuvi esa kundan - kunga aniq - ravshan bо‘lib borayotgan yangi jeografik - siyosiy muvozanatni buzish xavfini keltirib chiqaradi. Uchinchidan. О‘zbekiston о‘zining jо‘g‘rofiy - siyosiy holati jihatidan jamoaviy xavfsizlik tizimi izchil yо‘lga qо‘yilmagan mintaqada joylashgan. Bu ham tahdid tug‘diruvchi sababdir. Yuqorida aytilganidek О‘zbekiston amalda Fors kо‘rfazi, Kaspiy dengizi havzasi va Tarim havzasining neft va gazga juda boy konlari joylashgan yarim halqaning strategik markazidir. YA’ni, bu yarim halqa atrofida butun dunyoda energiya taqchilligi sharoitida yaqin yillarda Yevroosiyo va jahon kelajagi uchun hal qiluvchi rol о‘ynaydigan energiya zaxiralari mavjud. Tо‘rtinchidan, yana bir tahdid manbai shu bilan bog‘liqki, О‘zbekistonni etnik, demografik, iqtisodiy va boshqa muammolar yuki ostida qolgan mamlakatlar qurshab turibdi. Buning ustiga, yurtimiz mintaqadagi diniy ekstremizm, etnik murosasizlik, narkobiznes va har xil tashqi kuchlar tomonidan rag‘batlantirib kelinayotgan, ichki mojaro avj olgan Afg‘oniston kabi beqarorlik о‘chog‘i bilan chegaradosh. Besh yildirki, qо‘shni Tojikistonda fuqarolar urushining keng yoyilib ketish xavfi ham saqlanib kelmoqda. Bu davlatlarda xorijdagi eng kо‘p sonli hammillatlarimiz istiqomat qilib turganligini hisobga olmaslik mumkin emas. Beshinchidan, mintaqaviy nizolar kо‘pincha terrorizm va zо‘ravonlik, narkobiznes va qurol - yarog‘ bilan qonunsiz savdo qilish, inson huquqlarini ommaviy suratda poymol etish kabi xavfli tahdidlarning doimiy manbaiga aylanib bormoqda. Bunday hodisalar davlat chegaralarini tan olmaydi. Oltinchidan, Markaziy osiyoda ekologik va yadroviy xavfsizlik muammolari alohida e’tiborni talab qiladi. Biz Markaziy Osiyo mintaqasi yadroviy qurollardan xoli hudud deb e’lon qilinishiga erishmoqchimiz. Ayrim qо‘shni davlatlar yadro quroliga ega bо‘lishga oshkora intilayotganligi bizni ayniqsa tashvishga solmoqda. Nima bо‘lganda ham Markaziy Osiyoni qurshab turgan mamlakatlar asosan yadro quroliga ega mamlakatlar hisoblanadi. Kо‘rinib turibdiki, hozirning о‘zidayoq kо‘zga tashlanayotgan va keyinchalik vujudga kelishi mumkin bо‘lgan xavf - xatarlar kо‘lami keng. Mintaqaviy mojarolarning oqibatlari ancha sezilarli shaklga ega. Umuman olganda asarda kо‘rsatib о‘tilganidek mintaqaviy mojarolarning, ekstremizm va terrorizmning, buyuk davlatchilik shovinizminng mintaqamiz havfsizligiga tahdidi juda katta. Agar I.Karimovning “О‘zbekiston XXI asr bо‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari asariga diqqat bilan nazar tashlaydigan bо‘lsak quyidagi xulosalarni ilgari surish mumkin: birinchidan, I.Karimovning “О‘zbekiston XXI asr bо‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari asari” da yangi ming arafasida insoniyatni kutayotgan keng qamrovli global muammolarni ilgari surilishi, tahlil etilishi, ularni oldini olish mexanizmlarini ishlab chiqish, ularni bartaraf etish borasidagi vazifalarning yoritilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchidan, biz yashayotgan mintaqaning geostrategik, geosiyosiy manfaatlari nuqtai nazaridan har bir masalaning yechimiga e’tibor qaratiladi. Uchinchidan, tarixni mojarolar va adovat emas, balki xalqlar о‘rtasidagi hamkorlik va ishonch olg‘a harakatlantirishiga alohida urg‘u berilgan, va bu hamkorlikni ta’minlashdagi vazifalar, uning istiqbollari keng yoritilgan. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling